39
3. Qirqish aniqligiga ta`sir etuvchi ko‘rsatkichlar
Yaxshi tekislangan, o‘lchamlari aniq va to‘plam orqa tirgakka zich joylashgan
qog’oz to‘pining aniq kesilishi varaqlarning uzunligaga va qog’oz taxlamining
balandligiga, pichoqing o‘tkirligiga va ko‘rinishiga, siqish kuchi va qog’oz namliga
hamda uskuna holatga bog’liq.
Qirqish uzunligi - qirqish aniqligiga ta`sir etmaydi.
Qog’oz to‘pining balandligi. To‘pning balandligi ortishi bilan o‘lchamlar
noaniqligi va varaqlar qiyshiqligi ortib boradi. Yuqori
aniqlik talab etilgan hollarda, ish
unumi kamaysa ham qog’oz to‘pining balandligini taxminan 1/3 miqdorga
kamaytirish lozim.
Pichoq ko‘rinishi. Pichoqni charxlash burchagi ortishi bilan varaq o‘lchamidagi
noaniqliklar ham ortadi, chunki siquvchi to‘sin tagidagi varaqdarning
va qirqilayotgan
qog’oz to‘pining pichoq tig’iga ko‘rsatadigan qarshiligi xam ortadi. Pichoq o‘tmaslasha
borgan sari varaqlardagi o‘lchamlar farqi ham ko‘payib boradi.
Kichik hajm og’irligidagi va qalinligidaga (bosma №3, ro‘znoma, lug’at)
qog’ozlarini qirqish uchun charxlanish burchagi 19°, qattiq qalin, hajm og’irligi katta
bo‘lgan (oxorlangan, jild, forzats, ofset) va boshqa xil qog’ozlarni qirqish uchun 22°
ostida charxlangan pichoq, kartonlarni qirqish uchun esa 30° da charxlangan pichoq
ishlatiladi.
Pichoqni charxlash burchagi to‘g’ri chiziqli (7.3-rasm, a MDH da qo‘llaniladi) va
ikki to‘g’ri chiziqli (7.3-rasm, b GFR) bo‘lishi mumkin. Pichoq ikki chiziqli ko‘rinishda
charxlanganda qog’oz to‘pi uni tig’ini ichiga qayira olmaydi. Shuning
uchun bunday
charxlash maqsadga mufoviq xisoblanadi. Bu dastlabki charxlanishni ancha
murakkablashtiradi, lekin uni keyingi qayta charxlash paytida qiyinchilik
tug’diramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: