Tоshkеnt to’qimachilik va yеngil sanоat instituti «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafеdrasi
Tekislash aniqligiga va ish unumdorligiga ta`sir etuvchi ko‘rsatkichlar
Download 4.28 Mb. Pdf ko'rish
|
broshyuralash va muqovalash jarayoni texnologiyasi fani boyicha maruzalar kursi
2. Tekislash aniqligiga va ish unumdorligiga ta`sir etuvchi ko‘rsatkichlar
Tekislash sifati va mehnat sarfi xoh qo‘lda, xoh uskunalarda bajarilsin tekislanadigan qog’oz to‘pidagi qog’ozlarning o‘zaro siljiganlik miqdoriga, chetlarining holatiga, o‘lchamiga, yuza zichligiga, hajm og’irligiga, qalinligiga, qattiqligiga, silliqligiga, elektrostatik kuchlarning bor-yo‘qligiga hamda namligiga bog’liq. Katta o‘lchamli qog’ozlar bilan ishlash ancha mushkul. Boshqa bir xil ko‘rsatkichlarda og’irligi sezilarli bo‘lganligi sababli, kichik va o‘rta o‘lchamli qog’ozlarga nisbatan taxlanadigan to‘pdagi varaqlar soni ancha kam olinadi. Bunda ish unumdorligi 17-20% kamayadi. Yana boshqa bir xil ko‘rsatkichlarda, yuza zichligi yuqori bo‘lgan qog’ozlarda uning og’irligi, qalinligi va qattiqligi ortib boradi, bu esa bajariladigan ish hajmiga ikki xil ta`sir qiladi. Bir tomondan tekislanadigan to‘pdagi qog’oz soni kam olinsa, ikkinchi tomondan qattiq qog’ozlar nisbatan oson tekislanadi. Shu sababli, og’irligi 90 g/m 2 dan ortiq bo‘lgan qog’ozning yuza zichligini har bir 20% ortishi, ish unumdorligini 5% kamayishiga sabab bo‘ladi. Yuza zichligi kam bo‘lgan yupqa qog’ozlarni tekislash qattiqligi oz bo‘lganligi sababli qiyinlashadi. Shu bois yuza zichligi 55 g/m 2 dan kam bo‘lgan qog’ozlarni tekislashga sarflanadigan ish vaqti 20% orttirilgan. Yupqa va yuza zichligi juda kam bo‘lgan (masalan, tamaki qog’ozi) qog’ozlarni tekislashni umuman iloji yo‘q. Bunday qog’ozlarni zarur bo‘lsa bittalab, igna bilan sanchib tekislanadi. Silliqlangan va ohorlangan qog’ozlarning yuqori silliqlikka ega bo‘lganlari, bir- birida yengil siljiganligi sababli oson tekislanadi. Juda yuqori silliqlikka ega bo‘lgan va ohorlangan qog’ozlarni umuman tekislanmasa ham bo‘ladi. Chunki ularni to‘plarga taxlayotganda, tirgaklarga zich tiralsa bas. Yuqori namlikka ega bo‘lgan qog’ozlarning qattiqligi kamayib, ishqalanish koeffisiyenti ortishi sababli ularni tekislash qiyinlashadi. Namligi 5% dan kam bo‘lgan qog’ozlar bir-biriga ishqalanganda oson elektrlanadi va shu sababli dielektrlanib tekislanishni qiyinlashtiradi. Ushbu texnologik jarayon qog’ozning namligi 7-8% 33 bo‘lganda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunga xonaning namligi mo‘`tadil (60 ± 5%) bo‘lganda va qog’oz bir kun mobaynida shu sharoitda saqlanganda erishiladi. Shu bilan birga, qog’oz varaqlarining o‘zaro siljishi 3 mm dan kam bo‘lib, bosish va buklash mashinalarining to‘g’ri yuzali o‘zi uzatkichlariga yuklanadigan hollarda, tekislanmagan qog’ozlarni ham ishlatish mumkin. Buklash mashinalarida dumaloq to‘pli o‘zi uzatkichlardan foydalanilganda, varaqlarning o‘zaro siljishi 10 mm gacha bo‘lgan qog’oz to‘plarini ham tekislamasdan ishlatish mumkin. Download 4.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling