Toshkent toqimachilik va engil sanoati instituti “falsafa” kafedrasi


- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana25.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1228229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
falsafa1qism

- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. 
O'zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish 
quyidagi muammolarning echimini topishga bog’liq: 
- birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni 
haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib 
berishni taqozo qiladi. O'z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q 
qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni 
biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi 
umuminsoniy ma'naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy 
foydalanishga to’siq bo’lmoqda; 
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, 
ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi 
g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni 
taqozo qiladi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan 
shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas'uliyat 
yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz 
dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o’zgarishi 
nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo 
etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy 
ongning shakllanishiga muayyan darajada ta'sir ko’rsatadi. 
 
Tayanch tushunchalar 
 
Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafaning milliyligi, falsafaning 
umuminsoniyligi, o’zbek falsafasi. 
 
 
Istiqlоl vа fаlsаfiy 
dunyoqаrаshning yangilаnish muаmmоlаri 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling