Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 387.72 Kb.
bet9/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Kichik xom ashyoga yalang’och terilar kiradi, ya’ni o’lik tug’ilgan va tug’ilmagan buzoqchalar terisi kiradi, ularning vazni hisobga olinmaydi. ishlab chiqarishga yaroqsiz bo’lgan terilar mavjud bo’lib, ularning maydoni 40–50 dm2, dumg’aza atrofidagi qalinlik 1,2–1,4 mm ni tashkil qiladi. Terilar epidermisining qalinligi teri qalinligini 3–4 %ini va bu bo’sh o’ralgan kollagen bog’lami bilan ajralib turadi. O’lgan buzoqchalar yalang’och terilari attorlik buyumlari uchun charm ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Emadigan buzoqcha terilari junlari hali to’kilmagan, vazni hisobga olinmaydi va jinsi bo’yicha navlanmaydi. Buzoqchalarni so’yish odatda bahor va yozning boshlarida o’tkaziladi. Ularning terilari asosan quyuq tuz eritmasida konservalanadi. Emadigan buzoqchalar terisining maydoni 40 dan 90 dm2 gacha bo’lib, tekis qalinligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, buzoqcha terilarining g’uddali qatlami katta yoshdagi hayvon terilariga qaraganda qalinroq bo’ladi. Sut emadigan buzoqchalar terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlari ishlab chiqariladi. Oshlangan bunday charmlarning yuza sirti juda nozik va chiroyli naqshga ega bo’lib, katta yoshdagi hayvon terilaridan olingan charmdan farq qiladi.
Emadigan buzoqchalar terisining xom ashyodagi navi, teri to’qimasi va charm holatidagidan yuqori, chunki xom ashyoda tuz dog’lari, sutli yo’lakchalari nuqsonlarini bilish juda qiyin. Buzoqcha bosh terisi, yaxshi navli jelatin olish uchun yuqori sifatli xom ashyo hisoblanadi [26].
Buzoq terilariga juni bir marta to’kilib, chiqqan va toza so’yilgan holatida vazni 10kg bo’lgan terilar kiradi. Bu terilarning o’ziga xos belgilaridan biri uning dumi qismidagi jun bog’lamining ko’pligi va shox o’rniga to’piqlarning bo’lishi hisoblanadi. Bundan tashqari, bunday terilar emadigan buzoqchalar terisiga qaraganda qalinroq, uning tekisligi pastroq bo’lishi bilan va sut yo’lakchalari nuqsonlari bilan ajralib turadi.
Buzoqlar terisining maydoni 60 dan 150 dm2 gacha, qalinligi 1,5–3 mm dan iborat bo’ladi. Oshlangan buzoq terilarining mereyasi, emadigan buzoqlarnikiga qaraganda dag’alroq bo’ladi. Buzoqlarni so’yish mavsumi kuzda va qishga yaqin vaqtda o’tkaziladi. Terilar asosan quyuq tuz eritmasida konservalanadi. Buzoq terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun xrom charmlari ishlab chiqariladi.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling