Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar


Download 1.33 Mb.
bet31/59
Sana22.09.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1684967
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya

Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar
Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, M.I.Lisina, A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Tsukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erikson va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»ligi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazariyasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini – uning ob’ekti va manba’sini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birligi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning almashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davrlashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har-hil turlarida shaxs rivojlanishining sub’ekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikni shakllanish bosqichi va mustaqillikni shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yondashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11oylik-6,5yosh) – katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (birlik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bo‘lgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shahsiy hohish va qobiliyatini sub’ekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5-18 yosh)-qo‘liga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasidagi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va b.r. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimai holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17-42yosh)-insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Sub’ekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati – insonning shaxsiy mavqeini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolyutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy haritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtai-nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy - ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dog‘larni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mehanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yoshga doir involyutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtai nazaridan (yetilishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yoriga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtaidan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak.zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror orientatsiyalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Davr xodisalari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lchamda turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boali, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga munosabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashuviga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlantirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetarli darajada aniq yoritilgan.

D.B.Elьkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontьev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi rolьi nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.


D.B.Elьkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim toshdi:
1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emotsional muloqot;
2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolьli o’yinlar;
4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish;
5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;
6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.
D.B.Elьkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elьkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin to’tadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyondasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi;
1. CHaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha;
2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;
4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha;
5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;
6. O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha:
7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Krutetstkiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi:
1. CHaqaloklik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha);
2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha};
5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);
7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);
8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha).
Yuqoridagi barcha tasniflar ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qat’iy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling