Toshkent transport universiteti


II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQSHUNOSLIK FANLARIDA “YURIDIK FAKT” ATAMASINI QO’LLANILISHI VA TUTGAN O’RNI HAQIDA


Download 234.42 Kb.
bet8/19
Sana05.11.2023
Hajmi234.42 Kb.
#1748696
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
yuridik fakt kurs ishi zuhriddin (2)

II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUQUQSHUNOSLIK FANLARIDA “YURIDIK FAKT” ATAMASINI QO’LLANILISHI VA TUTGAN O’RNI HAQIDA.
2.1. O‘zbekison Respublikasining huquq tizimida “yuridik fakt”ning ahamiyati bilan bog’liq masalalar.

Maʼlumki, O'zbekiston Respublikasining huquq tizimi markazlashgan hisoblanib bu yuqori turuvchi organning quyi organga buyruq berish va quyu organda ushbu buyruqni yoki boshqacha tartibdagi qaror ijrosini taʼminlash majburiyatini o'z bo'yniga olishdan iborat bo'ladi. Aynan ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish yaʼni uning ijrosini taʼminlashda aniqlikni oshirish maqsadida yuridik faktning o’rni beqiyos.12


Sababi davlat organlari yoki hukumat tomonidan qabul qilingan har qanday davlat dasturi yoki boshqacha tartibdagi normativ hujjatni ijrosini taʼminlashda to`g`ridan-to`g`ri huquq munosabatlarni paydo qiluvchi elementlar o'z ichiga oluvchi hatti-harakatlar bo'lgani bois barcha tarmoqda yuridik fakt to`g`ridan-to`g`ri munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun hukumat yoki uning hududlardagi vakillik idoralari aynan bu yuridik faktlarni amalga oshirish jarayonida avvalombor ularning aniq yo’nalishi va turlarini belgilab olmog’i lozim, bunga misol hududlarda har bir huquq munosabatlarining maʼlum bir yo'nalishlariga, misol uchun fuqarolik, jinoyat, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarida ko'riladigan nizolar bundan tashqari fuqarolar tomonidan davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo’llaniladigan murojaatlar tahlil etilib shuni aniqlandiki, davlat va shaxslar o'rtasidagi yuridik faktlar bu aynan fuqaro tomonidan yoki aksincha davlat tomonidan birinchi navbatda unga nisbatan qo'llanilgan maʼlum bir yuridik shaxs natijasida paydo boladi.
Shu holatda bevosita davlat vakolatiga ega bo'lgan mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o'rganish aynan fuqaro yoki shaxs tomonidan yuridik farktning maʼlum bir tarmog'idagi amalda belgilangan normativ hujjatlardagi majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda unga nisbatan aynan huquq normasining sanksiya bo'limida belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko'rib chiqiladi. Bu holat esa to`g`ridan-to`g`ri maʼlum bir doirani paydo qiladi yaʼni yuridik sakning boshlanganidan to uning yakunlanadigan holatiga bu barcha bosqichlarda yuridik va turli xil ko'rinishlarda namoyon boladi.
Bunday holatlarni oldini olish ulardagi muammo va kamchiliklarni tuzatish uchun ozbekiston respublikasi va uning hukumati turli xil usullarda tashviqot ishlarini amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2017- yil va 2021-yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” 13 va uning davomi hisoblangan “.Taraqqiyot strategiyasi’14 natijasida ham aynan huquqlari muammolarni yaʼni huquqiy munosabatlar o'rtasidagi nizolarni hal etish bilan bog’liq bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish va yuridik faktning o’rnini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Yuqorida keltirib o'tilgan holatlardan tashqari endi aynan yuridik faktning paydo bo`lishi va tugallanish jarayonidagi elementlarga birma-bir to'xtalib o'tish lozim
Ko'pincha huquq normalarida ko'zda tutilgan yuridik oqibatlarning yuzaga kelishi uchun bitta yuridik fakt emas, balki ularning yig'indisi talab qilinadi.
Normada ko'zda tutilgan huquqiy oqibatlar kelib chiqishi uchun zarur bo'lgan faktlarning yig'indisi yuridik tarkib deb ataladi. Masalan, nafaqa huquqiy munosabatlari 3 fakt mavjud bo’lsagina paydo bo'lishimumkin, qonunda belgilangan yoshga yetish, mehnat stajining mavjudligi, ijtimoiy taʼminot organining nafaka belgilash tug'risidagi qarori.
Oliy o'quv yurtiga qabul qilish uchun umumiy o'rta maʼlumot, kirish imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirish, rektorning uqishga qabul qilish to`g`risidagi buyrug`i bo'lishi kerak. Аna shu uch faktning yig`indisi yuridik tarkibni tashki etadi.
Yuridik adabiyotlarda ular tugallangan va tugallanmagan tarkiblarga bo`linadi.
Tugallangan yuridik tarkib deganda, yuridik faktlarning to’planish jarayoni va huquqiy oqibatlar yuz berayotgan yoki yuz berishi mumkin bo’lgan tarkib tushuniladi.
Tugallanmagan tarkibda esa yuridik oqibatlarning yuz berishi uchun zarur bo`lgan faktlarning yig’ilish jarayoni tugallanmagan bo’ladi. Oxirgi zarur fakt paydo bo’lgan paytdan boshlab, tarkibdagi barcha faktlar ishga tushadi.15
Yuridik tarkibga kiruvchi faktlarning huquqning qaysi soxasiga tegishliligiga qarab ularni oddiy va murakkab tarkiblarda bo’lish mumkin. Oddiy yuridik tarkib huquqning bir soxasiga tegishli bo’lgan faktlarni o’z ichiga oladi. Masalan, nikohdan o’tish uchun faktlarning butun bir yig’indisi zarur: shaxslarning o’zaro roziligi, nikoh, yoshiga yetganligi, ularning xar biri FXDYo organlarida avval nikohdan o’tmaganligi, nikohdan o’tayotgan taraflarning muomalaga layoqatliligi. Bu faktlarning xammasi huquqning bir soxasi — oila huquqida ko’zda tutilgan.16
Murakkab yuridik tarkibga nafaqa huquqiy munosabati misol bo'lishivmumkin. Unda qonunda belgilangan yoshga yetganlik va zarur mehnat staji bo’lishi mehnat huquqi normalarida ko’zda tu­tilgan, ijtimoiy taʼminot organining qarori esa maʼmuriy huquq sohasiga tegishlidir.
Yuridik faktlar barcha huquq sohalarida mavjud bo’lib, ulardagi ahamiyatini birma-bir sohalar misolida ko’rib chiqamiz.
Ushbu sohalarga esa Ma’muriy huquq, Fuqarolik, Oila, kabi huquq tarmoqlari o’rin olgan.

Download 234.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling