Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Charm zavodlari asosan 3 ta asosiy sexdan iborat


Download 387.72 Kb.
bet12/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Charm zavodlari asosan 3 ta asosiy sexdan iborat:

  1. Ivitish-kullash sexi.

  2. Oshlash sexi.

  3. Pardozlash sexi.

Charmni pardozlashning fizik-kimyoviy jarayonlari


Charm ni pardozlash deganda fizik-kimyoviy jarayonlar va mexanik operasiyalar majmuasini tushunamiz. Bularning maqsadi tayyor Charm mahsulotlariga kerakli fizik-kimyoviy xossalar berib, ularga maqsadiga qarab estetik did berish, tashqi ko’rinishini yaxshilash hamda ularning maydonini oshirishdan iborat. Pardozlash jarayonlari Charm assortimentlarini kengaytirish va yangilashda muhim bosqichni o’taydi.
Charmni pardozlash oshlash jarayonlaridan keyin o’tkaziladi va unga quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar: to’ldirish, bo’yash, moylash, quritish, ho’llash, qoplab bo’yash va mexanik operasiyalar: yoyish, cho’zish, chig’irlash, silliqlash (jilvirlash), presslash (yoki naqsh bosish), tayyor mahsulotlarni chetlarini qirqish va maydonini o’lchash kiradi. Bu ikkita ishlov berish jarayonlari va operasiyalari Charm ishlab chiqarish turlariga qarab har xil ketma-ketlikda olib boriladi. Bu bobda asosan fizik-kimyoviy jarayonlar bilan tanishib chiqamiz. Mexanik operasiyalar haqidagi ma’lumotlar kelgusida yaratilayotgan o’quv darsliklarida o’z ifodasini topadi degan umiddamiz.
Sintetik polimerlar, bular (polimerlarning suvli dispersiya-lari, aminosmolalar) gidrolizlangan poliakrilonitrilning turli markali preparatlari.
Hozirgi vaqtda charm ishlab chiqarishda sintetik polimerlar charm yarimmahsulotini to’ldirish va to’yintirishda keng qo’llanilmoqda. Bunda charmning xossala­riga nafaqat sintetik polimerlarning tabiati, balki ularning derma strukturasiga qay tartibda kiritilganligiga ham katta bog’liqdir.
Sintetik polimerlarni charm yarimmahsulotiga kiritish usulla­rini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. Gidrofob polimerlarni organik erituvchilar muhitiga eritma holatida kiritish.
2. Derma tolalariga monomerlarni kelgusida polimerlanishi yoki polikondensatlanishi bilan kiritish.
3. Polimerlarni suvli dispersiyalari holatida kiritish.
4. Polimerlarni suvli eritmalari holatida kiritish.

Hozirgi kunda poyabzal tagcharmi sun’iy materiallar bilan almashtirila­yapti (charmga o’xshash rezina, poliuretanlar va boshq.), lekin yumshoq charmlar ishlab chiqarish birmuncha qisqargan. Bunga asosiy sabab, osh­lovchi va to’ldiruvchi sifatida qo’llaniladigan kimyoviy materiallar­ning asosiy qismi MDH va boshqa xorijiy mamlakatlardan katta va­lyuta hisobiga sotib olinishidir. Shu maqsadda, respublikamizda mav­jud bo’lib, uning korxonalarida ishlab chiqarila-digan mahalliy pre­paratlarni qo’llash hozirgi kunda dolzarb hisoblana­di. Shu bilan bir qatorda, charm xom ashyolaridan unumli foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.


Poyabzal ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan arralangan (teri to’qimasini ikkilashdan hosil bo’lgan ikkinchi ag’darma hisoblanadi) charmlardan turli maqsadlarda ishlatish uchun, ulardan unumli foydalanish ustida katta ishlar olib borilayapti. Xromli charmlarni katta charm xom ashyolaridan ishlab chiqarish tatbiq qilingandan beri arralangan charmlar resurslari oshmoqda.
Gigiyenik va fizik-mexanik xossalari bo’yicha tabiiy charm, poyabzalning ustki qismi uchun muhim ahamiyatga ega va u yuqori bahola­nadi.
Tabiiy charm sun’iy charmga nisbatan oyoq shakliga moslasha oladi, ko’p martalik deformasiyaga (yorug’likka) mustahkam, charchash qattiqligi yuqori bo’ladi.
Gigiyenik xususiyatlaridan eng xarakterlisi, bu charmning suv bug’larini yutish va o’tkazish qobiliyati hisoblanadi. Biroq charmning to­pografiya qismlari xossalari bir xil emas va yuza nuqsonlariga ham ega bo’ladi. Bu kamchiliklar charmni ancha isrof bo’lishiga, ayniqsa ulardan poyabzal tayyorlashda hosil bo’ladi.
Hozirgi kunda charmlarni topografik qismlari bo’ylab bir xil xossali qilib ishlab chiqarish uchun quyidagi 2 ta yo’nalish mavjud.
1. Dastlabki tabiiy strukturalari saqlangan holda natural charmlar ishlab chiqarish. Bunda charm xossalari maydoni bo’ylab poli­mer materiallar bilan tekislanadi. Bunda saylanma to’ldirishga eri­shiladi.
2. Kollagen asosida sun’iy charmlarni rulon shaklida ishlab chiqarish. Bu jarayon terilarni dastlabki mikrostrukturasini butunlay o’zgarib, polimerlar bilan strukturlab, tekis xossali charmga o’xshash materialni olishga asoslangan.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling