Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi
Download 1.33 Mb.
|
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- Mavzu. Elkonin va rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlari. Yosh rivojlanishini davrlashtirish Режа
B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi
B.F.Skinner g`oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo’llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o’rtasida turli xil ko’rinishdagi qo’rquv xavotirlanish va “yopishqoq” (miyaga o’rnashib qoladigan) holatlarni engib o’tish destruktiv xulq-atvorni o’zgartirish muloqot ko’nikmalariga o’rgatish, o’ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo’riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o’tkazish. Operant metodikalar hali maktablarda tarbiya yoshidagi bolalarga ya`ni ruhiy kasalxona bemorlarga, hali qamoqxona mahbuslariga qo’llaniladi. “Jetonli taqdirlash” “Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya” “to’xtatilgan vaqt” yoki “taym- aut” metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o’qitish B.F.Skinner tomonidan o’ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko’pgina mutaxassislar “Xulq-atvor ko’rinishi texnologiyasi” ning samaradorligini tan oladilar biroq, bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta`kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo’llashda qo’llanilishidan ogohlantiriladi. 7- Mavzu. Elkonin va rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlari. Yosh rivojlanishini davrlashtirish Режа 1.Yoshga oid davrlarni tarixiy kelib chiqish muammosi 2.Bolalik madaniy-tarixiy fenomen sifatida 3. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi 4. D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari Yosh davrlar psixologiyasi predmeti haqidagi tasavvurlar fan rivojlanishi davomida chuqurlashib bordi. Biroq, ta’kidlash joizki, inonning hayot siklini tuzilishi va mazmuni, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektning o‘zi tarixiy o‘zgarishlarga moyil. Bu ma’noda L. S. Vigotskiy (abadiy) «hamisha bola» tushunchasini tanqid qilib, buning o‘rniga «tarixiy bolalik» haqidagi holatni ilgari surib, o‘z fikrini bildirgan. Psixik rivojlanish jarayoni organizmning yetilishi va tabiatning mangu (abadiy) qonunlariga bo‘ysunmaydi, shuning uchun «hamisha», ,,(abadiy)” bolalik haqida gapirib bo‘lmaydi. Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat tarixi bilan uyg‘unlashadi. Bolalik- bu tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga ega bo‘lgan, murakkab ijtimoiy – madaniy hodisadir. Fransuz tarixchisi F. Ariesaning o‘ziga xos tadqiqotlarida bolalik tushunchasi insoniyat tarixiy rivojlanishi davomida qanday shakllanganligi va turli davrlarda u nimasi bilan farqlanganligi ko‘rsatilgan. F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi insonlar maktublarini tahlil qilgan. U ijtimoiy hayotning rivojlanishi, yangi ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajratilishiga olib keladi degan xulosaga keldi. Masalan, oila ichida kichkintoyni «erkalatish» va «suyish» bilan bog‘liq ilk bolalik davri yuzaga keladi. Ijtimoiy institut sifatida maktab, katta hayotga bolalarni muntazam tayyorlash majburiyatini oladi, maktabning sinf jamoasi bolalik va o‘smir-o‘spirinlik tushunchalarini («3-sinf o‘quvchisi») «beshinchi sinfdagi» yaxshiroq farqlaydi. Harbiy xizmat va majburiy harbiy majburiyatning kiritilishi o‘spirinlik davrini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday tarzda F. Aries mavjud bo‘lgan davr ustiga yangi davrni qurish hisobidan, bolalikni uzaytirishni tarixiy tendensiyasini ko‘rsatishga harakat qilgan. D. B. Elkonin hayvonlarning ba’zi turlarida instinktiv hulq-atvorning alohida shakllari yo‘qolishini boshlaganda ontogenez davri sifatida bolalik yuzaga kelganligi haqida o‘ziga xos g‘oyani ilgari surgan. Ushbu hayvonlar tomonidan hulq - atvorning zarur shakllarini hayot davomida egallash uchun ham bolalik vujudga kelgan. Insoniyat bolaligining o‘ziga xosligi shundaki, go‘dak xatto tug‘ma organik ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usullari butunlay bo‘lmagan, mutloq ojiz mavjudot bo‘lib tug‘iladi. Insonning barcha xulq – atvori egallab boriladi. Shuning uchun unga juda uzoq davom etuvchi bolalik zarur, u o‘z a’zolarining malaka va bilimlariga yanada yuqoriroq talablarni ilgari suruvchi, jamiyatning rivojlanishi sari uzayib boradi. D. B. Elkonin ijtimoiy – madaniy fenomen (hodisa) sifatida bolalikni rivojlanish qonuniyati, oddiy uning uzaytirmasi bo‘lmay, balki tuzilishi va mazmun mohiyatiga ko‘ra sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bilan unda bolaning holati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburiyatlar doirasi, unga doir bo‘lgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o‘zgarishlarga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanishning ilk bosqichlarida (bu etnografik kross-madaniy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi) bolani ishlab chiqarish jarayonlariga (terish, qazish) bevosita jalb qilinishi va umumiy faoliyatning maqsad va vazifalari, mehnat qurollari vazifalari, ozuqa toppish usullarini amaliy egallash sodir bo‘ladi. Ma’lum bir tarixiy davrda mehnat qurollari shunday murakkablashganki, bunda bolalar bevosita kattalar mehnatiga kirisha olmaganlar, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun maxsus alohida predmetlar, o‘yinchoqlar kichraytirilgan va ko‘rinishi o‘zgartirilgan mehnat qurollari yaratiladi. Qachon qurollarning kichraytirilgan nusxasi ishlab chiqarish faoliyatini haqiqiy ifodalash imkonini bermasa o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bolalr o‘yinchoqlar bilan harakatda bo‘lib, bir tarafdan kattalar mehnatining umumiy mazmunini ifodalasalar, boshqa tomondan – ular keyinchalik turli xildagi haqiqiy qurollarni egallashlari uchun zarur bo‘lgan (ko‘rish-harakat koordinatsiyalari, chaqqonlik va h.k) ba’zi bir umumiy qobiliyatlarni o‘zlarida rivojlantirganlar. Asta sekin ba’zi o‘yinchoqlar haqiqiy qurollarning ramziy o‘rnini bosuvchisiga yoki odamlar ijtimoiy hayotining turli xildagi boshqa predmetlariga aylanadi. D. B. Elkonin o‘yinning ijtimoiy jihatlarini ko‘rsatgan: Rolli o‘yin ijtimoiy munosabatlar tizimida bola o‘rnining o‘zgarishi natijasida, jamiyatning tarixiy rivojlanishida yuzaga keladi. U, binobarin, o‘zining tabiatiga, kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiydir. O‘yinlar va o‘yinchoqlarning yuzaga kelishi bilan, bola rivojlanishida yangi davr shakllanadi. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada ushbu davr maktabgacha tarbiya yoshi deb nomlangan, undagi yetakchi faoliyat bo‘lib o‘yin hisoblanadi. D. B. Elkonin bolalik yoshlaridan birining paydo bo‘lishi misolida, bolalikning tarixiy harakteri (xususiyati) va uning alohida davrlarini tarixiy kelib chiqishini ko‘rsatib bergan. O‘yin davri mehnat qurollarini egallash davrini yuqoriga, birmuncha kechki (keyingi) xronologik yoshga «siljitadi» («suradi») yangi davr yuzaga kelganda quyida joylashgan yoshga oid rivojlanish bosqichlari ham o‘zgarishsiz qolmaydi. Maktab ta’limining yuzaga kelishi, avvalgi «o‘yinlar davrini», maktabgacha qilib, yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Tarixiy kelib chiqish nafaqat hayot davrining bolalik davriga ega. Insoniyatning tarixiy uzoq bo‘lmagan orttirmalaridan (muvaffaqiyat, yutuq) biri psixologik yosh sifatida keksalik davrini ajratilishidir. Ijtimoiy va yoshga oid kategoriya sifatida «keksalik» tushunchasini yuzaga kelishi XX asrga tegishli. D. B. Elkonin qayd etgan chizmalardan kelib chiqib, zamonaviy tadqiqotchi V. T. Kudryatsev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini ko‘rsatadi va bolalikning uch tarixiy tipini ajratadi: 1) Kvazibolalik – insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, bolalar (birlashmasi jamoasi) guruhi ajratilmay, balki odat tusiga kirib qolgan (ritual) amaliyotga va kattalar bilan hamkorlikdagi mehnat faoliyatiga bevosita kiritilganda; 2) Rivojlanmagan bolalik – bolalik olami ajratilgan va bolalr oldida yangi ijtimoiy vazifa – kattalar guruhiga integratsiya (qo‘shilish, birlashish) yuzaga keladi. Rolli o‘yin – kattalar faoliyatining ma’naviy asosini modellashtirish usuli sifatida avlodlararo uzilishlarni yengib o‘tish funksiyasini (vazifasini) o‘ziga oladi. Ijtimoiylashuv bola tomonidan faoliyatning tayyor mazmuni qat’iy belgilangan doirasini egallab borish darajasiga qarab sodir bo‘ladi. Misol uchun – o‘rta asrlardagi va yangi davrdagi bolalik. 3) Rivojlangan bolalik (V. V. Davidov atamasi) – kattalar faoliyatining mazmuni va motivlari o‘z-o‘zidan aniq bo‘lmaganda shakllanadi. (Zamonaviy bolalik) Bola diqqatini qaratadigan, balog‘atga yetganlik obrazi – (prinspial) deyarli to‘liq bo‘lmagan, tugallanmagandir hamda bola erkin va ijodiy tarzda «madaniyatda o‘z mavqeini belgilab olishi» kerak. Zamonaviy «rivojlangan» bolalik ochiq ko‘p o‘lchamli tizim sifatida madaniyatni ijodiy egallashni nazarda tutadi. Zamonaviy bolaning psixik rivojlanishini samarali, ijodiy harakteri (xususiyati) ilk bosqichlardayoq bola submadaniyati fenomenlari «muammolarni qo‘ya bilish», «komik xissiyot», «kommunikativ tashabbuskorlik» va boshqalar ko‘rinishida amalga oshadi. V. T. Kudryavsev bolalikni tadqiq qilishning yangi yo‘nalishini yaratishni taklif qilib, uning asosiga quyidagi prinspial (umumiy) g‘oyani qo‘yadi: bolalik – bu nafaqat ijtimoiy rivojlanishdan hosila, tarixiy maxsul bo‘lib qolmay, balki madaniyat va tarixda yangi shakldagi tuzilishni, vujudga kelishlarni boshlanishi, «avloddan avlodga o‘tuvchi madaniyatni o‘z-o‘zidan rivojlantirish manbai, uning generatoridir» Rus faylasuflari I.A. Il’in, P.A. Florenskiy, M.M. Baxtin, V.B. Shklovskiy va boshqalarning g‘oyalariga tayanib, V. T. Kudryatsev madaniyatni ijodiy tajribaning yig‘indisi, insonlarning muayyan shakldagi ijodiy imkoniyatlarini majmuasi sifatida yangicha talqinini shakllantirgan. Uni bunday tushunishda, psixik rivojlanish mexanizmi sifatida o‘zlashtirish ideal namunalardan nusxa ko‘chirishdan chetga chiqadi, avlodlar o‘rtasida tajriba almashinuvi esa albatta rivojlanib boruvchi sub’ektning ijodkorligini, chegaralarni bartaraf qilishni, namunalar «noaniqligini» nazarda tutadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling