40
7.3-rasm. Charxlangan pichoq ko‘rinishi: a-to‘g’ri chiziqli; b-ikki to‘g’richiziqli
Qirqiluvchi mahsulotlar turi. Zich va hajm og’irligi katta,
silliqlangan va qattiq
mahsulotlarni kam bosim ostida ham aniq qirqsa bo‘ladi. Hajm og’irligi kam, g’adir-
budir navli qog’ozlarni qirqishga esa katta bosim talab etiladi. O‘ta zich, qalin,
silliq
yuzali mahsulotlarni qirqish aniqligi ancha yuqori. Namlikining ortishi bilan qog’ozni
qirqishga bo‘lgan qarshilik kamayadi, qirqish aniqligi esa ortadi. O‘ta nam qog’oz
qirqilganda esa, pichoq o‘zining qalinligi bilan qog’oz to‘pini siljitishi qiyinlashgani
sababli qirqish aniqligi ham pasayadi. Qog’ozlar uchun mo‘ta`dil namlik 7-8%
hisoblanadi.
Qog’ozlarni qirqishdagi mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi. Bu tur
uskunalarning jarohat yetkazish xavfi yuqori bo‘lgani sababli
ular ishlaydigan joylar
maxsus himoya qiluvchi fotorelye bilan ta`minlangan. Bu uskunalarni
ishga tushirishda
ikkala qo‘lning xam band bo‘lishiga aloxida e`tibor berilgan. Buning
uchun taler tagiga
ikkita tugmacha qo‘yilgan va ish paytida ikkala qo‘l bilan
ularni bosib turilgandagina
pichoq ishlaydi.
Nazorat savollari:
1. Varaqlarni qirqishda qanday hodisalar ro’y beradi?
2. Marzan danday vazifani bajaradi?
3. Marzanlarning chidamligiga va almashtirish sоniga ta’sir etuvchi ko‘rsat-
kichlarni ayting.
4. Qirqish aniqligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar qanday aniqlanadi?