Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
Asosiy qism Terining tuzilishi
Download 387.72 Kb.
|
malaka BMI Dusmuratova
Asosiy qism
Terining tuzilishi Teri – hayvon organizmini qoplab turuvchi qavat bo’lib, u hayvon organizmini tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi va moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi [1]. Teri asosan to’rt qavatdan: jun qoplami, epidermis, derma va teri osti to’qimasidan iborat. 1-rasm. Terining tuzilishi. 2-rasm. Teri tarkibiy qismlari. Charm ishlab chiqarishda terining faqat derma qismi ishlatilsa, va qo’y-po’stin ishlab chiqarishda esa, derma, epidermis va jun qoplami ishlatiladi. Epidermis – jun qoplami ostidagi va dermaning yuqorisidagi yupqa qavat bo’lib, asosan u bir necha epitelial hujayralardan tashkil topgan. Juni kam rivojlangan hayvonlarda (cho’chqa terilari) epidermis qalinroq, juni yaxshi rivojlangan hayvonlarda esa (qo’y), u yupqaroq bo’ladi. Juni bo’lmagan teri qismlarida (oyoq yostiqchalari, burun oynachalari) epidermisning qalinligi yuqori darajada bo’ladi [2-4]. Epidermisning qalinligi o’rtacha terining umumiy qalinligini 0,5–5 %ini tashkil qiladi. Epidermis derma bilan tekis oraliqqa ega emas, soch xaltachalari atrofida epidermis dermaga botgan va o’z navbatida derma ham ko’p sonli g’uddalari bilan epidermisga kirgan, shu sababli teridan jun va epidermis ajratib olinganda, dermaning yuza tomonida, o’ziga xos (gul, rasm) mereya, ya’ni naqsh hosil bo’ladi. Bu mereyaga qarab, qaysi xom ashyodan charm olinganligini bilish mumkin bo’ladi. Epidermisning rivojlanganligini mikroskop yordamida o’rganganimizda, u siyrak joylashgan joylarda faqat ikkita: tashqi shoxli va ichki nishli qatlamlaridan, yaxshi rivojlangan joylarda oltitagacha qatlamlardan tashkil topganini ko’ramiz. Derma terining asosiy qatlami bo’lib, u epidermisning ostida joylashgan va teri qalinligining 95–98 %ini tashkil qiladi. Derma asosan amorf moddalardan, hujayrali va tolali elementlardan tuzilgan, ya’ni kollagen, elastin va retikulin tolalarining murakkab o’ramidan hosil bo’lgan [5]. Dermaning vertikal qismini oddiy mikroskopda ko’rganimizda, kollagen struktura elementlari orasida ko’ndalang, diametri 200 mkm bo’lgan kollagen tolalari bog’lamini shartli ravishda ajratish mumkin. Download 387.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling