Toshkent viloyati bo’stonliq tumani axborot – kutubxona markazining 022 yil oylik yozma hisoboti


Download 43 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi43 Kb.
#1016410
1   2
Bog'liq
Bo`stonliq tuman AKM yozma hisobot 2022 yillik

“Kitobxonlik haftaligi” ni tashkil etish va uni o`tkazish bo`yicha chora tadbirlar dasturiga muvofiq Bo`stonliq tumanida 18-23-aprel kunlari joylarda haftalik doirasida turli ma’naviy-ma`rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, yoshlar bilan uchrashuvlar, kitob ko`rgazmalari tashkil qilindi.
18-aprel holatiga, Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan tumandagi “Turkiston” savdo-majmuasida “Insonning qanoti-kitob” nomi ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi o`tkazildi. Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad aholi ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, ularni kutubxonaga jalb qilishdir.
Tadbirni hokim o'rinbosari Nurmetov Mahmud Ibrohimovich ochib berdi, kitobxonlarga tavsiyalar berish bilan bir qatorda "Rahbardan 10 kitob" "Kutubxonaga sovg'a" aksiyalari doirasida kutubxonaga badiiy asarlar to'plamini sovg'a qildi. Ushbu aksiyalarda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari va boshqa tashkilotlar ham faol qatnashdilar. Tadbir axborot kutubxona markazining faol kitobxonlari tayyorlagan saxna ko'rinishlari, ular ijrosidagi manaloglar, musiqa va raqslar, jonli ijrodagi Vatanni madh etuvchi qo'shiqlarga boy bo'ldi. Yosh kitobxonlar o'rtasida qiziqarli savol-javob va viktorinalar, "Kitobni jonlantiramiz", "Insonning qanoti-kitob" mavzusida asfaltga rasm chizish tanlovlari o'tkazildi. Tadbir so'ngida tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sovg'alar va tashakkurnomalar o'z egalariga topshirildi.
19-aprel holatiga, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tumandagi barcha umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim tashkilotlarida “Kitoblar ulashamiz” shiori ostida kitob-savdo yarmarkalari o`tkazildi. Tumandagi umumta’lim maktablarida kitob savdo yarmarkalari tashkil etildi. Ushbu yarmarkalarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad oilaviy kitobxonlikni targ`ib qilish va kutubxonalar fondini yangi adabiyotlar bilan boyitishdir. Yarmarkaga ota-onalar ham jalb qilinib har bir ota-ona farzandi uchun u ta’lim olayotgan muassasa kutubxonasiga farzandi nomidan kitob sovg`a qildi. Bu kitoblar yillar davomida qo`ldan –qo`lga o`tib, yosh avlodning barkamol kelajagi uchun o`z hissasini qo`shadi. 20-aprel holatiga, 3- sonli umumta'lim maktabida ham "Men yoqtirgan badiiy asar" nomi ostida ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi. Tanlovda o'quvchilar tanlangan asarning mazmun,mohiyatini ochib berish, asarlardagi ijobiy va salbiy obrazlarni kitobxonlarga ishonarli tarzda jonlantirib berish va nutq madaniyati, adabiy tilda ravon so'zlash kabi shartlar ostida bellashdilar. Barcha ishtirokchilar o'zlari tanlagan badiiy asarni sahnada juda chiroyli tarzda jonlantirdilar. Tadbir so'ngida esa "Eng yaxshi sahnalashtirilgan asar" lar g'oliblari va boshqa ishtirokchilar taqdirlandilar. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
Kitoblari yo'q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o'xshaydi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an'analari behisob. Ammo ular orasida bir an'ana borki, u haqda har qancha so'zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do'st, eng zarur hamroh bo'lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o'tsa-da, o'z o'rnini hech nimaga bo'shatib bermagan mo'jizadir.
21-aprel holatiga, tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Men muvaffaqiyatli ayolman" nomi ostida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda tumanimizda faoliyat yuritayotgan, muvaffaqiyat qozongan ayollar, tuman FXDYO bo'limi rahbari G.Rajabova, "Markaziy" mahalla fuqarolar yig'inida 20 yildan oshiq faoliyat yuritib, hozirda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi "Ayollar qanoti" kengashi raisi N.Davletbayeva, tuman 9-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi L.To'raxo'jayeva so'zga chiqib, yoshlarga tavsiyalar berdilar.
Ular o'zlari erishgan muvaffaqiyatlar va shu kungacha bo'lgan davrda boshlaridan o'tkazgan qiyinchiliklar-u, quvonchli damlari , o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari, shu maqsad yo'lida tinmay izlanganlari va albatta bu muvaffaqiyatlarning ortida ko'p kitob o'qish turganligi haqida yoshlarga so'zlab berdilar. Ularni kitob mutolaasiga chorlab, muvaffaqiyat sirlari bilan o'rtoqlashdilar
.Shuningdek, shu kuni axborot -kutubxona markazida yana bir tadbir "Farzandnoma" kitobining taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Tadbir so'ngida mehmonlar bilan kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Taqdimotga mehmon sifatida tashrif buyurgan O'zbekiston Milliy gvardiyasi Bo'stonliq tumani 64099 - harbiy qism xodimlari axborot -kutubxona markaziga "Rahbardan 10 kitob", "Kutubxonaga kitob sovg'a qilaman" aksiyalari doirasida badiiy adabiyotlar to'plamini sovg'a qildilar. "Kitob haftaligi" doirasida ta'lim muassasalari va tashkilotlardan axborot-kutubxona markaziga sayohatlar uyushtirildi.22-aprel holatiga, 11- sonli umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'quvchilari ustozlari bilan birgalikda kutubxonaga tashrif buyurdilar. O'quvchilar kitob haqida qo'shiqlar kuyladilar, raqsga tushib, o'zlari yod olgan she'rlardan o'qib eshittirdilar. Kutubxona bo'ylab sayohat qilib, bolalar adabiyoti bilan tanishdilar va kutubxonaga a'zo bo'ldilar.
23-aprel holatiga, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tuman axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan gulxan atrofida mushoira kechasi o'tkazildi. Ushbu mushoirada O'zbekiston Milliy Gvardiyasi Bo'stonliq tumani 64099 -harbiy qism xodimlari, yosh kitobxonlar va keng kitobxonlar ommasi ishtirok etdilar. Mushoirada faol kitobxonlarimiz tomonidan gitara sadosi ostida turli kuy va qo'shiqlar yangradi, kitobxonlar o'rtasida she'riy aytishuvlar bo'lib o'tdi.
Tumanda faoliyat yuritayotgan kutubxona xodimlariga metodik yordam berish va ma’lumot almashish maqsadida tuman hokimligi axborot-xizmati bilan hamkorlikda telegram ijtimoiy tarmog`ida “Bo`stonliq tuman kutubxonachilari” nomli guruhda kutubxonachilar ish faoliyatiga oid yangiliklar va jarayondan lavhalarni yuborishmoqda va yuborilgan ma’lumotlar saralanib, tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilmoqda. Shuningdek kutubxona faoliyatiga oid yangilikilar yuborib borilmoqda.. Bo'stonliq tuman hokimligining tumanda 2022 yilning fevral,mart,aprel oylari davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq may oyida "ZUKKO KITOBXON 2022" ko`rik tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi. Ushbu tanlovning tuman bosqichida “Buyuk siymolar” guruhi g`olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdilar.
“Inson qanoti -kitob” shiori ostida o`tkazilgan kitob haftaligida sovg`a qilingan 17 nomda 17 nusxadagi adabiyotlarga Fondlarni to`ldirish,saqlash va ularga ishlov berish bo`limi tomonidan ilmiy va texnik ishlov berilib, alfavit va sistemali katalog kartochkalari tavsifi tuzildi.Yangi adabiyotlar bo`limlarga dalolatnoma asosida taqsimlanib berildi.
Mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan mablag`ga OOO “NURAFSHON-KITOB-TA`MINOT” idan sotib olingan 338 nomda 992 nusxa adabiyotlarga ilmiy va texnik ishlov berilib, alfabit va sistemali katalog kartochkalari tavsifi tuzildi.Yangi adabiyotlar bo`limlarga dalolatnoma asosida taqsimlanib berildi.
8 nomda 15 nusxadagi vaqtli matbuotlar kartotekasi yuritilib, gazeta va jurnallar yig`malari tayyorlandi.

Shuningdek, AKT va raqamlashtirish bo`limi tomonidan Telegram kanal va guruhga kunlik kitobga oid audio, video, matnli (pdf) formatida, soʼrovnomalar oʼtkazib borildi.


Veb-saytga yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijodidan materiallar hamda kitobga oid maʼlumotlar, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.
Feysbuk va tvitter sahifalariga yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan materiallar hamda kitobga oid maʼlumotlar joylab borildi.
Telegram guruhi va kanaliga yil 158 ta matnli (pdf), 219 ta audiofayllar,208 media (video va foto) maʼlumotlar joylandi.

Youtube kanaliga 5 ta kitobga oid videorolik , kitob taqdimoti, yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan roliklar joylandi. Feysbuk sahifasiga jami 46 ta audio, video, rasm va matnli maʼlumotlar, , axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi. Veb-saytga jami 24 ta audio, rasm va matnli maʼlumotlar, , axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi. Twitter sahifasiga jami 52 ta kitobga oid, yozuvchi va shoirlarning tavalludiga bagʼishlangan maʼlumotlar hamda, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.


Instagram sahifasiga jami 87 ta kitobga oid, yozuvchi va shoirlarning tavalludiga bagʼishlangan maʼlumotlar hamda, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.
AKM fondidagi kitoblarni elektron ko’rinishga o’tkazish(skanerlash)
Jami 15 ta kitob, 3347 ta sahifa elektron ko’rinishga o’tkazildi. Unicat.natlib.uz saytiga jami 30 ta yangi adabiyot hamda 788 ta adabiyotlarning nusxalari kiritildi.
Elektron adabiyotlarning jami 20 ta QR kodi ishlab chiqildi. 15 ta QR kodli adabiyotlar tablolarga joylandi. O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bag'ishlangan hayoti va ijodi haqida videorolik tayyorlandi.
3-chorak holatiga АKM shartnoma asosida tashkilotlar bilan ko’chma kutubxona tashkil qilindi va 391 nafar yangi kitobxon kutubxonaga a’zo qilindi. Kutubxonaga kela olmaydigan imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarning qiziqishlariga koʼra kerakli adabiyotlar ularning uylariga yetkazib berildi.

“Nihol ”bolalar oromgohida muhim va unitilmas sanalar, dolzarb mavzularga bagʼishlab koʼrgazmalar tashkil etildi , tadbirlar va davra suhbatlari oʼtkazildi.


Mahallalarda axborot -kutubxona xizmati ko'rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida tuman axborot kutubxona markazi xodimlari "Markaziy", "Navro'z", "Ma'rifat", "Bo'ston", "Daxana", "Istiqlol", "Namuna", " Sobir Rahimov" mahalla fuqarolar yig'inlarida tashkil qilingan kutubxona burchagi dagi kitoblar o`z vaqtida almashtirilib borildi.


Bo'stonliq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, aholining kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida aholi gavjum joylarda : mahallalarda va turli tashkilotlarda "Kitob menga nima berdi?" nomli so`rovnoma o'tkazildi. Ushbu so`rovnomada turli yoshdagi aholi vakillari faol ishtirok etishdi.Shu bilan bir qatorda aholining taklif va talablari oʼrganildi.
Axborot kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi doirasida, 17- 9- 14- MTMlarda , “Ur to’qmoq “,“Oqila qiz”, “Mushuk bilan sichqon”,”Buratinoning sarguzashtlari”, “Kanizak va podsho”, “Sehrli kitob“ kitoblarining taqdimotlari o`tkazildi.
III chorakda Ma`naviy – ma`rifiy tadbirlar rejasi asosida
“Mustaqilligimiz timsoli” deb nomlangan ma’naviy –ma’rifiy tadbir o`tkazildi.3- sonli umumta’lim qoshida tashkil etilgan sog’lomlashtirish oromgohida ”Ertaklar olamiga sayohat” nomli tanlov o’tkazildi .G’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Boʼstonliq tuman IIB bo’limida “Eng yaxshi sovg’ kitob” nomli ma’naviyat – ma’rifat darsi tashkil qilindi. AKM hodimasi “ Kitobning inson hayotidagi o’rni “ mavzusida ma’ruza o’qidi.
Bolalarning yozgi ta’til kunlarni mazmunli o’tkazishini tashkil qilish maqsadida tumandagi “Anor” “Aloqachi” “Oqtosh” “Barkamol” “Chotqol” sog’lomlashtirish oromgohlarida ko’chma kutubxonalar tashkil qilindi.Oromgohlarda “Biz bir yurt farzandlarimiz” nomli estafeta o’yinlari o’tkazildi.
“Nihol “ oromgohida Shoira Nodira tavalludining 230 yilligiga “ Asrni aks ettirgan she’riyat” nomli ko’gazma savol tashkil qilindi.Adib Abduihamid Cho’lpon tavalludiga “Kengdir she’riyatning bag’ri” nomli ko’rgazma va adabiy- badiiy kecha o’tkazildi.
“Kutubxonaga sovg’a” aksiyasi doirasida AKM hodimlari tomonidan kitoblar sovg’a qilindi .
Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga “Ey ,ko’nglimga yo’g’rilgan Vatan” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi
Bo’stonliq tumani Axborot-kutubxona markazining fondlarni to`ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo’limining 2022 yil 3- chorak yozma hisoboti.
3- chorak 2022 yil 24 iyunda OOO “KITOB-SAYYORASI” dan sotib olingan 35 nomda 44 nusxa sotib olingan.
Yangi adabiyotlar bo`limlarga dalolatnoma asosida taqsimlanib berildi.Olingan yangi adabiyotlar AKT lar ro`yxati tuzilib, ro`yxatlari rasmiylashtirildi
Shuningdek, AKT va raqamlashtirish bo`limi tomonidan Telegram kanal va guruhga kunlik kitobga oid audio, video, matnli (pdf) formatida, soʼrovnomalar oʼtkazib borildi.
Veb-saytga yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijodidan materiallar hamda kitobga oid maʼlumotlar, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.
Feysbuk va tvitter sahifalariga yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan materiallar hamda kitobga oid maʼlumotlar joylab borildi.
Telegram guruhi va kanaliga yil 721 ta matnli (pdf), 878 ta audiofayllar,627 media (video va foto) maʼlumotlar joylandi.

Youtube kanaliga 18 ta kitobga oid videorolik , kitob taqdimoti, yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan roliklar joylandi. Feysbuk sahifasiga jami 149 ta audio, video, rasm va matnli maʼlumotlar, , axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi. Veb-saytga jami 77 ta audio, rasm va matnli maʼlumotlar, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi. Twitter sahifasiga jami 104 ta kitobga oid, yozuvchi va shoirlarning tavalludiga bagʼishlangan maʼlumotlar hamda, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.


Instagram sahifasiga jami 235 ta kitobga oid, yozuvchi va shoirlarning tavalludiga bagʼishlangan maʼlumotlar hamda, axborot-kutubxona markazi tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar bilan yoritilib borildi.
Unicat.natlib.uz saytiga jami 89 ta yangi adabiyot hamda 4020 ta adabiyotlarning nusxalari kiritildi.
Elektron adabiyotlarning jami 50 ta QR kodi ishlab chiqildi. 35 ta QR kodli adabiyotlar tablolarga joylandi.
AKM fondidagi kitoblarni elektron ko’rinishga o’tkazish(skanerlash)
Jami 45 ta kitob, 8543 ta sahifa elektron ko’rinishga o’tkazildi.
Bo'stonliq tumani axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi bilan hamkorlikda jami 9 ta videorolik ishlab chiqildi.


Axborot-bibliografiya bo`limi rahbari O.Ilxomova
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling