1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir voqeani aytib bergan edi.
2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g`oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (S.Ahmad).
3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug` bir baxt shu uchrashuv bo`ldi (A.Q.) Juvon asabiy bir harakat bilan ro`molini olib o`radi (A.Q.).
4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.
4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.
5. Bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo`laklarini Yoki qo`shma gap qismlarini bog`lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol).
6. Bir soni o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.
7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o`xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir bo`lsin.
Sonlarning otlashishi.
Son bog`lanib kelgan ot qo`llanmaganda, otga qo`shilib kelgan so`z o`zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko`plik affiksini olishi mumkin6. Bunday morfologik jihatdan o`zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to`ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni. (Amir Temur o`gitlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |