Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 387.72 Kb.
bet10/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Katta xom ashyolar. Buzoq terisi (yarim teri) toza so’yilgan holda vazni 10 dan 13kg gacha bo’lgan sigircha va novvoslar terisi bo’lib, ularning maydoni 120–250 dm2, qalinligi 2,5–3 mm, ba’zan 4mm gacha bo’ladi.
Bu terilarni shilish kuzning issiq va sovuq kunlarida olib boriladi. Terilar asosan quyuq tuz eritmasida konservalanadi. Yarim teri tuzilishi bo’yicha buzoq terisiga yaqin, biroq qalinligi bo’yicha notekisroq, bo’yindagi burmalari yaqqol bilingan bo’ladi. Sigirchalar terisi novvoslarnikidan tekisroq. Buzoq terilari poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlari, poyabzal bulg’ori charmi va texnik charmlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Novvos terilari vazni 13 dan 17kg gacha bo’lgan terilar bo’lib maydoni 200–270 dm2, dumidagi qalinlik 3–4mm. Novvoslarning bo’yin burmalari kuchli bilingan bo’ladi, terisi buzoqlarnikidan qalinroq. Sutli yo’lakcha nuqsonlari charmda ayniqsa pardozlashdan keyin ham ko’rinib turadi [27].
Novvos terilari poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlari, patak va bulg’ori charmlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ho’kiz terisi – toza so’yilgan, vazni 17 kg dan yuqori bo’lgan axta qilingan ho’kizlar terisi bo’lib, vazniga qarab: yengil – 17 dan 25 kg gacha, og’ir – 25kg vaznli terilarga bo’linadi. Ho’kiz terisining qalinligi dum atroflarida 3,5–5mm, qorin qismida 2–2,5mm bo’ladi. Maydoni 300–570 dm2, uzunligi 1,75–2m, etakning kengligi 25sm gacha bo’ladi.
Ho’kiz terilarining g’uddali qatlam tuzilishi topografik qismlar bo’ylab bir xil qalinlikga ega. U dermaning 30 % ini tashkil qiladi, oyoqlaridagi munosabat esa 40–50 va 50–60 % bo’ladi.
Hozirda ho’kiz terilaridan, poyabzalning ustki qismi uchun xrom, bulg’ori , taglik, patak, egar–jabduq, texnik charmlar va xom terilar ishlab chiqarilmoqda.
Buqa terisi – toza so’yilgan, vazni 17kg dan yuqori bo’lgan, axta qilinmagan ho’kiz terilari bo’lib, vazniga qarab: 17kg dan 25kg gacha yengil, 25kg dan yuqori bo’lgan og’ir terilarga bo’linadi. Ho’kizlar terisining vazni 60kg va undan yuqori bo’ladi. Maydoni – 550–600 dm2, dum atroflaridagi qalinligi 4,0–4,5 mm, yoqa terisida 4–6 mm va undan yuqori bo’ladi.
Buqa terilari periferiya qismlarining yoqa, bosh va etak qismlari qalin bo’lishi bilan ajralib turadi. Yosh hayvon terilari tuzilishi ho’kiz va sigir terilariga yaqin: qari hayvon terilari esa juda farq qiladi. Ho’kiz terilaridan taglik charmlar, xom terilar, texnik charmlar olinsa, yengil vaznli terilaridan patak charmlari olinadi .

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling