Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


Download 1.05 Mb.
bet7/13
Sana24.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1292743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Harakat malakalarini shakillantirish лгк шырш va jismoniy sifatlarni tarbiyalash

Harakat ko’nikma va malakalari. Mashiqlarni harakat ko’nikmasi va harakat malakasi bo’lgan taqdirdagina bajaish mumkin. Bu ko’nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etish.
Xarakat ko'nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to'planib,jismoniy jihatda zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal qilish imkoniyati yaratish. Biror harakat faoliyatida qatnashishning amalga oshirish uchun kirishi ilgari hosil qilgan ko’nikmalar va malakalarda jismoniy va ma’naviy irodaviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik esa yangil ilgari tanish bolmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yartadi. Bunda hamisha butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish ko’rish talab qilinadi.
Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko’nikmalari –ya’ni harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ongli ravishda avtomatilashmagan holda boshqarish qobilyatidir. Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil ko’nikishda bo’lgan harakat ko’nikmalari: a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish. b) har xil murakkablikda –bo’lgan alihida xarakatlarini bajara olish ko’nikmalar hosil qilinadi. A) Birinchi ko’rinishdagi ko’nkama murakkab ,o’zgaruvchan sharoitlarda to’satdan bo’ladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bog’liqdir. Bunday harkat faooliyati har doim ongli ravishda bajariladi, lekin avtomatlashmagan ravishda bajariladi va standart xarakterda bo’la olmaydi. Bu ko’nikmalar umumiy malakaga aylanmaydi. O’rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda qo’llanish bu xil ko’nikmalar xos xususiyat bo’lib qoladi.

  1. Jismoniy sifatlarni umumiy izoh

Jismoniy tarbiya jarayonida bola pedagog rahbarligida dasturda ko‘zda tutilgan harakat malakasini va ko‘nikmasini egallaydi. Turli harakatlarga o‘rgatish jarayonida malaka va ko‘nikmalami shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilaming jismoniy mashqlarning yangi shakllarini egallash qobiliyatlari oshib boradi. Jismoniy madaniyat nazariyasida harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakasining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirishda, ikkinchisi, ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi. Harakat malakasi - harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda ko‘chadi va harakatlar o‘zining juda ishonchliligi bilan ajralib turadi. Harakat malakalaririing bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy, ruhiy kuchlami tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi. Ular ongli ravishda mashqlar bajarish natijasida uning bajarish usuli va qoidalarini takomillashtirib boradilar va shu malakaga binoan mashqlarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida texnik jihatdan to‘g‘ri bajara olish qobiliyatini saqlab qoladilar. Harakatlarning uyushgan holda, aniq va tez bajarish bolalarning ruhiyatini bardam qiladi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifa-laridan biridir. Jismoniy sifatlar bola organizmining morfofunksional, psixofiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog‘liq.
Jismoniy sifatlarni, harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan birgalikda tarbiyalash bolaning takomillashuviga, tanasining sog‘lomlashuviga, hissiy ruhining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolalar harakatlarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko‘rsatadilar. Asosiy jismoniy sifatlarning (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch ya egiluvchanlik) rivojlanishi harakat malakalarining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qat’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga,o‘yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o‘quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor, ayniqsa, maktab kun tartibida olib boriladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi
kerak. Katta tanaffuslarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sinfdan tashqari olib boriladigan ommaviy tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlar tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o‘ziga xos mashqlar majmuasi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling