Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


 Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1408973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shaxnoza Fayzulla qizi

1. Jismoniy yuklama va uning mazmun-mohiyati 
Maxsus chidamlilik ikki asosiy jismoniy sifat - tezlik va chidamlilikning 
sintezi hisoblanadi. Bu ikki sifat sport mahorati o‘sgan sari olib boriladigan maxsus 
kuch bilan mustahkam aloqadadir. 800, 1000 va 1500 metr masofaga yugurishga 
ixtisoslashgan sportchilar uncha tezkor bo‘lmasliklari hamda zarur musobaqaviy 
tezlikni uzoq muddat davomida saqlashni bilishlari va ayni vaqtda juda chidamli 
bo‘lishlari lozim. Maxsus chidamlilikka hamda tezlikni musobaqaning eng 
mas'uliyatli davrida, sportchi eng charchagan paytida, chidamlilikni esa butun 
masofa davomida namoyish qilish kerak. Anaerob jarayonlarda energiyaning 2 
manbai bo‘lib, ular atmosferadagi kislorodning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Anaerob 
jarayonlarga kuyidagilar kiradi: A-mushaklardagi fosfoorganik birikma bo‘lishi 
kreatinfos-fatning parchalanishi; B-glyukoliz, ya'ni uglevodlarning fermentativ 
parchalanishi (u sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan tugaydi). Hozirgi paytda 
chidamlilikning sifat jihatdan har xil turlari va darajalarini aks ettiruvchi yetakchi 
funksiyalar organizmning energetik imkoniyatlari demakdir, degan fikr ko‘pchilik 
tomonidan qabul qilingan. Chidamlilik sifati, shu bilan birga, mashg‘ulot 
yuklamalari sifatining fiziologik belgilariga qarab baholash, o‘rta masofalarga 
yuguruvchilarni tayyorlash uslubiyotini aniqlash va detallashtirish (batafsil 
o‘rganish) imkonini beradi. Fiziologik tamoyillar asosida jismoniy mashqlarni 
hisobga olish, qo‘llanadigan mashg‘ulot vositalarini ularning organizmga ta'sir 
kilish xususiyati va darajasiga ko‘ra aniq hamda tabaqalab ro‘yxatga olish uchun yul 
ochadi. 
So‘nggi yillarda chidamlilik haqida gap ketganda, pedagogik va fiziologik 
tushunchalarning birikib ketganligini kuzatish mumkin. Kundalik nutqimizga aerob 
va anaerob chidamlilik degan tushunchalar kirib keldi. Chidamlilik turlarini talab 
qiladigan sport mashg‘ulotlari taassurot yo‘nalishini aniq ochib bera olmayapti, 
shuning uchun endi chidamlilik kichik turlarga ham tasniflanadigan bo‘ldi. Shu 
tariqa aerob chidamlilik qisqa muddatli, aerob, o‘rta va uzoq aerob chidamlilikka 
bo‘linadi. Bularning birinchisi 3-10 daqiqali jismoniy zo‘riqishni, ikkinchisi 10 



daqiqadan 30 daqiqagacha, uchinchisi 30 daqiqadan ortik davom etuvchi jismoniy 
zo‘riqishni o‘z ichiga oladi. Bunday tasniflashga ko‘ra, 1500 m. ga yugurish qisqa 
muddatli aerob chidamlilik turiga kiradi. Anaerob chidamlilik ham xuddi shunday: 
qisqa muddatli, o‘rta va uzoq davom etuvchi turlarga bo‘linadi. Bulardan 
birinchisiga eng yuqori tezlik bilan 20 soniyagacha vaqt orasida yugurish (200 m. 
gacha bo‘lgan masofalar), ikkinchisiga - 60 soniyagacha, uchinchisiga - 3 
daqiqagacha vaqt sarflanadigan yugurish kiradi. Yuklamalar yo‘nalishi va shiddatini 
yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to‘g‘risidagi taklif ham 
mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi 
(YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra yugurishda shiddatning I 
darajada shug‘ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina 
“sarflangan” kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132 ur/min), II darajada shug‘ullanish 
umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish 
chidamliligini shiddatli mashg‘ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min). 
Yuqorida ko‘rsatilgan shiddat darajalari asosida chidamlilik sifati kichik 
sinflarga bo‘linadi. Mutaxassislar bu borada umumiy, sur'at va kuch chidamliligini 
ko‘rsatadi. Buning ustiga, sur'at chidamliligi, masofa uzunligiga qarab yana 3 turga 
bo‘linadi: a) qisqa chidamlilik, b) o‘rtacha, v) uzoq muddatli chidamlilik. Aniq 
mashg‘ulotlar chidamlilikning barcha turlari orasida o‘zaro aloqada bo‘ladi. 
Masalan, razryadlar guruhida umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik korrelyasiya koeffitsienti 0,48-0,70 ga teng bo‘ladi. Umumiy va tezlik, 
chidamlilik orasidagi aloqadorlik eng kam (R=0,31-0,62) deb topildi. Mashg‘ulotlar 
jarayonida muayyan yo‘nalish asosida, bajarilgan ish umumiy, muhim ahamiyatga 
ega. Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy 
chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng 
maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi. 800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning 
masofaga tayyor- garligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga 
yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa 
bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga 



qo‘yiladigan me'yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. 
ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin. Fiziologik nuqtai nazardan, aerob 
imkoniyatlar rivojlanishining eng ko‘p ma'lumot beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichi 
maksimal kislorod iste'moli (MKI), u inson qila oladigan eng ko‘p kislorod miqdori 
hisoblanadi. MKI ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash hamda «masofa-vaqt» 
aloqadorligining tahliliga asoslanib, kritik tezlik to‘g‘risidagi tushuncha kiritilgan. 
O‘quvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish ustidan pedagogik 
nazoratni amalga oshirish uchun 2 ta yetarlicha ma'lumot beradi. 400 m. ga yugurish 
natijasi (anaerob glikolitik) va YuQT (170ur/min) bo‘ladigan yugurish tezligi 
(anaerob imkoniyatlar ko‘rsatkichi) dir. Tadqiqotda 400 va 200 m., 800 va 400 m., 
1500 va 800 m. ga yugurish natijalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liklik 
ko‘rsatilgan. Axborot mezonlarini izlashga yo‘naltirilgan maxsus tadqiqotlarda shu 
narsa ma'lum bo‘lganki, 400 m. va 800 m. ga yugurish natijalari 300 m. va 3 x 300 
m. ga yugurish testlari bilan 1500 m. ga yugurish natijalari esa 2 x 300 m. 200 m. ga 
yugurish testlarini tekshirish orqali ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. ( R= 0,57-
0,88). O‘quvchilarning maxsus chidamliligini nafasni tutib turishga ko‘ra baholash 
to‘g‘risidagi taklif ham bor, chunki chidamlilik bilan nafasni tutib turish kattaligi 
orasida yetarlicha yaqin bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Yuqori malakali 
sportchilarda bu bog‘liklik ancha kuchsizlanib qoladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling