Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 387.72 Kb.
bet6/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Teri topografiyasi (grekchadan topos – joy, grapho – yozaman) deb, teri har xil qismlarining maydoni bo’ylab o’zaro joylanishiga aytiladi.
Terining topografik qismlari (3-rasm) har xil xossalarga ega, sababi ular bir-biridan qalinligi, zichligi, tolalar o’rilishining tabiati va bir qator boshqa belgilariga qarab farqlanadi. Teri umumiy qalinligining o’zgarishi asosan to’rli qavat qalinligining o’zgarishi tufayli kelib chiqadi, chunki g’uddali qavat qalinligi nisbatan kam o’zgaradi. Terining yupqaroq qismlari – etak qismida g’uddali qavat, uning yo’g’onroq qismi –yopqichga nisbatan qalinroq bo’ladi [8].




Yopqich dermasining strukturasi kollagen tolalari bog’lamining ancha yo’g’onligi bilan tavsiflanadi; bu bog’lamlar bir-biriga zich yondashib, har xil tekislik va yo’nalishlar bo’yicha qalin bog’lamlarni hosil qiladi. Bunda vertikal va dioganal bog’lamlarning mavjudligi tufayli romb ko’rinishidagi halqalar hosil bo’ladi. Bunday struktura tufayli terining yopqich qismi cho’zilganda yuqori mustahkamligi va cho’zilganda uzayishining kichikligi bilan ajralib turadi. Yopqich qismining tuzilishi bo’yicha pishiqroq qismi sag’ri sohasi hisoblanadi [9-10].


Yoqa dermasining tola bog’lamlari mayinroq va bo’shroq bo’lib, yopqichga nisbatan qiyalik burchagi bir oz kichik. Etaklar yupqaroq va bo’sh to’qimalari bilan farqlanadi; mayin tola bog’lamlari zich o’rnashmagan va uncha katta bo’lmagan qiyalik burchagiga ega. Etak qismining eng yupqa va bo’sh qismi qo’ltiq osti va oldingi oyoqlar hisoblanadi. Ular cho’zilganda eng ko’proq uzayishni namoyon etadi. Yirik xom ashyo qanday maqsadda ishlatilishiga qarab, shuningdek topografik qismlardan to’g’ri foydalanish va ishlov berishda qulay bo’lishi uchun ishlab chiqarishga kiritishdan oldin yoki ishlab chiqarishning birinchi bosqichlarida bichiladi. Poyabzalning yuqori qismi uchun xromli ishlangan teri ishlab chiqarishga yuboriladigan sigir va ho’kiz terilari, odatda umurtqa chizig’i bo’ylab ikkita yarimtalikka bo’linadi. Ba’zan ushbu terilardan yoqa qismi qirqib olinib, qolgan qismi umurtqa chizig’i bo’ylab ikki qismga bichiladi. Shunday qilib teri uch elementga: yoqa va ikki yarimqanotga bo’linadi. Tag teri ishlab chiqarishda yopqichlash jarayoni olib boriladi, ya’ni teri yopqich, etaklar va yoqa qismlariga bichiladi.


4-rasm. Qo’zi terisi topografik qismlari:
1–sag’ri; 2–orqasi; 3–yag’rini; 4–yonboshi; 5–son; 6–yelka; 7–bo’yin; 8–qorin; 9–dum;
10–bosh; 11–oyoqlar; 12–chotlari.
Ot terilari odatda old teri va xazga bo’lib bichiladi. Terilarni bunday bichilish usuli xazlash deb yuritiladi.
Cho’chqa terilaridan ayrim teri turlari, jumladan egar–jabduq, poyabzalning ustki qismi uchun xromli teri ishlab chiqarishda butun teridan etaklari qirqib olinadi [11]. Terining qolgan o’rta qismi, yopqich va yoqa bilan birgalikda “baliqcha” deb yuritiladi. Shunday qilib, tayyor terilar konfigurasiyasi bo’yicha butun teri, yarim teri, yopqich va yarim yopqich, “baliqcha”, etak va yoqa, qanot va yarim qanot, ot xazlari va old terilari ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Teri xom ashyosi va terini bichish mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Uni to’g’ri bajarish uchun teri va tayyor charm xossalarini, shuningdek topografik qismlarni yaxshi bilish kerak.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling