Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Charmni yog’lash va to’ldirish jarayonlarida keyingi yillarda qo’llanilgan to’ldiruvchilar haqida ma’lumot


Download 387.72 Kb.
bet13/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Charmni yog’lash va to’ldirish jarayonlarida keyingi yillarda qo’llanilgan to’ldiruvchilar haqida ma’lumot
Hozirgi kunda mustaqil Respublikamizda tabiiy charm­larga bo’lgan talab kun sayin o’sib borishini, halqimizning tabiiy charmlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish va iqtisod muammolari, ya’ni chetdan keltiriladigan mahsulotlar o’rniga Respublikamiz korxo­nalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga almashtirish aktual ma­salalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda, Respublikamizda ishlab chiqariladigan suvda eruvchan reaksionaktiv sintetik polimerlarni axtarib topish va ularni charm sanoatida qo’llash muhim ahamiyatga ega.
Charm sanoati jarayonlari uchun yangi suvda eruvchan sintetik po­limerlarni qo’llashning nazariy va amaliy ahamiyati katta, bu esa o’z navbatida polimerlarni xossalarini o’rganishni va charm xom ashyolari­ga ishlov berishni takomillashtirishni taqozo etadi.
Charm sanoatida bulg’ori va taglik charmlar ishlab chiqarishda asosan polikondensasiya yo’li bilan olingan sintetik oshlovchilar ish­latiladi. Bu sintetik polimerlar bilan ishlov berilgan charmlar yemirilishga chidamliligi, suv o’tkazuvchanligining pasayishi, topogra­fik qismlari bo’ylab bir xil xossaga ega bo’lishligi, kimyoviy rea­gentlar va mikroorganizmlar ta’siriga chidamliligi, yaxshi to’liqligi bilan ajralib turadi.
Reaksionaktiv sintetik polimer moddalar bilan oshlash jara­yonida ularni charmga kiritishda ular nafaqat kollagen bilan balki, kollagen bilan bog’langan oshlovchi moddalar bilan ham bog’lanishlar hosil qiladi. Qo’llaniladigan polimerlar va oshlovchi moddalar tabi­atiga qarab har xil mustahkamlikka ega bo’lgan, kimyoviy bog’lanish­larga ham olib keladigan bog’lanishlar hosil qiladi.

MAVZU. Sun’iy sintetik charmlar


O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling