Harakatlarga o‘rgatish
Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarni oshirish va rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k lar bilan bog‘liq. Ularda jismoniy sifatlarni oshirish sodir bo‘ladi. Harakat mashqning amaliyotda o‘zgaruvchanligi oliy tarbiyada yangi ko‘nikma hosil qilish malakasimng yaxlit faoliyatda qulay bo‘lishi uchun harakat bajarishining eng yaxshi variantlarini tanlay olish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kishi hayotida malakaning ahamiyati nihoyatda katta. K.D. Ushinskiy bu to‘g‘rida shunday yozgan edi: "Agar kishi malaka hosil qilish faoliyatiga ega bo‘lmaganda, o‘zining uzluksiz ravishda son-sanoqsiz qiyinchiliklar bilan bo‘ladigan taraqqiyotida bir qadam ham oldinga siljiy olmagan bo‘lar edi. Bu qiyinchiliklarni, aql va idrokni yangi ishlar uchun, yangi g‘alabalar uchun qoldirib, faqat malaka orqali bartaraf etishi mumkin". Harakat malakalari kishi hayotida uning mehnat, harbiy turmush, sport faoliyatiga tayyorgarligining bir tomoni sifatida muhim o‘rin tutadi. Malaka yangi ko‘nikmalar hosil qilishning negizi hisoblanadi. Harakat faoliyati mustahkam shakllangan malakalarga asoslanmog‘i kerak. Qancha ko‘p malakaga ega bo‘linsa, faoliyat shuncha xilma-xil va samarali bo‘ladi.
Malakalarning o‘zaro aloqasi va o‘rgatishning ketma-ketligi. Harakat malakalari tarkib topishi va qo‘llanish jarayonida ko‘pincha bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar ko‘chish deb ataluvchi mexanizm bo‘yicha yangi malaka tarkib topishini yoki namoyon bo‘lishini osonlashtirishi yoki qiyinlashtirishi mumkin. Ko‘chish ko‘p hollarda yangi ko‘nikma va malakaning hosil
bo‘lishiga yordam beradi. Masalan: kichik koptokni irg‘itish granata irg‘itishni, velosipedda yurish malakasi mototsikl minishni o‘rgatishga yordam beradi va h.k. Malakalarning bunday o‘zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko‘chish" deyiladi. Shu bilan birga, malakalarning o‘zaro aloqasi salbiy ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Balandlikka sakrash malakasi to‘siqlardan yugurishni o‘rganishga halaqit berishi mumkin, yonbosh usulda suzish malakasi ma’lum sharoitlarda brass harakat qilishini izdan chiqaradi. Ko‘chi-rishning bunday turi o‘rgatish jarayoniga salbiy ta’sir etadi va ijobiy samara bermaydi yoki "salbiy ko‘chish" deyiladi. Ko‘chish xarakteri - uning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, o‘rgatishning to‘la yoki qisman bo‘lishi, ilgari harakat hosil qilingan ta’siri yangi tartibga qaysi darajada yaroqli bo‘la olishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |