Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti


Download 387.72 Kb.
bet5/17
Sana10.02.2023
Hajmi387.72 Kb.
#1185052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
malaka BMI Dusmuratova

Kollagen tolalari bog’lamining qalinligi derma qatlamining o’rta qismida kattaroq bo’lib, ikki tomonga: epidermis va derma ostki qatlam tomonga qarab, kichiklashib boradi. Bog’lamlarni yanada ham kattalashtirib ko’rganimizda, u ko’ndalang kesim diametri taxminan 5 mkm.dan iborat ko’p sonli (30/300) elementlar tolalaridan tuzilganligini ko’rishimiz mumkin. Elektron mikroskop yordamida kollagen strukturasini o’rganganimizda, elementar tolalar o’z navbatida diametri 0,1 mkmdan iborat 200–3000 fibrillardan tuzilganligini ko’ramiz. Elementar toladagi fibrillarning diametri, soni turlicha terilarda turlicha bo’ladi. Masalan, cho’chqa terilarida ular diametri buqa terilarinikidan katta bo’ladi.
Elastin tolalari, bog’lam hosil qilmaydi, lekin tarmoqlangan holda dermaning yuqori qatlamlarida, ayniqsa soch xaltachalari va qon tomirlari bo’ylab va uning atroflarida qalin to’rli o’ramni tashkil qiladi. Dermaning pastki qatlamlarida elastin tolalari kam miqdorda joylashgan bo’ladi.
Elastin tolalari kollagen tolalariga qaraganda, qalinligi va egiluvchanligining kichikligi hamda suvda qaynatganda yelimga aylanmasligi bilan farq qiladi. Elastin tolalari sigir terilarida 3,96–4,81 %, buzoqlarda 2,19–2,95, echkida 1,2–3,4, qo’yda 1,0–0,3 % mavjud.
Retikulin tolalari dermaga butunlay botgan bo’lib, epidermis bilan tutashgan qatlamida ayniqsa qalin to’r hosil qiladi.
Nisbatan qisqa hisoblangan retikulin tolalari kollagen tolalari bog’lami atrofida uncha zich bo’lmagan to’rli futlyar hosil qiladi.
Derma tolalari oralig’ida tolalararo deb nom olgan moddalar uchraydi. Ular bir qator oqsil va oqsilga o’xshash moddalardan: albuminlar, globulinlar, musin, mukoid, mukopolisaxaridlardan tashkil topgan.Terilar dermasi umumiy tuzilishga ega, ular g’uddali va to’rli qatlamga bo’linadi [6].
Ko’pgina hayvon terilari dermasining g’uddali qatlami o’z tarkibida anchagina miqdorda soch xaltachalarini, ter va yog’ bezlarini saqlaydi. Bu yerdagi kollagen tolalari mayinroq bo’lib, soch xaltalariga qarab parallel yo’nalgan va ularni o’rab olgan holda bo’ladi.
Kollagen tolalari bog’lami epidermis bilan tutashgan joylarida juda mayin, zich tovlanib o’ralgan bo’ladi. Ular epidermisga g’uddalari bilan bo’rtib chiqqan holda bo’ladi.
G’uddali qatlamning yuqori qismida epidermis bilan tutashgan joyda uncha katta bo’lmagan zich o’ramli yupqa qatlam joylashgan, bu qatlam yuza qatlam yoki yuza membranasi deb yuritiladi. G’uddali qatlamning pastki chegarasi odatda soch piyozdoni yaqinidan o’tadi.
Ter bezlari naychalar o’ramida o’ralgan ko’rinishga ega. Bezlarning chiqish yo’li soch xaltachalarining tugash joyining yuqorisidan boshlanadi. Ter bezlarining soni turli hayvonlarda turlicha: qo’y terilarida uning soni juda ko’p, bunga bog’liq holda bu terilar yumshoq bo’ladi. Yog’ bezlari soch xaltachalari yonida joylashgan bo’lib, xaltachalarga o’xshash o’ziga xos shakllardan iborat bo’ladi. Bezlarning chiqish oralig’i soch kanali bilan bog’langan. Bezlardan ajralib chiqqan yog’ sekretlari soch va epidermis sirtlarini yog’lab turadi.
To’r qatlami g’uddali qatlamga qaraganda juda mustahkam bo’lib, kollagen tolalarining bog’lami u yerda tekis to’qimadan tuzilgan. Hayvonning yoshi kattalashgan sayin, to’r qatlamining qalinligi ham oshaveradi.
Ko’pchilik hayvonlar uchun, kollagen tolalari bog’lamining qalinligi, ularning to’qilish xususiyati, ya’ni egilish burchagi va joylanish zichligi hayvon gavdasidagi terilar qismlarining o’rnashgan joyiga qarab bog’liq ravishda o’zgaradi.
Derma qatlamlarining o’zaro munosabati hayvonlar turiga, hayvon jismining anatomik qismlariga, oziqlanish sharoitlari va so’yish vaqtiga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Hayvon terisining har bir qismi o’zining qalinligi, zichligi, tolalar to’qimasining xarakteri, jun qoplami xususiyatlari bilan ajralib turadi va bu qismlar topografik qismlar deb yuritiladi.
Katta shoxli mollar va ot terilarining derma tuzilishi, ayniqsa, turlicha bo’ladi. Sigirning yopqich qismidagi tolalar bog’lami mustahkam, periferiya qismlardagi tolalar yumshoq, ular bog’lami esa bo’sh bo’ladi [7-8]. Teri osti yog’ to’qimalari derma ostida joylashgan bo’lib, asosan kollagen, qisman elastin tolalardan to’qilgan. Ular orasidan qon tomirlari o’tadi. Bu qatlamda yog’ qatlami joylashgan va bu o’z navbatida hayvon turiga, boqilganlik darajasiga va qaysi mavsumda so’yilganligiga bog’liq.

Download 387.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling