Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 58.42 Kb.
bet3/13
Sana13.02.2023
Hajmi58.42 Kb.
#1193405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kers ishi1

Jinoyat huquqining funksiyalari:
1. Himoyalovchi funksiya.
2. Oldini oluvchi funksiya (preventiv).
3. Tarbiyaviy (axloq tuzatish) funksiya.
4. Rag`batlantiruvchi funksiya.
Jinoyat huquqining tamoyillari:
1. Qonuniylik tamoyili.
2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyili.
3. Demokratizm tamoyili.
4. Insonparvarlik tamoyili.
5. Odillik tamoyili.
6. Ayb uchun javobgarlik tamoyili.
7. Javobgarlikning muqarrarligi tamoyili.
Jinoyat huquqi huquqning bir qancha boshqa sohalari, jumladan, jinoyat-prosessual huquqi, axloq tuzatish, mehnat huquqi, ma`muriy huquq bilan uzviy bog`liqdir.
Jinoyat qonunlari. O`zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari Jinoyat Kodeksi hamda ayrim jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunlardan iboratdir. Jinoyat kodeksi ko`p qirrali qonun bo`lib, unda jinoyat huquqining barcha masalalari tartibga solingan.
Moddada jinoyatning alomatlari ko`rsatiladigan qismi dispozitsiya deb, jazolar ko`rsatiladigan qismi esa sanksiya deb yuritiladi. Dispozitsiyalar tavsifiy, oddiy, blanketiy, daliliy bo`ladi. Jinoyatni eng muhim belgilarining keng tavsifi berilgan dispozitsiya tavsifiy dispozitsiya deyiladi. Sanksiya (ruxsat)lar 3 turga bo`linadi:
1) nisbiy-aniq; 2) muqobil; 3) mutlaq-aniq .
Nisbiy aniq sanksiyalar jazo chorasini muayyan chegaralarda belgilaydi. Muqobil sanksiya jazolarning bir necha turlaridan birini imkonini beradi. Mutlaq-aniq sanksiya jazoning faqat bitta turini va bitta chorasini belgilaydi. Bu sanksiya hozir amalda bo`lgan Jinoyat Kodeksda  aks etmagan.
Jinoiy javobgarlik. Jinoyat tushunchasi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 14-moddasida “Aybli ijtimoiy xavfli qilmish(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo`llash tahdidi bilan jinoyat” deb belgilangan. Bu esa jinoyat-ijtimoiy xavfli qilmish ekanligini anglatadi, chunki u sodir etilganda (yoki sodir etilishi mumkin bo`lganda) ijtimoiy munosabatlarga jiddiy putur yetkaziladi. Qilmish jinoyat deb topilishi uchun uning ijtimoiy xavfli bo`lishi va qonun bilan qo`riqlanadigan ob`yektlarga zarar yetkaziladigan yoki shunday zarar yetkazishi real bo`lishi shart.

Download 58.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling