Toshkent viloyati bo’stonliq tumani axborot – kutubxona markazining 022 yil oylik yozma hisoboti
Download 43 Kb.
|
Bo`stonliq tuman AKM yozma hisobot 2022 yillik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond va kitobxonlar haqida ma’lumot
- Chorakda yangi a’zo bo’lgan kitobxon Kitobxon qatnovi Kitob berilishi
- AKT ishlarini amalga oshirilishi.
- PDF for. Audio for. Rasmli ma’lumotlar Video roliklar
- Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilgan ishlar
- Jami o`tkazilgan tadbirlar soni Tadbirga qatnashganlar soni Kitob ko`rgazmasi soni
- Qilingan ishlar noni soni 1
TOSHKENT VILOYATI BO’STONLIQ TUMANI AXBOROT – KUTUBXONA MARKAZINING 2022 YIL 9 oylik YOZMA HISOBOTI. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyundagi O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi” gi” ПҚ-4354-sonli hamdaToshkent viloyati hokimining 2019 yil 10- iyndagi 4354-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Bo’stonliq tuman AKMda 2022 yil 9oy davomida quyidagi ishlarni amalga oshirib kelindi. Fond va kitobxonlar haqida ma’lumot
AKT ishlarini amalga oshirilishi.
Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilgan ishlar
Bibliografiya ishlarini olib borilishi
Yanvar oyidan boshlab Аbonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koʼrsatish boʼlimi tomonidan АKM ga kelgan yangi foydalanuvchilarni roʼyhatga olish boshlandi. Kutubxonaga kela olmaydigan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarning qiziqishlariga koʼra kerakli adabiyotlar ularning uylariga yetkazib berildi. АKM da muxim va unitilmas sanalar, dolzarb mavzularga bagʼishlab koʼrgazmalar tashkil etildi , tadbirlar va davra suhbatlari oʼtkazildi. Shoir va yozuvchilarning tavallud ayyomlariga bagʼishlangan tadbirlar va koʼrgazmalar kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Katalog pasportlari 2022 yil uchun yangilandi. Vaqtli matbuotlar kartotekasi tuzildi. 6000 ta alfavitli va sistemali kartochkalar tafsifi tuzildi. Tuzilgan 6000 ta kartochkalar katalogta aks ettirildi. Mahallalarda axborot -kutubxona xizmati ko'rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida tuman axborot kutubxona markazi xodimlari "Markaziy", "Navro'z", "Ma'rifat", "Bo'ston", "Daxana", "Istiqlol", "Namuna", " Sobir Rahimov" mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lib, raislar bilan birgalikda ikki tomonlama "Ko'chma kutubxona" shartnomalarini imzoladilar. Har bir mahallada kutubxona burchagi tashkil etilib, axborot -kutubxona markazi fondidan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Ushbu adabiyotlar har 10 kunda yangisiga almashtirib turiladi. AKMda 1-chorak davomida “Bilasizmi?" , 2022 yil –“Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili “ deb nomlanishi munosabati bilan “ Mahalla qadriyat beshigi” , Anvar Obidjon tavalludiga "Shoir qalbi" , Vatan himoyachilari kuni bag`ishlab “Kozimga to`tiyo oltin tuprog`ing” , Xayriddin Sultonovning 66 yillik tavallud ayyomiga bag'ishlangan "Lahzaning umri", "Moviy jamadon tashrifi" , O'zbekiston xalq yozuvchisi O'lmas Umarbekovning tavalludiga "Oltin yaproqlar", O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov xotirasiga bag`ishlab "Xotirasi qalblarda mangu yashaydi" , Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Navoiy merosi" , “Yuz oh , Zahiriddin Muhammad Bobur” , O'zbekiston xalq shoirasi, Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga , “Nafosat malikasi”, 8-mart xalqaro xotin qizlar kuniga bag`ishlab “Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol” nomli kitob ko`rgazmalari va ko`rgazma-viktorinalar , Anvar Obidjonning "Go'rdagi olishuv" , "Quyon va nutriya", Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning “ Anna Karenina”, Qamchibek Kenjaning “Bir kecha – ming kecha” , "Momo yer qòshig`i" , Nosir Zohidning “Jannati odam” nomli kitoblarining taqdimotlari, Vatan himoyachilari kuni bag`ishlab “Ko`zimga to`tiyo oltin tuprog`ing” nomli musiqali badiiy kecha , “Yangi O`zbekkiston istiqboli uchun mas`ulmiz“ deb nomlangan ma`naviyat soati, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag`ishlanib "Xotirasi qalblarda mangu yashaydi" davra suhbati, "Navoiy izdoshlari" deb nomlangan davra suhbati, Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag'ishlab: “ Yuz oh , Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli Boburxonlik kechasi, “Kitobxon ona- kitobxon bola” onalar bilan muloqot, davra suhbati, "Oliver Tvistning sarguzashtlari" romanining teatrlashtirilgan sahna ko`rinishi, O'zbekiston xalq shoirasi, Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga ”Bir adib haqida suhbat” nomli davra suhbati, 23-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Adabiyot dillarni birlashtiradi" mavzusida adabiy-badiiy kecha, 9- sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Aqlvoyda besh tashabbus”, tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har oyda “Moviy jamadon” tashrifi nomli ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Kitobxonlar klubida ham “O`lkamiz tarixini bilasizmi?” deb nomlangan suhbat, “Kitob afzalmi yoki kompyuter” mavzusida so`rovnoma, “Kitob va kitobxonlik,”, “Kitob o`qish madaniyati” nomli davra suhbati, “Zamonamiz yoshlari hayotida kitobning tutgan o`rni” mavzuli soat, “Agar ogoh sen” mavzusida(Diniy ekstrimizm, terrorizm va boshqalar) mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazildi. Axborot-bibliografiya bo`limi tomonidan Adib Anvar Obidjon tavalludiga bag`ishlab “Shoir qalbi” nomli tavsiyaviy ro`yxat, ingliz yozuvchisi Jonn Ronald Ruel Tolkin tavalludining 130 yilligiga “Uzuklar hukumdori” nomli booktrailer tayyorlandi, har oyda bir marotaba “Axborot soati” o`tkazilib, kitobxonlarni O`zbekistonda joriy etilayotgan yangi qonun, qaror, farmoyish, farmonlar bilan tanishtirib borildi. Tumanda faoliyat yuritayotgan kutubxona xodimlariga metodik yordam berish va ma’lumot almashish maqsadida tuman hokimligi axborot-xizmati bilan hamkorlikda telegram ijtimoiy tarmog`ida “Bo`stonliq tuman kutubxonachilari” nomli guruh faoliyati yo`lga qo`yildi. Ushbu guruhda kutubxonachilar ish faoliyatiga oid yangiliklar va jarayondan lavhalarni yuborishmoqda va yuborilgan ma’lumotlar saralanib, tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilmoqda. AKMning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Bobolarim merosi" nomli "challange " o'tkazildi. Ushbu chellenjda faol ishtirok etganlar va g`olib bo`lganlar AKMda o`tkazilgan tadbirda faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar. “5 tashabbus 5 imkoniyat” shiori ostida tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual bellashuvlari tashkil etildi. Har yili an’anaviy tarzda o`tkazib kelinadigan “Eng yaxshi kitobxon o`quvchi” va “Eng yaxshi kutubxonachi” ko`rik-tanlovlarining tuman bosqichlari o`tkazildi. G`oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar. Bo'stonliq tuman hokimligining tumanda 2022 yilning fevral,mart,aprel oylari davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq "ZUKKO KITOBXON 2022" online ko'rik tanlovini e'lon qilindi. Ushbu tanlov 3 bosqichda o`tkaziladi. 1-martdan tanlovning 1-bosqichiga start berilib, kitobxonlar ro`yxatga olinmoqda. Shuningdek, telegram kanal va guruhga kunlik kitobga oid audio, video, matnli (pdf) formatida ma’lumotlar, elektron kitoblar joylandi, soʼrovnomalar oʼtkazib borildi, 411 ta matnli (pdf), 304 ta audiofayllar,269 media (video va foto) maʼlumotlar joylandi. AKMning feysbuk va tvitter tarmoqlaridagi sahifalariga hamda veb-saytga yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijodidan materiallar hamda kitobga oid maʼlumotlar joylab borildi, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritildi. Youtube kanaliga 11 ta kitobga oid videorolik , kitob taqdimoti, yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan roliklar joylandi, feysbuk sahifasiga jami 71 ta audio, video, rasm va matnli maʼlumotlar , axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi, instagram sahifasiga jami 109 ta kitobga oid, yozuvchi va shoirlarning tavalludiga bagʼishlangan maʼlumotlar hamda, axborot-k AKM fondidagi jami 30 ta kitob, 5196 ta sahifa elektron ko’rinishga o’tkazildi. Unicat.natlib.uz saytiga jami 34 ta yangi adabiyot hamda 1182 ta adabiyotlarning nusxalari kiritildi. Elektron adabiyotlarning jami 30 ta QR kodi ishlab chiqildi. 20 ta QR kodli adabiyotlar tablolarga joylandi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida jami 8 ta videorolik ishlab chiqildi. Aprel oyidan boshlab Аbonementlar va foydalanuvchilarga xizmat koʼrsatish boʼlimi tomonidan АKM ga kelgan yangi foydalanuvchilarni roʼyhatga olindi. Fondlarni to`ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo`limi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan beg`araz berilgan 62 nomda, 71 nusxadagi adabiyotlarga ilmiy va texnik ishlov berib, alfavit va sistemali katalog kartochkalari tavsifini tuzdi.Yangi adabiyotlar bo`limlarga dalolatnoma asosida taqsimlanib berildi. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi xodimlari tomonidan kutubxonaga kela olmaydigan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarning qiziqishlariga koʼra kerakli adabiyotlar ularning uylariga yetkazib berildi. АKM da muhim va unitilmas sanalar, dolzarb mavzularga bagʼishlab koʼrgazmalar tashkil etildi , tadbirlar va davra suhbatlari oʼtkazildi. Shoir va yozuvchilarning tavallud ayyomlariga bagʼishlangan tadbirlar va koʼrgazmalar kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Tumanimizdagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ekskursiyalar uyushtirildi. Ekskursiyaga kelgan kitobxonlarga axborot –kutubxona markazi to`g`risida ma`lumotlar berildi.Shoir va yozuvchilarning tavallud ayyomlariga bagʼishlangan tadbirlar va koʼrgazmalar tashkil etildi. Mahallalarda axborot -kutubxona xizmati ko'rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida tuman axborot kutubxona markazi xodimlari "Markaziy", "Navro'z", "Ma'rifat", "Daxana", "Istiqlol", "Namuna", " Sobir Rahimov" mahalla fuqarolar yig'inlarida tashkil qilingan kutubxona burchagi dagi kitoblar o`z vaqtida almashtirilib borildi. “Bo`ston” MFY raisi o`zgarganligi munosabati bilan, yangi ko`chma kutubxona shartnomasi tuzildi. Shuningdek 20-sonli umumta’lim maktabi, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 64099 harbiy qism, 7 -son Jazoni Ijro etish Koloniyasi, 4-sonli DMTT bilan kutubxonalararo hamkorlik shartnomalari tuzildi va kerakli kitoblar yetkazib berildi. Yosh ijodkorlarni qo`llab- quvvatlash maqsadida Bo`stonliq axborot –kutubxona markazida tashkil etilgan “Kitobxonlar klubi “ reja asosida o`z faoliyatini olib bordi. Klubda 20 nafar yosh kitobxonlar qamrab olingan. II Chorak davomida Klubda quyidagi tadbirlar amalga oshirildi. “Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasidagi o`rni deb nomlangan bellashuv, “Men sevgan shoir” mavzusida videotaqdimot o`tkazildi, 9 – may –Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab “She`riyat gulshani” nomli ifodali she`rlar o`qish bahsi, “Kitob komillikka yetaklaydi” nomli bahs – munozara kechasi , “Agar ogoh sen” mavzusida(Diniy ekstrimizm, terrorizm va boshqalar) davra suhbati,”Kitoblar shifoxonasi “ amaliy soat mavzularida tadbirlar o`tkazildi. Bo'stonliq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, aholining kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida aholi gavjum joylarda : mahallalarda va turli tashkilotlarda "Kitob siz uchun?" nomli so`rovnoma , ko'rgazma - viktorinalar o'tkazildi. Viktorinalarda faol ishtirok etib, g'olib bo'lganlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda AKMga a'zo qilindilar.Kitobxonlarni qiziqishlarini oʼrganish uchun kutubxonada va kutubxona tashqarisida soʼrovnomalar oʼtkazilib, “qaysi mavzulardagi adabiyotlarga qiziqishi” lari,taklif va talablari oʼrganildi. Axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan X. To`xtaboyevning “Sir ochildi”, A.A.Miln “ Vinni Pux va uning sarguzashtlari,“Bolalar uchun ibratli hikoyalar”, “Uch baqaloq”,”Yangi O`zbekiston”, T.Malikning “Odamiylik mulki”, “ Korrupsiya yoshlar nigohida “ ,“Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi “, T.Ruzvelt.” Liderlik qonunlari “, S.Marashli “ Turmush o`rtog`imning tengi yo`q “, E.Safarli.” Men albatta qaytaman”,” Kashfiyot va ixtirolar “, “Yoshlarga donolar o`giti”, A.Obidjonning “Mo`ttivoy “,” Texnika dunyosi”, “ Navoiy va Husayn “,” Dunyodagi eng lazzatli taom “, F.Xismatullo ” Aqlli do`mboqcha” kitoblarining taqdimotlari o`tkazildi. II chorakda Ma`naviy – ma`rifiy tadbirlar rejasi asosida “Bolaligim kitoblari” deb nomlangan davra suhbati o`tkazildi.Amir Temur tavalludiga ”Yetti iqlim sulton” nomli kitob ko`rgazmasi va ”Temur tuzuklari” bilimdoni mavzusida bellashuv tashkillashtirildi. Hamkorlikda tumanimizdagi 9-DMTM da “Kitobxon oiligi “ deb nomlangan ma`naviy –ma`rifiy bayram o`tkazildi.Bundan tashqari tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi”ni ochilishi, “Kitoblar ulashamiz “ shiori ostida “Kitob savdo” yarmarkalari ,“Kitob insonni komillikka yetaklaydi”, “Ertaklar olamiga sayohat” nomli kitob ko`rgazmalari tashkil etildi “Men yoqtirgan asar”, “Eng yaxshi sahnalashtirilgan asarlar tanlovi o`tkazildi. “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” viktorinasi o`tkazildi. Bo'stonliq tumani axborot-kutubxona markazida Muhammad Yusuf tavalludiga “Nolalarda yashar Muhammad Yusuf” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. 9-may “Xotira va qadrlash kuni” ga bag`ishlab Xotira kechasi va kitob ko`rgazma tashkil etildi. "Xalqaro oila kuni"ga bag'ishlangan “Mustaqil oila yurt tayanchi” nomlangan kitob ko`rgazmasi va uchrashuv kecha o`tkazildi.Tumandagi namunali oilalardan biri Eshmetov Bahrom akaning oilasi hamda tumandagi maktab o'quvchilari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi. O'quvchilar o'zlari tayyorlab kelgan Oiladagi vaziyatlar haqida sahna ko'rinishlari bilan suhbatga kelgan mehmonlarning olqishlariga sazovor bo'ldi. Davra suhbati so'ngida uchrashuv qahramonlari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. “Kutubxona va yoshlar” ochiq muloqot” o`tkazildi. “Jaholatga qarshi ma`rifat” kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. A.S Pushkining “Dubrovskiy” asarining 190 yilligiga bag`ishlab tadbir o`tkazildi. Tumandagi 7- sonli “Jinoyatni ijro etish koloniyasi” xodimlari ,umum ta'lim maktab o'quvchilari ustozlari bilan birgalikda kutubxonaga tashrif buyurdilar. O'quvchilar kitob haqida qo'shiqlar kuyladilar, raqsga tushib, o'zlari yod olgan she'rlardan o'qib eshittirdilar. Kutubxona bo'ylab sayohat qilib , adabiyotlar bilan tanishdilar va kutubxonaga a'zo bo'ldilar. Axborot-bibliografiya bo`limi tomonidan oyda bir marotaba “Axborot soati” o`tkazilib, kitobxonlarni O`zbekistonda joriy etilayotgan yangi qonun, qaror, farmoyish, farmonlar bilan tanishtirib borildi. Aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ushbu tadbirlarga tumandagi barcha tashkilotlar, umumta’lim maktablari va DMTTlari jalb qilindi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling