Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


ilova Oyoq kiyimlar Klasster usuli


Download 387.72 Kb.
bet16/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

ilova




Oyoq kiyimlar
Klasster usuli

Mebellar



Sumkalar





Ust kiyimlar

Test savollari.
1.Charm deb nimaga aytiladi?
A. Tabiiy usulda xayvonlar terisidan olinadi.
B. Mo’yna yovvoyi, uy xayvonlari va ayrim parrandalardan olingan teri mahsuloti.
C. sun’iy usulda.
D. to’g’ri javob yo’q
2. Charmlar sifati nimaga bog’liq ?
A. Uning narxiga
B. yirikligiga.
C.Tuklarining yaltiroqliligi, pishiqligi, tovlanuvchanligiga.
D. Sifati tuk uzunligiga
3. Qorako’l terisi nimadan olinadi ?
A. echkidan.
B. quyondan.
C. olmaxondan.
D. 3- kunlik qo’y terisidan
4. Qaysi charm qimmatbaho hisoblanadi ?
A. quyon terisi
B. Sigir, ot, qo’y terisi
C. sichqon terisi.
D. timsoh terisi
5. Tabiiy teri nima maqsadda ishlatiladi ?
A. bosh kiyim tikish uchun
B. ustki kiyim tikish uchun.
C. bezak sifatida.
D. hamma javob to’g’ri.
6. Tabiiy teridan qanday kiyim tikiladi ?
A. icki kiyimlar.
B. Ko’ylaklar.
C. qo’lqop.
D.ustki kiyimlar va bosh kiyim
7. Charmdan bo’lgan buyumlarga qaysi buyumlar kiradi?
A Poyabzal, charm, kurtka
B Chemodan, qo’lqop, poyabzal
C Poyabzal, chemodan, tasma
D Poyabzal, charm-attorlik buyumlari
XULOSALAR
Men Dusmuratova Umida Ibragimovna 2021 yil oktyabr oyida Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat institutida tashkil etilgan malaka oshirish markazida masofaviy o’tkazilayotgan mashg’ulotlarida ishtirok etib, o’z malakamni oshirdim. O’tkazilgan mashg’ulotlarda ta’lim-tarbiya ishlari , o’quv jarayonini tashkil etish zamonaviy pedagogik texnologiyalar va kasbiy ta’lim samaradorligini oshirish ga qaratilgan ma’lumotga ega bo’ldim. O’zimni qiziqtirgan savollar va masalalarga javob olishga harakat qildim. Markazning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligi, masofaviy ta’lim sifatining yuqoriligi, o’qitish usullari, o’qituvchi va professorlarni dars o’tish uslublari menga ma’qul keldi.
Malaka oshirish jarayonida olgan bilimlar asosida “Bitiruv malakaviy ish”ni
nizomda belgilangan talablar asosida yozdim.
Menga bitiruv malakaviy ishi sifatida : “Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalash “ mavzusi berilgan edi. Malaka oshirish davomida olgan malakalarim hamda biriktirilgan rahbarim maslahati asosida bitiruv malakaviy ishini yoritishga harakat qildim .Ushbu mavzu Tikuvchilik materialshunosligi fan moduliga tegishli bo’lib ,hozirgi kunda ushbu sohada keng ishlar olib borilayotganligi bilan tanishdim. Kelgusi ish faoliyatimda ushbu ma’lumotlardan albatta foydalanaman degan umiddaman.
Hozirgi kunda texnika -texnologiya shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda albatta har bir mutaxassis ka drlar o’z ustida ishlashi zarur deb hisoblayman.
Charm-poyabzal sanoati mahalliy xom ashyo – hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun’iy charmdan poyabzal, shuningdek telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari, to’qimachilik va boshqa mashina uchun detallar ishlab chiqishning nazariy asoslari o’rganiladi.
Charm ishlab chiqarishda hayvon terilariga har xil kimyoviy va mexanik jarayonlar ta’sir etadi. Kimyoviy va fiziko-kimyoviy jarayonlar, terilarning partiyalari ustida bajarilsa, mexanik jarayonlar esa, har bir teriga alohida-alohida ta’sir etish natijasida bo’lishi mumkin. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonida partiyalab ishlab chiqarish bilan birga alohida-alohida ishlov berish ketma-ket kelishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda, masalan, terining junini surkash usuli bilan ajratiladigan bo’lsa, unda fiziko-kimyoviy jarayonlar ham alohida teriga ishlov berish bilan amalga oshishi ko’rsatildi.
Charm yarimmahsulotining yuqori xususiyatlarga ega bo’lishi, ishlatilgan to’ldiruvchilar, qo’llanilgan texnologiya va uning jarayonga qanday tayyor­langanligiga bog’liqligi ko’rsatildi. Poyabzalning ostki qismi uchun charmni to’ldiruvchilar bilan ishlov berishda, charm yangi xusu­siyatlar va xossalarga ega bo’lishi aniqlandi. Ya’ni, olinadigan tayyor charm mahsuloti o’zining to’liqliligi, elas­tikligi, issiqlikka, terga, suvga, yemirilishga, torayishga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Charm ishlab chiqarish korxonalarining umumiy tavsifi yoritib berildi. To’ldiruvchi sifatida qo’llanilishi mumkin bo’lgan turli xil tarkibdagi polimerlarning va charm yarimmahsulotining ayrim xossalarini o’zgartirishga ta’sir etuvchi to’ldiruvchilar tarkibi aniqlandi. Mahalliy xom ashyoga asoslangan kraxmalfosfat, PAA va serisin asosidagi to’ldiruvchi polimer kompozisiyalarning fizik –kimyoviy xossalarning o’zgarishi yirik shoxli past navli qora mol terisi asosidagi oyoq kiyimi tagligini to’ldiruvchi sifatida qo’llash imkonini berdi.



Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling