Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


BOB. Jinoyat huquqi tushunchasi, jinoiy javobgarlikka tortish va jinoyatning tarkibiy unsurlari


Download 58.42 Kb.
bet2/13
Sana13.02.2023
Hajmi58.42 Kb.
#1193405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kers ishi1

BOB. Jinoyat huquqi tushunchasi, jinoiy javobgarlikka tortish va jinoyatning tarkibiy unsurlari.




    1. Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti uning sub’yekti va ob’yekti.



Jinoyat huquqi tushunchasi. Jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini va jazolanishni belgilovchi normalarni, jinoiy javobgarlik asoslarini, jazo tizimini, ularni tayinlash tartibi va shartlarini, shuningdek, jinoiy javobgarlikdan va jazolanishdan ozod qilish asoslarini aks ettiruvchi huquq tarmog`idir.
Jinoyat huquqi deganda hozirgi vaqtda jamiyatda qabul qilingan me`yorlarni qo`pol ravishda buzganligi uchun fuqarolarni jazolovshi (qoralovchi) huquq tushuniladi.
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
Birinchidan: jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomondan, jamiyat,davlat, ikkinchi tomondan esa jinoyat sodir etgan shaxs sub`yekt bo`ladi; Ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo`yilgan ta`qiqlarni buzganlik uchun, odatda, sud davlat nomidan qo`llaydigan jinoiy jazo beriladi.
Jinoyat huquqi jinoyat-huquqiy munosabatlar doirasida vujudga keladigan ijtimoiy aloqalarni tartibga soladi. Jinoyat huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonunni buzgan fuqarolar bilan davlat o`rtasida yuzaga keladi.
Jinoyat huquqi predmeti. Jinoyat alomatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat huquqining predmetini tashkil etadi. Bu ijtimoiy xavfli qilmishlarga quyidagilar kiradi:
- shaxsga qarshi jinoyatlar;
- jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar;
- iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;
- jinoyat qonuni bilan ta`qiqlangan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlar.
Jinoyat huquqining vazifalari:
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini saqlash va himoya qilish.
2. Shaxs, uning huquq va erkinliklarini, jamoat tartibi va ijtimoiy xavfsizlikni muhofaza etish.
3. Jinoiy tajovuzlardan fuqarolar hayoti va sog`ligini saqlash.
4. Insoniyatning tinchligi va xavfsizligini ta`minlash.
5. Jinoyatlarning oldini olish.
6. Fuqarolarni O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash.

Download 58.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling