Jinoiy jazodan ozod qilish asoslariga quyidagilar kiradi;
1.Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ayblov hukmini ijrosi o`tib ketganligi munosabati bilan jazoni o`tashdan ozod qilishi mumkin (JKning 69-moddasi).
2.Ozodlikdan mahrum qilish muddatini o`tayotgan shaxslar sud hukmi bo`yicha muddatidan ilgari-shartli ozod qilinishlari mumkin (JKning 73-moddasi).
3.Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko`rilayotgan vaqtgacha sharoit o`zgarib yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o`qishga halol munosabati bilan o`zini ko`rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo`qotdi deb e`tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin (JKning 70-moddasi).
4.Ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat sodir etganidan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etib, o`z ixtiyori bilan aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilgan bo`lsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin (JKning 71-moddasi).
5.Agar shaxs ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki og`ir bo`lmagan jinoyatni sodir etgan bo`lsa, sud jazoning o`tmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkin. Bunday almashtirish hukm qilingan shaxs jazoning kamida uchdan bir qismini o`taganidan keyin ro`y beradi( JKning 74-moddasi, Sh qism, “a” bandi)
Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar;
- qilmishning kam ahamiyatligi;
- zaruriy mudofaa;
- oxirgi zarurat;
- ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar etkazish;
- buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish;
- kasbni xo`jalik faoliyatiga oid tavakkalshilik.
BOB. Jinoiy javobgarlik asoslari, uni yo’nalishlari, faktik va narmativ asoslar.
Jinoiy javobgarlik tushunchasi uni nazariyasi, elementlari va belgilari.
Jinoiy javobgarlik tushunchasi-Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo’lib, jinoyat huquqining asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, “jinoiy javobgarlik” atamasi yuridik adabiyotlarda turlicha. Jumladan, u asosiy jinoiy javobgarlik; jinoiy javobgarlikka tortish; jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb talqin qilinadi.
Davlatning majburlov chorasi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortishdan ko’zlangan asosiy maqsad ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazmaslik va huquqbuzarliklarning oldindani olishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |