Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


TAQRIZ Rejaning to‘g‘ri tuzilganligi, mantiqiyligi


Download 387.72 Kb.
bet2/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

TAQRIZ
Rejaning to‘g‘ri tuzilganligi, mantiqiyligi: _____________________________________



  1. Mavzuda ko‘rilgan muammoning nazariy asoslanganligi: _________________ _________________




  1. Ishning metodik ahamiyati: _________________________________

  2. .Malaka ishida muallif ish tajribasining yoritilishi:


  1. Mavzuni dars jarayoniga tadbiq etish usullarining mavjudligi: ___________





  1. Adabiyotlarro‘yxatiningmazmungamosligi:_______________________________ ____________________________________________________________________




  1. Malakaishidagikamchiliklar:

1)
2)
3)

  1. Taqrizchiningtahlili:


  1. Taqrizchi: _______________________________________

(ismivafamiliyasi,ilmiydarajasi)

  1. Ishga berilgan baho



  1. Imzo




  1. Sana 2021y

Annotasiya

Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyasi va texnologiyasi iqtisodining muhim sohalaridan biri bo’lib, ayniqsa bu sohadagi mutaxassislarni tayyorlash katta ahamiyatga ega. Ushbu malakaviy ishda “Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalash” mavzusida sun’iy charm to’g’risida ma’lumotlar mavzusida charmlar, sun’iy va sintetik charmlar, ularning turlari, olinishi, tikuvchilik buyumlarini tikishda va bezashda ulardan foydalanish, hamda ishlov berish tartibi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Tikuvchilik materialshunosligi fani bo’yicha adabiyotlardan, siyosiy adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.



MUNDARIJA.
1. Kirish……………………………………………………………… 6 - 9 bet
2.Tahliliy qism……………………………………………………….. 10-11 bet
3. Asosiy qism……………………………………………………….. 12 bet
4.Terining kimyoviy tarkibi ………………………………………. 18 bet
5. Charm turlariga tavsif va tasnif ……………………..………….. 19 bet
6. Charm ishlab chiqarish xom ashyolari…………………….. ……. .. 21 bet
7. Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalash…. 29 bet
8. Xulosa………………………………………………………….….. 33 bet
9. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………. 35 bet


KIRISH
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, shu vaqtgacha xom ashyo bazasiga aylanib kelgan Respublikamiz ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida o’zining takomillashgan qayta ishlangan mukammal mahsulotlarini ishlab chiqarish tadbirlarini ko’ra boshladi va bu borada anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirgi vaqtda mustaqil O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini ko’tarish, import mahsulotlari hamda xom ashyolarining kirib kelishini kamaytirish uchun xalq xo’jaligining rivojlanishi, katta ahamiyatga ega.
Hayvon terilaridan charm olish qadimiy hunarmandchiliklardan biri hisoblanadi. Qadimda odamlar hayvon terilarini charmga aylantira bilishgan. Buni Misr ehromlaridan, butxonalardan va qabristonlardan topilgan, toshga o’yilib yozilgan ma’lumotlardan hamda charm mahsulotlari namunalaridan keltirilgan dalillar bunga misol bo’la oladi. Charm olishning eng birinchi usuli, o’ldirilgan hayvon terisini shu hayvonning yog’i bilan ishlov berib, bir necha marta qo’l bilan ishqalab ishlov berishdan iborat bo’lgan. Shu asosda hayvon terisini yog’ bilan oshlab birinchi charm olish texnologiyasi yaratilgan. Sibir o’lkasida yashaydigan eskimos xalqi ham qadimdan beri hayvon yog’i bilan terini oshlaydi.
Eramizdan 3000 yil oldin daraxt po’stloqlarini ishlatish orqali terini charmga aylantirish usuli ma’lum bo’lgan, ya’ni bu usul o’simlik oshlovchilarni qo’llash usulidir. Masalan, eramizdan bir necha yuz yil oldin Misrda o’simlik oshlovchilar ishlatilishi ma’lum bo’lib, keyinchalik ular o’rniga achchiq toshlar ishlatilgan. Hayvon terilaridan charm olish Misr va Hindistondan Ovrupaga o’tgan.
Qadimda odamlar o’zi bilmagan holda oshlangan charm olishgan degan afsona ham bor. Ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar g’orlarda yashashgan va ular sovuqdan saqlanish maqsadida, g’or og’izlarini hayvon terisi bilan yopgan. G’orda isinish uchun olov yoqishgan. Olovdan chiqqan tutun terini oshlagan va natijada teri charmga aylangan. Hozirgi kunda ham tutun yordamida terini oshlash Amerikada yashaydigan hind qabilalariga mansub. Yana bir misol, qadimda kishilar o’ralar qazib hayvon ovlashgan va tutilgan hayvon terisi o’sha o’ralarga qolib ketgan. Qish va yomg’irda ko’lmak hosil bo’lib, shox-shabadan chiqqan oshlovchi moddalar terini oshlagan. Bunday hodisalarni ko’rgan kishilar bunga befarq qaray olmagan albatta. O’sha zamondan terilar kishilar uchun uzoq xizmat qiladigan buyumga aylangan bo’lsa ajab emas.
Qadim Iskandariya Muzeyida papirus va pergamentga yozilgan 700 mingga yaqin qo’l yozma bo’lgan. Pergament qo’zilarning yaxshi ishlangan terisidir. Kichik Osiyoda Pergam shahri pergament ishlab chiqarish markazi bo’lgan. Uning pergament deb atalishining sababi ana shundan bo’lgan. Pergament pishik, lekin juda qimmat edi. Katta bir kitob yozish uchun butun bir podaning terilari sarf etilgan. Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida “Avesto” to’liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal harflar bilan bitilgan.
IX asrga kelib Kiyev knyazligida va Volga bo’yi davlatlarida charm olish va charm mahsulotlarini ishlatish ancha rivojlangan. IX–X asrda O’rta Osiyoda, xususan Movarounnahrda Somoniylar sulolasi ravnaq topgan bo’lib, Somoniylar davlati Volga daryosi bo’yidagi Itil va Bulg’or xonliklari bilan savdo–sotiq aloqalarini o’rnatgan. O’sha davrda Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida kosib ahli ko’nchilik, kavsh mahsi va etikdo’zlik bilan shug’ullangan.
XIII-XIV asrlarga kelib, O’rta Osiyoning asosiy shaharlarida hunarmandchilik, xususan charmdan poyabzal tikish shunchalik rivojlanganki, bunga shahar zodagonlari charmdan tikilgan qizil etiklar kiyishgani misol bo’la oladi.
XIX asrning oxiri, XX asr boshlarida, Toshkent shahri atrofidagi, tepaliklarda odamlar tomonidan maxsus g’orlar qazilgan. Bu g’orlarda Toshkent shahri ko’nchilar va mahsido’zlar mahalla xunarmandlari va Toshkent viloyat atrofidagi tuman hunarmandlari terilarni tutunlash usuli bilan oshlagan.
XX asrning o’rtalarida charm sanoati tez rivojlangan. Samarqand, Toshkent va Farg’ona viloyatlarida charm ishlab chiqaruvchi zavodlar tiklanib va qayta jixozlandi. XX asrning 70 yillarida yaxshi jihozlangan katta ko’nchilik zavodi Qo’qon shahrida kurildi. Hozirgi paytda O’zbekistonning har bir viloyatida charm va sun’iy va sintetik charm ishlab chiqaruvchi xususiy va qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Keyingi yuz yillik boshlariga qadar charmdan bo’lgan oyoq kiyimlar va charm attorlik mahsulotlari: chamadon, qo’lqop tasma xalta bu mahsulotlar tabiiy charmdan tayyorlangan. Hozirgi paytda bunday buyumlar tayyorlashda tabiiy charm o’rnini gazlama, sun’iy va sintetik charmlar ko’proq egallay boshladi. Sun’iy va sintetik charmlar ishlab chiqarish tabiiy charm olishga qaraganda ancha arzon hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining ko‘plab soxalarida jadal o’zgarishlar ketmoqda, shuningdek charm sanoatida ham chetellik mutaxassislar bilan birgalikda xamkorlik qilib kelinmoqda.
Respublikamizda yengil sanoatining rivojlanishi tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bilan chambarchas bog’liq. Ayniqsa hozirgi zamon talablariga javob beradigan charm asosida oyoq kiyimlarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlari tagligi tez ishqalanishi, elastikligi issiqga chidamliligi kabi talablarga to’diq javob bermayapti. Shu sababli mahalliy xom ashyolar ya’ni tabiiy va sintetik polimerlar asosida oyoq kiyimi tagligini to’ldiruvchi sifatida yangi polimer kompozisiya tarkibini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan mahalliy polimerlar asosida hozirgi kunda taqchil bo’lgan, import o’rnini bosa oladigan yangi turdagi mahsulotlar olish va shu tariqa oyoq kiyimi tagligi to’ldiruvchi vositasi sifatida polimer kompozisiyalar tarkibini ishlab chiqish va uni sifatini yaxshilash, undan samarali foydalanish, shuningdek ular bilan bog’liq ekologik, iqtisodiy muammolarni hal qilishda bugungi kunda o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Mavzuning maqsadi: Respublikamiz ishlab chiqarilayotgan sintetik polimerlar va sanoat chiqindilari hisoblangan polimerlar asosida (serisin) to’ldiruvchilar tarkibini ishlab chiqish va uning fizik-mexanik xossalarini o’rganish, Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalash.
Mavzuning vazifalari: Ish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi.
-sintetik va tabiiy polimerlar asosida to’ldiruvchi polimer kompozisiyalar tarkibini ishlab chiqish;
- turli tarkibdan iborat to’ldiruvchilarning fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish;
-ishlab chiqilgan tarkib asosida oyoq kiyimi tagligini to’ldiruvchi vosita sifatida qo’llanilgan charmning fizik-mexanik va ekspluatasion xossasini o’rganish
- Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalashni o’rganish;
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Turli texnogen organik va noorganik ingridi-yentlar va pillakashlik fabrikasi chiqindilari asosida yuqori samarali to’ldiruvchi kompozisiyalar olish resepturasi va texnologiyasini ishlab chiqish va ular o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining metodlari polimerlar asosida charmni oyoq kiyimi tagligi sifatida turli haroratlarda to’ldiruvchi vosita xossalarini o’rganish, to’ldirilgan oyoq kiyimi tagligini fizik-mexanik xossalarini o’rganish, issiqlikka, ishqalanishga elastiklik qobiliyatlarini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ish natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Ilk bor mahalliy xom ashyolar asosida qoramol terisidan tayyorlangan oyoq kiyimi tagligini to’ldiruvchi vosita sifatida tarkibini ishlab chiqish va uning fizik -mexanik xossalarini o’rganish. Davr talabiga javob beradigan to’ldiruvchi ingridiyentlarning turli takriblarini yaratish.
Bitiruv malakaviy ish natijalarining amaliy ahamiyati: hozirgi kunda ishlab chiqariyotgan sintetik polimerlar bilan boshqa texnogen organik va noorganik tarkibiy qismlar asosida kompozisiyalar tarkibi ishlab chiqish va uning yaxshilangan texnologik aspektlarini o’rganish hamda undan foydalanish usuli bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Sun’iy sintetik charmlar bo’yicha dars o’tish uslubiyatini loyihalashni o’rganish.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling