Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Aniq fanlar fakulteti


Download 308.61 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2020
Hajmi308.61 Kb.
#134467
1   2   3
Bog'liq
Zuhriddinova Shahnoza Fizika fan 1-ish

13. Inertsial sanok tizimi qanday?

Inersial sanoq sistemasi -Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli I. s. yeda bir xil koʻrinishga ega (qarang Nisbiylik prinsipi); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli I. s. s.ga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.

Har qanday yakkalangan sistemani I. s. s. sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi taʼsirlardan xoli mutlak, yakkalangan sistema mavjud boʻlmagani uchun I. s. s. ideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda I. s. s. sifatida taqriban Yer, Kuyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati oʻrganiladi. Mac, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda I. s. s. sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning oʻk/1ari uchta yulduzga qaratiladi. Koʻpgina masalalarni hal etishda I. s. s. sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sis-temalar turlicha darajada inersialdir.
14. Noinertsial sanok tizimi qanday?

Tekis va to’g’ri chiziqli (ya’ni inertsiyasi bilan) harakatlanayotgan (yulduzga nisbatan) sanoq sistemasi inertsial sanoq sistemasi bo’ladi. Agar biron inertsial sanoq sistema boshqa shunday sistemaga nisbatan tezlanish bilan harakatlansa u holda bu sistema noinertsial sanoq sistema bo’ladi.Nyuton qonunlari faqat inertsial sanoq sistemalarida o’rinlidir.

Noinertsial sistemalarda bu qonunlar o’rinli emas.

Masalan, tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilayotgan absolyut silliq vagonda m massali shar va bir kuzatuvchi turgan bo’lsin. Ikkinchi kuzatuvchi Yerda vagon o’tadigan joy yaqinida turibdi. Demak, ikkala kuzatuvchi ham inertsial sanoq sistemalari bilan boglangan. Endi Yerdagi kuzatuvchi oldidan o’tish paytida vagon tezlanish bilan harakatlana boshlasa, u noinertsial sistema bo’lib qoladi. Bunda vagondagi shar vagon tezlanishiga teng tezlanish bilan qarama-qarshi tomonga harakatlanadi.

Demak vagondagi shar inertsiya kuchi Fi = - m ao ta’sirida harakatga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemalarida jismga ta’sir etuvchi kuchlarni Fn va Fi kuchlarni yigindisi deb qarash kerak

ma' = ∑ Fn + Fi

yoki

ma' = ∑ Fn - m ao

      Bu yerda a' noinertsial sanoq sistemadagi jismni barcha kuchlar ta’sirida olgan tezlanishidir


15. Nyutonning I konunini ta’riflang?

Buyuk ingliz olimi I.Nyuton tajriba va kuzatishlarga asoslanib Galileyning inersiya qonunini harakatning umumiy qonunlari qatoriga qo’shib, unidinamikaning birinchi qonuni deb atadi. Nyutonning birinchi qonuni quyidagich ta’riflanadi: har qanday jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi. Bu qonundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u kattaligi va yo’nalishi jihatidan o’zgarmas tezlik bilan harakat qiladi. Har ikkala ta’rifda ham tezlanishning nolga tengligiga izoh berilyapti. Demak, tezlanishsiz.sanoq sistemalarda Nyutonning birinchi qonuni bajariladi.

16. Kuch nima, uning birligi qanday?

Kuch (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexaniq taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan taʼ-sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning defor-matsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyu-tonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch Gʻ jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: Gʻ = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, mas, prujiva yoki sterjenning chuzilishi (siqilishi)da vujudga ke-luvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujiva yokisterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega boʻlpb, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshi-dir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va I. Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2.  Kuchlar jismni tortish yoki.itarish,deb.tasvirlanishi,mumkin. Ular gravitatsiya, magnetizm yoki massani tezlatuvchi boshqa har qanday hodisa tufayli boʻlishi mumkin.

Fizikada kuch fizik jism harakati, yoʻnalishi yoki geometrik tuzilishini oʻzgartiruvchi har qanday taʼsirdir. Boshqacha aytganda, kuch massali jism tezligini oʻzgartiradi (tezlatadi yo sekinlatadi), yoki egiluvchan jismni deformatsiyalaydi. Kuchni tortish yoki itarish kabi intuitiv konseptlar orqali ifodalash mumkin. Kuch vektor kattalikdir, u ham son qiymatga, ham yoʻnalishga ega. Newton ikkinchi qonuni, F = ma, aslida sal boshqacha ifodalangan edi: jismga taʼsir etuvchi sof kuch uning impulsi oʻzgarishiga ketadigan vaqt hosilasiga tengdir.

17. Massa nima?

Massa-asosiy.fizik oʻlcham.birliklaridan bir boʻlib, materiyaning inersion va gravitatsion xossalarini aniqlovchi skalyar kattalik. SIda massa kgda oʻlchanadi.

Massa (lotincha: massa — katta tosh; boʻlak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizik kattalik. M. tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687 yilda "Natural falsafaning matematik asoslari" nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi. Jism inertliligining oʻlchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat oʻzaro taʼsirlashadi. At vaqt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga oʻzgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mt&v=—t2Di, boʻladi, bunda t, va t2 — koeffitsiyentlar. At oʻzgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham oʻzgaradi, lekin /i, va t2 oʻzgarmas kattalik boʻlib qolaveradi, /i, va t2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning oʻziga bogʻliq boʻlganligi uchun ular inersion M.lar deb ataladi. Ammo jism faqat inersion xususiyatlarga ega boʻlibgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi. Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki gravitatsion M. deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonunita asosan, Yerning gravitatsiya maydoniga, mas, Yer sirti yaqinida joylashgan jismga Yerning tortishish kuchi taʼsir etadi.

Tinch holatdagi M.si nolga teng boʻlgan zarralar ham bor. Mas., (foton lar), ammo bunday zarralar tinch holatda mavjud boʻlmaydi, paydo boʻlgan ondayoq s tezlik bilan harakatlana boshlaydi.
18. Nyutonning II qonunini ta’riflang?

Quyidagicha tajriba o’tkazamiz: Dastlab, o’zgarmas massali jismga (t=const) turli kuchlarining ta’sirini ko’raylik. Masalan, fudbol to’pini yosh bola, o’spirin va fudbolchi tepsin. Tabiiyki, to’p emg katta tezlanishni fudbolchi tepganida oladi, boshqacha aytganda, jismning oladigan tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga to’g’ri proportsional bo’ladi, ya’ni a F

Endi hudbolchi (F=const) rezina koptokni, fudbol to’pini va bokschilar mashq o’tkazadigan to’pni tepgan holni ko’raylik, bu tajribada, o’zgarmas kuch ta’sirida jismning oladigan tezlanishi uning massasiga teskari proportsional ekanligini ko’rsatadi, ya’ni



Agar yuqoridagi xulosalarni umumlashtirsak,


ni xulosa qilamiz.

Yoki tezlanish va kuch vektor kattaliklar ekanligini e’tiborga olsak,


Bu formula nyutonning ikkinchi qonunini ifodalaydi: jismning oladigan unga ta’sir etayotgan kuchga to’g’ri, massasiga esa teskari proportsional bo’lib, yo’nalishi ta’sir kuchining yo’nalishi bilan mos keladi.

dan aniqlasak



ifoda kuchining SI dagi birligi (Nyuton) nimaga tengligini aniqlashga imkon beradi.



1 N kuch deb, 1kg massali jismga 1m/s2 tezlanish bera oladigan kuchga aytiladi.

Mexanik harakatning o’zgarishi haqida gapirilganda “harakat miqdori” tushunchasidan ham foydalaniladi.
19. Nyutonning III qonunini ta’riflang?

Biz biror jismning yoki jismlarning, boshqa jismga o’zini qanday tutadi, degan savol tug’iladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, u ham ko’rsatilayotgan ta’sirga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuch bilan ta’sir ko’rsatadi. Moddiy nuqtalar (jismlar) orasidagi bunday o’zaro ta’sir Nyutonning uchinchi qonuni yordamida aniqlanadi: moddiy nuqtalarning bir-biriga har qanday ta’siri o’zaro ta’sir xarakteriga egadir. Moddiy nuqtalar ta’sir kuchlarining kattaliklari doimo bir-biriga ten, yo’nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtirgan to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan.

Masalan, ikkita qayiq haydovchilari arqonning ikki tomonidan ushlab turgan bo’lishsin. Ular orasidagi masofaning teng o’rtasini belgilaymiz. Endi qayiq haydovchilaridan biri arqonni torta boshlasin. Ikkinchisi esa arqonning uchini ushlab turaversin. Qayiqlar oradagi masofaning teng o’rtasida uchrashganini ko’ramiz. Shu tajribani roliklar konkichilar bilan o’tkazib ko’rish mumkin. Bu tajribalar Nyutonning uchinchi qonunini o’rinli ekanini ko’rsatadi.

20. Harakatning turlariga oid sxemani to’ldiring…..




M

E

X

A

N

I

k



I

J

T

I

M

O

I

Y



I

J

T

I

M

O

I

Y





HARAKAT

TURLARI

K

I

M



Y

O

V



I

Y



F

I

Z

I

K



MEHANIK

HARAKAT

TURLARI

TO’GRI

CHIZIQLI TEKIS HARKAT

TO’GRI

CHIZIQLI NOTEKIS HARKAT

TO’GRI CHIZIQLI TEKISLANUCHAN,(SEKUNLANUVCHAN) HARAKAT

EGRI

CHIZIQLI TEKIS HARAKAT

Download 308.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling