Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 387.72 Kb.
bet8/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Poyabzal uchun charm
Poyabzalning ostki qismi uchun charm ishlab chiqarishda, katta shoxli mollar, ot, tuya va cho’chqa terilaridan foydalaniladi.
Bu charmlarni ishlab chiqarishda, o’simlik, sintetik va anorganik oshlovchilar hamda ularning aralashmasi qo’llaniladi. Bu charmlardan taglik, pataklar, baxyalar, nag’allar, oxircho’plar va boshqa poyabzalning ostki qismi uchun charm detallari bichiladi. Odatda, bu charmlar tabiiy ko’rinishda, ya’ni oshlashda olgan rangda yoki ochiq ranglarda ishlab chiqariladi. Standartga asosan, poyabzalning ostki qismi uchun charm besh toifaga bo’linadi.
Egar-jabduq charmlar
Egar-jabduq charmlar egar-jabduq buyumlari, odam va ot aslaha-anjomlari uchun ishlatiladi. Bu charmlar o’ta mustahkam (ayniqsa, tasmalar uchun charmlar), ko’p martalab ho’llanishga va yorug’lik tushishiga hamda past haroratda chidamli bo’lib, ishqalanganda, uzoq muddat saqlanganda va ekspluatasiya qilinishida o’z xususiyatlarini o’zgartir-masligi lozim [20].
Texnik charmlar
Maqsadiga qarab texnik charmlar harakatlantiruvchi tasma, mashina detallari va boshqa texnik maqsadli charmlarga bo’linadi.
Harakatlantiruvchi tasmalar uchun charm, faqat qoramollar terisidan, yopqich holida ishlab chiqariladi. Ularning cho’ziluvchanlikka mustahkam, zich, qalinligi bo’ylab tekis bo’lishi, havoning nisbiy namligi o’zgarishi bilan ularning o’lchamlari o’zgarmasligi kerak. Har bir texnik charmga, uning ishlatilish maqsadiga qarab, turli xil talablar qo’yiladi. Ba’zi hollarda charmdan yuqori qattiqlik va mustahkamlik (poyga uchun charmlar oshlanmagan va quritilgan teri to’qimasi bo’lib, ular pergament deb yuritiladi) talab qilinsa, baxmalsimon texnik charmlar yumshoq va g’ovaksimon xususiyatga ega bo’lishi talab qilinadi.
Kiyim - attorlik charmlar
Kiyim uchun charmlar asosan xrom bilan oshlangan bo’lib, qo’y terilaridan ishlab chiqariladi. Bu charmlar "kiyim shevreti" deb nom olgan. Poyabzal uchun charmdan farqli, shevret yumshoqroq va cho’ziluvchanroq bo’ladi.
Attorlik charmlari qo’y, echki, toychoq, cho’chqa, it va poyabzal uchun yaroqsiz arralangan terilardan ishlab chiqariladi. Bularga nubuk, movut, baxmalsimon charm, mayin layka charmlar turlari kiradi. Layka charmi qo’y, echki, toychoq va it terilaridan alyuminiyli achchiqtoshlar, natriy xlorid, un va tuxum sarig’i bilan ishlov berilib olinadi. Attorlik charmlari tekis va mustahkam rangga, chiroyli tashqi ko’rinishga, sirti mustahkam qatlamga ega bo’lishligi bilan, qo’lqop charmlari yaxshi cho’ziluvchanligi, plastikligi va yumshoqligi bilan ajralib turishi kerak. Iskandariya muzeyida papirus va pergamentga yozilgan 700 mingga yaqin qo’lyozma bor edi. Pergament buzoq va qo’zilarning yaxshi ishlangan terisidan olingan. Kichik Osiyoda Pergam shahri pergament ishlab chiqarish markazi edi [21]. Uning pergament deb atalishining sababi ana shundadir. Pergament pishiq, lekin juda qimmat edi. Katta bir kitob yozish uchun butun bir podaning terilari sarf etilardi.
Charm ishlab chiqarish xom ashyolari
Xom ashyoga dastlabki ishlov berish va uning xususiyatlari
Charm ishlab chiqarish xom ashyolariga uy va yovvoyi hayvonlar terisi kiradi. Charm ishlab chiqarish bosh manbai chorvachilik hisoblanadi. Charm sanoati uchun uy hayvonlaridan: qoramollar, ot, eshak, xachir, tuya, qo’y, echki, cho’chqa, bug’u terilari xom ashyo sifatida ishlatilsa, yovvoyi hayvonlardan yovvoyi echki, bug’u, cho’chqa, dengiz hayvonlari (dengiz mushugi, kit, morj) va boshqa hayvonlar terilari ishlatiladi.
Charm ishlab chiqarishning muhim xususiyati, bu uning qimmatbaholigi hisoblanadi. Shu sababli, tannarxni kamaytirish maqsadida xom ashyodan to’liq foydalanishga harakat qilinadi.
Charm xom ashyolarining asosiy turlari haqida qisqacha ma’lumot
Charm xom ashyolari kichik, katta va cho’chqa terilariga bo’linadi. Kichik xom ashyolariga qoramollarning buzoq terilari (o’lik tug’ilgan buzoqcha, emadigan buzoqcha, buzoqlar), toy (o’lik tug’ilgan toycha, toy), qo’y (rus va cho’l qo’ylari) jun qoplamining holatiga qarab junli qo’y, yarim junli, cho’l qo’yining yalang’och terisi, echki (cho’l echki terisi, daromadli va yovvoyi echki) terilariga bo’linadi [24].
Katta xom ashyoga: qoramollar (buzoqlar, novvos, ho’kiz, buqa, sigir, qo’tos), otlar (otning old terisi va ort terisi), tuyalar, eshaklar va xachirlar hamda boshqa turdagi hayvonlarning (katta bug’u, morj) terilari kiradi.
Cho’chqa xom ashyosiga cho’chqa va undan baliqcha shaklida qirqilgan cho’chqa va xryak terilari kiradi.
Turli xil charm ishlab chiqarishda ishlatiladigan charm xom ashyolari 382 GOST standartlari yordamida belgilab berilgan.
Qoramollarning terilari
Chorvachilikning yo’nalishiga qarab qoramollarni to’rt guruhga: go’shtli, sutli, go’shtli sutli va ishchi guruhlariga ajratish mumkin.
Go’shtli hayvon terilari o’zining katta o’lchamlari, qalinligi, bo’shlig’i, teri osti to’qimasi qatlamining yaxshi rivojlanganligi, qisqa qalin juni bilan tavsiflanadi. Bularga gereford, qozog’iston, qalmiq mollari zotlari misol bo’la oladi. Toza so’yilgan terilarining vazni hayvon tirik vaznining 6–7 %ini tashkil qiladi.
Sutli hayvon terilariga Gollandiya, Yaroslavl va zotli mollar terisi kiradi. Bu terilar og’irligi va maydoni jihatdan katta bo’lmaydi. Ular yupqa va zich, teri osti to’qimasi qatlami uncha rivojlanmaganligi va jun qoplamining qayishqoqligi bilan xarakterlanadi. Toza so’yilgan terilarga shved, bestujev, kastroma va boshqa zotli mollar terisi kiradi [25].
Ishchi hayvon terilariga kulrang, ukraina va boshqa naslli mollar terisi kiradi. Ular katta, og’ir, qalin va zichligi bilan ajralib turadi. Toza so’yilgan terilarning vazni hayvon tirik vaznining 7–8 %ini tashkil etadi.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling