Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti pedagogika fakuliteti


Download 18.01 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi18.01 Kb.
#1142759
Bog'liq
SUITSIDIAL XULQ refarat


O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULITETI
Pedagogika va psixologiya ” yo'nalishi

Xulqi o'g'ishgan bolalar psixologiyasi
fanidan

MAVZU: Suitsidial xulq motivlari
BAJARDI: 19/3 guruh talabasi Mirxomidova G.
TEKSHIRDI:AVLAYEV O.


CHIRCHIQ – 2023
SUITSIDIAL XULQNING NAMOYON BO'LISHI.
REJA:
1.SUITSIDAl XULQ MOTIVLARI
2.SUITSID HAQIDA TUSHUNCHA.
3.SHAXSDA SUITSIDAL XULQ-ATVOR SHAKLLANISHNING IJTIMOIYPSIXOLOGIK JIHATLARI.
4.«O‘QUVCHI – YOSHLAR O‘RTASIDA SUITSID HOLATLARINI OLDINI OLISH VA KORREKSIYA QILISH»

1.Suitsidal xulqning haqiqiy motivlari va bunga undovchi kuchlarni
aniqlash – murakkab vazifa. Bir qator holatlar tufayli suitsidentlar-
ning qarindoshlari va atrofidagi shaxslar aksariyat hollarda sabablarni
oshkor qilishdan manfaatdor bo‘lmaydilar, nihoyatda shaxsiy
kechinmalar sohasiga kirib borishni istamaydilar. Bunda ular o‘zini
o‘zi o‘ldirishning «sharmandalik» va «gunoh» ekanligidan kelib
chiqib, suitsidlar va suiqasdlarning nafaqat motivlarini, balki faktla-
rini ham yashirishga urinadilar. Ko‘pincha qarindoshlar (O‘zbekiston
Respublikasi JKning 103-moddasi – o‘zini o‘ldirishga olib borish
bo‘yicha) jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, suitsid faktini
inkor etadilar. Suitsidentlarning o‘zlari esa o‘z harakatlarining sabab-
larini har doim ham to‘g‘ri baholamaydilar va ko‘pincha bevosita
sabablar (bahonalar), yaqin orada bo‘lgan voqealar yoki subyektiv
jihatdan buzilgan motivlarni izoh sifatida keltiradilar.
2.Suitsid–qasddan o’limga olib keluvchi shikast yetkazish(o’z joniga qasd qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi. Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati, deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda“pubertat(etuklik) suitsid” atamasi ham qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar(A.G.Amburova, E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-psixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish(tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksben ko’ziningizlanishlarida suitsid va parasuitsid(tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga olib kelmaydigan shikast yetkazish harakati, deb belgilaydi. Suitsidal xulq-atvor–bu suitsidal faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni o’z ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq-atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd qilish, balki, ko’pincha, uzoq vaqt tayyorlaniladi.
Suitsidal fikrlashda o’lim, suitsid yoki jiddiy o’ziga shikast yetkazish tushuniladi. Suitsidal moyillik–umumiy tushuncha bo’lib, unga suitsidal fikrlash, shuningdek, insonning o’z joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal urinish atamasini o’z joniga shikast yetkazishga urinish yoki o’z joniga qasd qilish o’lim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan to’xtatish tushunchasi ko’proq tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi va shaxs o’z joniga qasd qilishga o’zini tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini o’zgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, o’z joniga qasd qilish arafasida o’ziga shikast yetkazayotganini tushunib qoladi.
Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga ko’ra o’lim bilan tugamaydigan, ya’ni suitsidentga bog’liq bo’lmagan(masalan, o’z vaqtida tegishli jonlantirish) qaydetiladi.
3.O’z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom etib kelayotgan voqelikdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko’ngilli ravishda ketishi holatiga nisbatan munosabatlarning o’zgarishini ko’zatish mumkin. O’z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli madaniyatlarda munosabat o’ziga xos bo’lganligi ko’zatiladi.XX asr o’zining barcha sarosimaligiga qaramasdan, insonlarni yuz yil oldin tasavvur qilish ham qiyin bo’lgan qulayliklar bilan o’rab oldi. Bunga moddiy turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarning aynan suitsidlar soni bo’yicha yetakchilik qilayotganligi sabab bo’lgan. Shunga ko’ra, suitsidal xulqning bir nechta omillari tafovutlanadi.
1. Axloqiy omil. XX asrga kelib xulq-atvorning axloqiy motivatsiyasini o’zgartirish tendentsiyasi yuzaga keladi. Oldinlari uning asosida muhokama qilinmaydigan holatlar ya’ni, mantiq, hissiyot, aql-idrokka emas - e’tiqodga murojaat etish yotadi. Agar cherkov o’z joniga qasd qilishni man etsa - bu muhokama etilmaydi. Hozirga kelib XVIII va XIX asrlardagi hodisalar ta’sirida shakllan-gan e’tiqod inqirozi yuz berishi aniq. Bu ma’naviy halokat emas, balki rivojlanishning tabiiy bosqichidir.
2. Psixologik omil. N.A.Berdyaev yozganidek: «O’z joniga qasd qilish psixologik hodisadir va uni tushunish uchun o’z hayotini tugatishga qaror qilgan insonning ruhiy holatini tushunish lozim. O’z joniga qasd qilish hayotning maxsus, o’ziga xos daqiqasida, qora to’lqinlar ko’ngilni qamrab olgan, umid uchqunlari so’nggan paytida sodir etiladi. O’z joniga qasd qilish psixologiyasi eng avvalo, chorasizlik psixologiyasidir».Ommaviy madaniyat apparati orqali jamiyat doimiy ravishda qandaydir hayotiy muvaffaqiyat standartlarini qabul qildirishga o’rinadi va unga mos kelmaslik fojia sifatida idrok etiladi.
3. Ijtimoiy omil. Texnik inqilob va urbanizatsiya oqibatida o’tgan asrning patriarxal dunyosi vayron bo’ldi. Inson o’zini o’rab turgan hayotiy kenglik ustidan bevosita nazoratni yo’qotib, shaxs va jamiyat o’zaro munosabatlari ko’lami ham buzildi. Har qanday ijtimoiy larza, ijtimoiy mavqening ommaviy o’zgarishi o’z joniga qasd qilishlarning ko’payishiga olib keldi.Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o’z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan. SHunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki o’zini o’zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv ustivorligini yo’qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi.
Suitsid fenomenini ko’pincha psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog’laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o’ta zarur ehtiyojlarni qondirish yo’lidagi to’siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan emotsional holat sifatida tushuniladi ya’ni, ular shunday to’siqlarki, odam uni o’zining oldingi hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf eta olmaydi.Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan xavf ta’siri (inson psixikasiga) ostida yuzaga keladigan emotsional turg’unlikning ichki buzilishi sifatida ko’riladi.
Adabiyotlarda ko’pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, «autatravmatizm» (o’ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti – harakat» terminlari ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o’z joniga qasd qilish bo’lsa, uni suitsidal xatti – harakatlarga bog’lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o’ziga zarar yetkazish bilan bog’liq xulq –atvor) «o’zini – o’zi yo’q qilish» xulq – atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og’riq, og’ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko’ngil og’rig’iga chiday olmaslik, uni har qanday yo’l bilan to’xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o’rinish o’z muammolaridan qutilish va uni hal etish usulidek qabul qilinadi.Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o’ziga xos fikr-mulohazalarni ilgari suradilar (K.Rodjers va boshqalar).Karl Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo’nalishi (g’oyasi) atrof muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to’zilishi rigid bo’lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go’yoki o’zini qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o’zoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo’qotiladi.SHu tariqa «Men» boshida o’zining tajribasiga ishonmay oxir oqibatda o’ziga ishonch-ni butunlay yo’qotadi. Bu esa butunlay yolg’izlikni anglashga olib keladi. Bunday holatda shaxsda o’ziga ishonch yo’qoladi, hayotga nisbatan nafrat va ijirg’anish hissi paydo bo’ladi, o’lim ideallashtiriladi va bunday holat suitsidal moyilliklarni keltirib chiqaradi.
E.Shneydman birinchilardan bo’lib, suitsidal o’rinishning yaqinlashayotganini bildiruvchi belgilarni tavsiflashga harakat qiladi va ularni «suitsidga olib boruvchi kalitlar» deb ataydi. U jamiyatdagi mavjud suitsid haqidagi afsonalarni shuningdek, shaxsning suitsidal xulq – atvorini asoslovchi o’ziga xoslikni sinchiklab o’rganadi. Ushbu o’ziga xosliklar o’zi tarafidan yaratilgan, individlarning original tipologiyasida o’z aksini topadi va ular ko’pincha ongli ravishda o’z o’limlarini yaqinlash-tiradilar.
Ularga quydagilar taalluqlidir:
1. o’lim qidiruvchilar - qutqarilish imkoniyatini pasaytirib, ataylab hayot bilan vidolashuvchilar;
2. o’lim tashabbuskorlari - uni ataylab yaqinlashtiruvchilar (masalan, og’ir kasallar, o’zini hayotiy ta’minlovchilaridan ongli ravishda o’zuvchilar);
3. o’lim bilan o’ynashuvchilar - hayotini garovga qo’yish imkoniyati mavjud vaziyatlarni qidirishga moyillar, tirik qolish imkoniyati pastligi bilan ajralib turadi;
4. o’limni ma’qullovchilar - ya’ni, hayot bilan vidolashishga faol intilmaslik orqali o’zining suitsidal istaklarini yashirmaydilar: bu masalan yolg’iz qariyalarga yoki Ego – identlik inqirozi vaqtidagi emotsional noturg’un o’smirlar va o’spirinlarga xosdir.E.Shneydman, N.Farberou bilan birgalikda amaliyotga o’zini – o’zi o’ldirishning psixodinamikasini tushunishni chiqurlashtirgan psixologik autopsik metodini (o’z joniga qasd qilganlarning o’lim oldi xatining tahlilini o’z ichiga oluvchi) kiritadi.Ushbu metod asosida ular suitsidning uch to’rini ajratadi:- egotik - o’zini o’ldirish; - ularning sababi intra – (ichki) – psixik dialog, «Men»ning qismlari o’rtasidagi nizo, tashqi sharoitlar esa qo’shimcha rolь o’ynaydi masalan, eshituv gallyutsinatsiyalaridan qiynaladigan psixik kasallarning o’zini o’ldirishi;- diadik o’zini o’ldirish, asosi ahamiyatli bo’lgan yaqin odamga tegishli amalga oshmagan ehtiyoj va xohishlarda namoyon bo’ladi, shu tariqa, ushbu harakatni boshqasiga munosabat aktiga aylantiruvchi tashqi omillar ustunlik qiladi;- agenerativ o’zini o’ldirish, bunda biror bir avlodga yoki insoniyatga tegishlilik hissini yo’qotish oqibatida yo’q bo’lish hissi sabab bo’ladi, masalan, qarilik davridagi suitsid. N.Farberou suitsidologiyada odamning o’zini – o’zi yo’q qilish xulq – atvori kontseptsiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. Uning yondashuvi muammoga kengroq qarash imkoniyatini yaratadi va bBunga ko’ra, u nafaqat amalga oshirilgan o’z joniga suiqasdni, balki autoagressiv xulq – atvorning boshqa shakllarini ham ko’rib o’tishni ta’kidlaydi: alkogolizm, toksikomaniya, narkotik tobelik, delekvent xatti – harakatlar, ishga qattiq berilish, oqlanmagan xavf – xatarga moyillik, noadekvat qiziqish va h.k. Ushbu yondashuv N.Faberouga o’zini o’ldirishning oldini olishning zamonaviy tamoyillirini ishlab chiqish imkonini berdi[5]. Bundan tashqari u «tirik qolganlar» –o’zini o’ldirishni eplay olmaganlar va o’zini o’ldirganlarning qarindoshlari va do’stlarining psixologiyasini tadqiq etish bilan shug’ullanadi.Shunday qilib, o’zini o’ldirish - barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning nizolarni kechirish yoyosharoitidagi ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibati sifatida qaraladi. Bunda suitsident o’zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq –atvorining variantlaridan birini namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga mosligi bilan emas, balki subьektning o’ziga xosliklari, uning hayotiy tajribasi, intellekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi bilan aniqlanadi.
4.Bugungi kunda pedagog-psixologlarning axborotlar oqimi uzluksiz kommunikatsiya tarmoqlaridan uzatilayotgan bir davrda xavfsizlikni ta‟minlash, xatarlar, salbiy oqibatlarning oldini olishni mas‟uliyatli vazifamiz. Yoshlarimiz erkin fikrlaydigan, har qanday salbiy ta‟sirchan g„oyalardan, ong, tafakkur qaramligidan ozod, oilada, atrof-muhitda bo„layotgan voqea-hodisalarni haqqoniy baholaydigan va ularga erkin munosabatlarini bildira oladigan, o„zining ilg„or fikrlari, namunasi bilan oila a‟zolari, sinfdoshlari,do„stlariga ta‟sir qila oladigan, intellektual kuchga ega, tirishqoq, bilimli, jasur va odobli bo„lmog„i nazarda tutiladi.Bugungi kunda dolzarb muammolar qatorida o„z joniga qasd qilish muammosi jahon mutaxassislari tomonidan chuqur o„rganilmoqda. Tan olish kerak-ki, ayrim ob‟ektiv va sub‟ektiv sabablar tufayli keng ommaga o„z joniga suiqasd qilish holatlarining statistik ma‟lumotlari yoritilmaydi. Biroq bu muammo tobora ommalashib va hattoki «yosharib» borishi barcha mutaxassislarni o„ziga jalb etmoqda.O„smir yoshidagi o„g„il - qizlarni tarbiyalashda Zamonaviy kadrlar oldiga qo„yiladigan eng muxim vazifalardan biri malakali mutaxassislar sifatida o„zligini, o„z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatini bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning boshqa sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko„rsatishdir. O„spirinlarning o„z joniga qasd qilishi, bu qo„rqinchli fojeadir. Ularning bu dunyodan hammaning ko„ngli qolib, nafrat bilan ketishi yanada qo„rqinchlidir. O„zga dunyoga ular uylarining tomlaridan, chardoq va og„ilxonalar shiftlaridan bo„yinlaridagi sirtmoq bilan ketishmokda. Ular qaytish umidi bilan umrbod ketishmokda. Ular «kimni yo„qotganliklarini bilib qo„yishsin» degan maqsadda kattalarni yoki sevgan insonlarining diqqatini o„zlariga qaratishga urinishadi.Ammo bolalar o„lim, bu hayotning tugashi ekanligini oxirigacha anglab yetmaydilar. Ularning hayollarida g„olibona o„rinlarda turishsa-yu, yashashni davom ettirishsa. Lekin bu taxmin ular istagandek bo„lib chiqmaydi. Bu o„rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o„rganuvchi psixologiya fanining o„rni va roli benihoyat kattadir.Suitsid (lot. sui caedere – o„zini o„ldirish) – maqsadli ravishda o„zini hayotdan mahrum qilish,odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o„z joniga qasd qilish. O„z joniga qasd qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli madaniyatlarda o„zgacha munosabat bo„lganligi kuzatiladi.
Bular:
¯ qasd qilish marosimi (rituali);
¯ or-nomus uchun diniy (qurbonlik);
¯ juftlar orasidagi sadoqatni isbotlash;
¯ yaqin kishisini yo„qotish;
¯ odatiy sotsial statusni yo„qotish;
¯ kasbiy muvafaqqiyatsizlik;
¯ kasalliklarga xos emotsiyalarga chidamsizlik va boshqa sabablar. Suitsidga mukammal ta‟rifni fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo„yicha, shaxs tomonidan o„zini kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo„lmish har bir o„lim holati o„z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim mavjud statistik ma‟lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.).
O„z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi munosabatlarda inson o„zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma‟qul bo„lgan yo„l orqali echishni istamagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat,umidsizlik va tushkunlik bilan bog„liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O„z joniga qasd qilishga ko„pincha uzoq davom etadigan kasallik, ba‟zan esa nogironlik ham sabab bo„lishi mumkin.
Suitsidga sabab bo„luvchi asosiy ijtimoiy omillar:
¯ parasuitsid (avval amalga oshmagan suitsid ta‟sirida ikkilamchi suitsidni amalga oshirish);
¯ suitsidial tahdid-lar ta‟siriga tushish;
¯ oilada suitsid hola-ti qayd etilganlar;
¯ autoagressiya;
¯ alkogolli ichimliklarni iste‟mol qiluvchi shaxslar (jami suitsidlarning 30 foiz);
¯ narkogen va toksik moddalarni iste‟mol qiluvchilar (alkogol va narkogen moddalarni surunkaliiste‟mol qilish depressiya, tushkunlik, o„zini gunohkor his etish kayfiyatini keltirib chiqaradi,yashashga bo„lgan motivatsiyani pasaytiradi.);
¯ og„ir depressiyaga chalinganlar;
¯ xronik va letal oqibatli (tuzalishiga umid yo„q bo„lgan holatlarda) kasalliklar;
¯ og„ir yo„qotishlarni (o„z yaqinidan, yaxshi ko„rganidan mahrum bo„lish va boshidan kechirganlar;
¯ oiladagi turli muammolar (zo„ravonliklar, mojarolar, ajralishlar va o„smirlar suiqasdi deb ataladigan holat yoki tibbiyot tili bilan aytganda, jinsiy balog„at davridagi suitsid.Stress (asabiylik, kuchli hayajon) holati bu – xavfli aqliy va fiziologik zo„riqish bo„lib, bunda insondagi mavjud barcha ruhiy jarayonlarning tormozlanishi ro„y beradi. Ya‟ni stress holatidagi inson yomon eshitadi, yaxshi ko„rmaydi, sezgirligi zaiflashadi, xatti-harakatlarining natijasini to„liq anglab etmaydi, tushunib bo„lmaydigan tushkun ruhiy holatga tushadi.Professor A.Ambrumova o„z-o„zini o„ldirishni ijtimoiy (qisman tibbiy) muammo hisoblab, unga quyidagicha ta‟rif bergan edi: “Suitsid bu – shaxsning ijtimoiy va psixologik jihatdan o„zi boshidan kechirayotgan mikro ijtimoiy kelishmovchiliklarga moslasha olmasligi”. Har xil tiplarga bo„linishidan qat‟iy nazar suitsidni kelib chiqishi zamirida konflikt yotadi. O„z joniga suiqasd qiluvchilarning shaxsiga oid xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
¯ o„ziga past yoki juda past baho berish;
¯ o„ziga nisbatan ishonchsizlik;
¯ o„zini-o„zi namoyon qilishga bo„lgan yuqori ehtiyoj;
¯ ular uchun iliq munosabatlar, hissiy aloqalar, o„zaro munosabatlarda samimiylik, atrofdagilar tomonidan tushunuvchanlik va qo„llab-quvvatlanishning mavjudligi yuqori ahamiyatga ega;
¯ qaror qabul qilishda irodaviy zo„riqishning murakkabligi;
¯ optimizm va qiyinchiliklar bo„lgan vaziyatlarda faollik darajasining susayishi;
¯ o„z-o„zini ayblash, aybini oshirib yuborish tendensiyasi;
¯ mustaqillikning yo„qligi;
¯ yuqori darajada xavfsirash;
¯ shaxsning etarli bo„lmagan sotsializatsiyasi, yetilmay qolish va kamolotga yetmaslik.
Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko„p jihatdan xalqning huquqiy ongi,ma‟naviy tafakkuri hamda siyosiy madaniyati darajasiga bog„liqdir. Bunda har bir shaxsning siyosiy faolligi,uning jamiyat hayotidagi o„zgarishlarga nisbatan chinakam fuqaroviy munosabatlari, demokratik islohotlarga intiluvchanligi, ko„zlangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.Suitsid muammosi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo„lib, inson hayotidagi eng xota qaror hisoblanadi. Suitsid muammosining uzoq yillar davomida yopiqligi ta‟lim- tarbiya jarayoni mutasaddi xodimlarining o„smirlardagi suitsidal faollik bilan bog„liq inqirozli vaziyatlarda zarur pedagogik-psixologik yordamni ko„rsata olmasliklariga sabab bo„ldi. Suitsidal urinishlar sodir etgan o„smirlarda shaxslilik va emotsional jabha buzilishlari kuzatiladi. Suitsident o„smirlar shaxsining motivatsion-ehtiyoj sohasini tahlil etish, sodir bo„layotgan suitsid hodisalarini tushunishda zarur va muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Suitsidal urinishlarga olib kelishi mumkin bo„lgan, oiladagi va shaxslararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy qadriyatlarni etarlicha his qila olmaslik, o„zini-o„zi nazorat qilish hamda baholashdagi noadekvatlik hisoblanib,ulardagi dolzarb ehtiyojlarning qondirilishiga to„sqinlikning asosiy omillaridan biri hisoblanib, korreksion tadbirlarni amalga oshirishda kompleks yondashuvni talab etadi. O'smirlarda o'z-o'zini namoyon eta olish imkoniyatlarini topishga yordam berish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ijtimoiy foydali faoliyatga yo'naltirish, istiqbolli maqsadlarga intilish motivatsiyasini shakllantirish, korreksion tadbirlarni rejalashtirishning maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Download 18.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling