Tоshkеnt to’qimachilik va yеngil sanоat instituti «Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi» kafеdrasi


Download 4.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/124
Sana15.07.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1660394
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
Bog'liq
broshyuralash va muqovalash jarayoni texnologiyasi fani boyicha maruzalar kursi

3. Varaqlarni sanash
Broshyuralash bo‘limiga tushadigan hamma varaqli maxsulotlar sanaladi. Bundan
maqsad nashrni to‘la nusxada chiqarish uchun ketadigan maxsulotlar va yarim
maxsulotlar xajmini bilish va bo‘limda ishlab chiqariladigan maxsulot hajmini
hisoblashdir. Ba`zi bir matnsiz maxsulotlar taxlamini yig’ish va varaqli tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarf qilinadigan miqdorini bilish uchun ham sanaladi.
Qat`iy hisobli mahsulotlar chiqaruvchi korxonalarda varaqlarni sanash shart
hisoblanadi. Chunki davlat belgisi tushirilgan maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi
korxonalarda buyurtmaning har bir harakati sanash orqali nazorat qilib boriladi.
Sanashni qog’oz to‘pini tekislashdan oldin yoki keyin bajarish mumkin.
Tekislanmagan varaqlar odatda qo‘lda sanaladi, bunda ishchi tez charchaydi va ish
unumdorligi juda past (soatiga 8-9 ming varaq), tekislangan qog’oz to‘pini esa qo‘lda va
maxsus avtomatlarda sanash mumkin. Qo‘lda sanash qog’ozning bir burchagini (4-7
mm) yelpigich tarzida ushlab (5 varaqdan) sanash yuli bilan amalga oshiriladi. Kamroq
adashish uchun sanashni tekislashdan keyin darhol bajarish maslaxat beriladi.
Katta hajmdagi qog’oz to‘plarini sanash uchun maxsus avtomatlardan
foydalaniladi. Bunga misol qilib tezligi minutiga 2250 varaqgacha bo‘lgan va sanalgan
varaqlarni rangli qog’oz parchasi bilan ajratib beruvchi 4LS-2 va LS-2 (6.2-rasm)
uskunalarini keltirish mumkin. Bitta shunday uskuna to‘rt ishchining o‘rnini bosishi
mumkin va ish unumdorligi 90-300 varaqni tashkil etadi.


34
6.2-rasm. Qog’oz sanovchi LS-2 uskunasining ko‘rinishi
Varaqlar to‘pning pastidan tepasiga qarab aniq burchak tomonidan sanaladi,
shuning uchun taglikning bir burchagi qirqilgan bo‘ladi.
Avtomatlar to‘pdagi varaqlarning umumiy sonini va shu bilan birga ma`lum dastur
bo‘yicha hisoblangan varaqlarni, qog’oz parchasi bilan ajratib qo‘yishi ham mumkin
(6.3-rasm).
Tekislangan, sanalgan varaqli maxsulotlar va taxlangandan so‘ng buyurtmaning
tartib soni, mahsulotni (yarimmaxsulotni) nomi, varaqlar soni va ularni topshiruvchi
hamda qabul qiluvchi bo‘lim ustasining ismi sharifi ko‘rsatilgan yorliq bilan keyingi
texnologik jarayonlarga yuboriladi.
6.3-rasm. Taxlangan va sanalgan qog’oz to‘pi

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling