Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
Charm ishlab chiqarish korxonalarining umumiy tavsifi
Download 387.72 Kb.
|
malaka BMI Dusmuratova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charm ishlab chiqarish sanoatida olib boriladigan jarayonlar quyidagi guruhlarga bo’linadi
Charm ishlab chiqarish korxonalarining umumiy tavsifi
Charm ishlab chiqarishda hayvon terilariga har xil kimyoviy va mexanik jarayonlar ta’sir etadi. Kimyoviy va fiziko-kimyoviy jarayonlar, terilarning partiyalari ustida bajarilsa, mexanik jarayonlar esa, har bir teriga alohida-alohida ta’sir etish natijasida bo’lishi mumkin. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayonida partiyalab ishlab chiqarish bilan birga alohida-alohida ishlov berish ketma-ket kelishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda, masalan, terining junini surkash usuli bilan ajratiladigan bo’lsa, unda fiziko-kimyoviy jarayonlar ham alohida teriga ishlov berish bilan amalga oshadi. Mexanik jarayonlarni partiyalab ishlov berish mumkin, bunda derma strukturalari mexanik ta’sir yordamida o’zgartiriladi. Har bir jarayon uchun mexanik ta’sir ishlab chiqariladigan charm mahsuloti tavsifiga qarab uslub asosida olib boriladi. Terilarga partiyalab ishlov berishda terilar bir vaqtning o’zida mexanik ta’sirga chalinadi. Apparat ichidagi ishlov berish suyuqligidagi kimyoviy reagentlar konsentrasiyasi apparat hajmi bo’yicha bir xil saqlanadi. Terilar apparat devorlariga urilib yumshaladi va reagentlarning diffuziyasi bu bilan oshadi. Charm ishlab chiqarish sanoatida olib boriladigan jarayonlar quyidagi guruhlarga bo’linadi 1.Tayyorlov jarayonlari (xom ashyodan teri to’qimasi olgunga qadar). 2.Oshlash jarayonlari (teri to’qimasidan oshlangan charm yarimmahsuloti olgunga qadar). 3.Pardozlash jarayonlari (oshlangan charm yarimmahsulotidan tayyor mahsulot olgunga qadar). Pardozlash jarayonlari uchta maydonchalarda olib boriladi: a) bo’yash-moylash maydonchasi; b) quritish-ho’llash maydonchasi; v) pardozlash maydonchasi. Tayyorlov sexining asosiy maqsadi charm xom ashyolaridan teri to’qimasini (dermani) ajratib olish va ishlab chiqariladigan charm mahsulotining maqsadiga qarab derma mikrostrukturalarini o’zgartirish-dan iborat. Tayyorlov jarayonlari tagcharm va yumshoq charmlar uchun bir-biridan farq qiladi. Masalan, kullash jarayoni tagcharmi uchun terining juni saqlangan holda olib borilsa, yumshoq charmi uchun juni saqlanmagan holda olib boriladi. Bunga asosiy sabab shuki, yumshoq charmlar uchun kullashda qo’llaniladigan reagentlar konsentrasiyasi yuqori bo’ladi. Bu esa o’z navbatida teri dermasini yaxshi yumshalishiga olib keladi. Tagcharmda reagentlar konsentrasiyasi yuqori qo’llanilsa, unda qattiq charm emas, balki yumshoq charm olinadi. Bulardan tashqari tayyorlov jarayonlari har bir xom ashyo turi va ishlab chiqariladigan charm maqsadiga qarab turlicha olib boriladi. Oshlash jarayonining asosiy maqsadi, terini suv va mikroorganizmlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda pishish haroratini oshirishdan iborat. Natijada, oshlangan yarimmahsulot tayyor mahsulot xossalariga xos sifatlarga ega bo’ladi. Ba’zi holatlarda oshlanmagan teridan tayyor mahsulot pergament hamda siromyat (quritilgan xom teri) olinadi. Siromyat, ya’ni xom charm olish uchun teri to’qimasi qo’l yordamida ishqalanadi va yumshatiladi. Download 387.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling