qoladi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa
haligacha o’z jozibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana
shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl farzandi
Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini
adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z
xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki
kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. Navoiy va uning zamoniga,
o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga
qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero,
har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi
va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma'naviy tamoyil, an'ana va
qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani
shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal
toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob'ektiv va
sub'ektiv shart-sharoitlari mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom
Karimov asarlarida o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib
berilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi
bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e'tibor
bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta'minlashda
quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:
- xalqimizning o’z milliy an'analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
16
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e'tiqodi;
Do'stlaringiz bilan baham: |