Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Download 1.33 Mb.
|
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya
Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki bu faoliyatning aniq operatsiyalari shakllanadi) qonuniyatli almashinuvi sodir bo‘ladi. Misol uchun, go‘daklikda kattalar bilan emotsional muloqotta predmetli olamni egallash va ishbilarmon - hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi, ular muvofiq keluvchi operatsiyalar shakllanganda, ilk yoshda, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq, maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshida yetakchi bo‘ladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko‘proq rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar bir biri bilan o‘zaro bog‘langandek va bu «bog‘lanish» (yoki D.B.Elkonin so‘zlari bilan aytganda «era») butun bolalik davomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday qilib, D.B.Elkonin orientatsiyaning ilgarilab rivojlanish qonuniyati bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funksional emas, balki psixikaning yosh davriga bog‘liq rivojlanishida ham ta’sir ko‘rsatadi deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayonida avval faoliyatning motivatsion, so‘ngra operatsional texnik tomonlarini egallash sodir bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtai nazariga ko‘ra, faoliyatning motivatsion va operatsion tomonlarini rivojlanish darajalari o‘rtasida doimiy ravishda uzilish yuzaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o‘zib ketadi hamda orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi uchun faoliyatni o‘zgartirishi zarur. Rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va motivatsion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qarama-qarshilik (ziddiyat) bilan bog‘liq. D.B.Elkonin tomonidan shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik farazi L.S.Vigotskiyning g‘oyalarini ijodiy rivojlantiradi, u bolada nafaqat bilish, balki shaxsning motivatsion – ehtiyoj sohasi ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar olamini o‘zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling