Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Terining kimyoviy tarkibi


Download 387.72 Kb.
bet7/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Terining kimyoviy tarkibi

Hayvon terisi murakkab kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Hayvon turiga, yoshiga, uni saqlash sharoitlariga bog’liq holda terilarning kimyoviy tarkibi o’zgarishi mumkin. Biroq terini tashkil qilgan asosiy komponentlarning o’rtacha qiymati quyidagicha: suv–64–68 %ni, quruq modda–32–36 %ni tashkil qiladi. O’z navbatida terining quruq moddasi turli xil organik va anorganik moddalardan iborat. Organik moddalarga oqsillar, lipidlar va uglevodlar kiradi [11-12]. Oqsil komponentlari globulyarli (albuminlar, globulinlar) va fibrillyarli (kollagen, retikulin, elastin va keratin) birikmalardan hamda fermentlardan tashkil topgan. Shulardan oqsil moddalar taxminan terining quruq moddasi miqdori hisobidan 90–95 %ni tashkil qiladi. Lipidlar ikki guruhga: yog’larning o’zi hamda mum va murakkab yog’larning boshqa moddalar bilan birikmalariga bo’linadi. Terida lipidlar miqdori 3–10 % atrofida bo’ladi. Uglevodlar terining 1,5–2,5 %ini tashkil qiladi.


Terilarda mineral moddalar natriy va kaliy ionlari, ozroq kalsiy, temir, magniy, alyuminiy, rux va boshqa moddalar ionlari holatida bo’lib, ularning miqdori terining quruq moddasi massasining 0,8 %ni tashkil qiladi.
Oqsillar – bular organik birikmalardan tashkil topgan bo’lib asosan aminokislotalar qoldig’idan iborat.
Aminokislotalar – kislotalarning hosilalari bo’lib, kislota-lar radikalidagi bir yoki bir necha vodorod atomlarining bir yoki bir necha aminoguruhga almashinishi natijasida hosil bo’ladi.
Charm turlariga tavsif va tasnif
Charm haqida tushuncha
Charm xom ashyosiga hayvon terilari kiradi. Charm ishlab chiqarishda teridan jun, epidermis, teri osti to’qimasi ajratilib olinib derma qismi ishlatiladi.
"Charm" hayvon terisining derma qismi bo’lib, asosan tolali strukturasi saqlangan bo’lib, uning struktura elementlarining fizikaviy, fiziko-mexanikaviy va kimyoviy xossalari maqsadga muvofiq o’zgartirilgan bo’ladi.
Charm tasnifi va tavsifi
Charmlar ishlatilishiga qarab to’rt sinfga bo’linadi:
a) poyabzal uchun charmlarga (poyabzalning ostki va ustki qismi uchun charmlarga);
b) egar-jabduq uchun charmlarga (ot abzallari, odamlar va ot jihozlari uchun charmlarga);
v) texnik charmlarga (tasmalar, mashina detallari va boshqa texnik maqsadlar uchun charmlarga);
g) kiyim-attorlik charmlarga: kiyim va kiyim bosh va attorlik (qo’lqop, attorlik va safar buyumlari uchun) charmlarga bo’linadi.
Ko’rib chiqqan tasnifdan tashqari charmlar xom ashyo turiga, oshlash usuliga, pardozlash xarakteri va usuliga, konfigurasiyasi (shakli), hamda qalinligi va maydoniga qarab tasniflanadi [17].

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling