Charmni yog’lash va to’ldirish jarayonlarida keyingi yillarda qo’llanilgan to’ldiruvchilar haqida ma’lumot
Hozirgi kunda mustaqil Respublikamizda tabiiy charmlarga bo’lgan talab kun sayin o’sib borishini, halqimizning tabiiy charmlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish va iqtisod muammolari, ya’ni chetdan keltiriladigan mahsulotlar o’rniga Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga almashtirish aktual masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Shu maqsadda, Respublikamizda ishlab chiqariladigan suvda eruvchan reaksionaktiv sintetik polimerlarni axtarib topish va ularni charm sanoatida qo’llash muhim ahamiyatga ega.
Charm sanoati jarayonlari uchun yangi suvda eruvchan sintetik polimerlarni qo’llashning nazariy va amaliy ahamiyati katta, bu esa o’z navbatida polimerlarni xossalarini o’rganishni va charm xom ashyolariga ishlov berishni takomillashtirishni taqozo etadi.
Charm sanoatida bulg’ori va taglik charmlar ishlab chiqarishda asosan polikondensasiya yo’li bilan olingan sintetik oshlovchilar ishlatiladi. Bu sintetik polimerlar bilan ishlov berilgan charmlar yemirilishga chidamliligi, suv o’tkazuvchanligining pasayishi, topografik qismlari bo’ylab bir xil xossaga ega bo’lishligi, kimyoviy reagentlar va mikroorganizmlar ta’siriga chidamliligi, yaxshi to’liqligi bilan ajralib turadi.
Reaksionaktiv sintetik polimer moddalar bilan oshlash jarayonida ularni charmga kiritishda ular nafaqat kollagen bilan balki, kollagen bilan bog’langan oshlovchi moddalar bilan ham bog’lanishlar hosil qiladi. Qo’llaniladigan polimerlar va oshlovchi moddalar tabiatiga qarab har xil mustahkamlikka ega bo’lgan, kimyoviy bog’lanishlarga ham olib keladigan bog’lanishlar hosil qiladi.
MAVZU. Sun’iy sintetik charmlar
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |