Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


 Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1408973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shaxnoza Fayzulla qizi

1.2. Jismoniy yuklamalarni me’yorlashning ahamiyati 
O‘rganish natijalariga ko‘ra, nazorat mashqi anaerob jarayonlar shiddatini 
maksimal darajaga yetkazadi. Ushbu test natijalarining o‘sib borishiga qarab
anaerob chidamlilik darajasining oshishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. 
Chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar sport bilan 
shug‘ullanuvchilar organizmining funksional holatida fiziologik, biokimyoviy va 
boshqa o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi; o‘pkada almashinuv hamda kislorod 
iste'moli ko‘payadi, qonning tomir urishi vaqtidagi va daqiqadagi hajmi, undagi sut 
kislotasi miqdori oshadi va h.k. Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, sportchilarda tinch 



holatda laktat darajasi 20 mg% gacha ko‘payadi. Aralash zonada mashg‘ulot 
o‘tkazilganda, ya'ni, shiddat bilan nisbatan bir tekis ta'minlanuvchi zonada aerob va 
anaerob manbalardan sut kislotasi konsentratsiyasi yuzaga keladi. Yugurish tezligi 
eng yuqori bo‘lgan hollarda laktat darajasi ham shu sportchi uchun eng eng yuqori 
ko‘rsatkichlarga yetadi. Qonda sut kislotasi konsentratsiyasi 20 mg% dan oshganda 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar anaerob zonadagi faoliyat hisoblanadi. Bajarilayotgan 
ishni energiya quvvati bilan ta'min- lanishining umumiy kuchida anaerob 
oksidlanish ulushi ko‘payib ketadi. O‘rta masofalarga yuqori malakali 
yuguruvchilarda mashg‘ulot jarayonida sut kislotasi miqdori ko‘pincha 120 dan 250 
gacha mg% ni tashkil etadi. 
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, 800 m. ga yugurish vaktida maksimal kislorod 
qarzi kattaligi 55-68 % gacha yetsa, sut kislotasi darajasi 140-200 mg% ga teng 
bo‘ladi, qonning sut kislotasi reaksiyasi (rN) 7,1-7,5 gacha pasayadi, maksimal 
kislorod iste'mol qilish darajasi tananing 1 kg og‘irligiga nisbatan 68-75 ml. dan 
to‘g‘ri kelsa, yurakning hajmi 10-13 ml/kg ni tashkil etadi.1500 m. ga yugurishda 
maksimal kislorod qarzi kamroq 35-45 % ga teng, ammo so‘nggi 300-400 m ni juda 
tez yugurib o‘tishda sut kislotasi 1600-1700 mg% gacha ko‘tariladi, MKI 80 ml/kg 
og‘irlikkacha, yurak hajmi 11-13,3 ml/kg gacha yetadi (Platonov, 1987). Razryadli 
sportchilarda barcha o‘zgarishlar kamroq ko‘zga tashlanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 
razryadlaridan sut kislotasi mikdori taxminan 13 mg% ni, yuklamadan so‘ng 19 
mg% ni, yuklama berilganidan 2 soat o‘tgach 16,5 mg% ni, 4 soat o‘tgach 10 mg% 
ni, yuklama berilganidan so‘ng oradan 24 soat o‘tgach esa 11 mg% ni tashkil etadi. 
Mushak faoliyatidan keyin qondagi sut kislotasi miqdori taxminan 45 mg% ga 
yetganda, kislorod qarzi laktat funksiyasi hosil bo‘lishi boshlanadi. 
Demak, qonda yig‘iladigan sut kislotasining maksimal mikdori bilan kislorod 
qarzning laktat fraksiyasi kattaligi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor.Yuqori 
malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarda kislorod qarzi kattaligi bilan qonda paydo 
bo‘lgan sut kislotasi miqdori, 4x400 m. testni qisqarib boruvchi interval oraliqlar, 
tanaffuslar (3,2,1 daqiqa) bilan bajarganlarida esa ko‘p bo‘lishi aniqlangan 



(Devyatko, 2002). Bu test 800 m. ga yugurishga qaraganda kislorod qarzi bilan 
bog‘liqdir. Mazkur nazorat mashqini bajarishda sut kislotasining to‘planishi 176-
178 mg% ni tashkil qiladi. Organizmda u yoki bu aerob faoliyat bajarilgandan so‘ng 
sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aerob gemoglobin (Nv) konsentratsiyasi bilan 
aniqlaydilar. Ishda fazali (bosqichli) diagram- malarni yaratish asosida aerob 
faoliyat bilan gemoglobin konsentratsiyasi orasida teskari aloqa borligi aniqlangan 
bo‘lib, u mazkur ko‘rsatkichning yetarli darajada yaqinligini va uni foydalanayotgan 
yuklamalarning muvofiqligini nazorat qilish maqsadida qo‘llash mumkinligini 
tasdiqlaydi. Yuguruvchilarni o‘rtacha masofalarga tayyorlashda shuni nazarda tutish 
kerakki, 800 va 1500 m. li masofalar nisbiy shiddatining anaerob zonalarga tegishli 
bo‘lib, sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlari rivojlanishiga har xil talablar 
qo‘yadilar. 800 m. ga yugurishda anaerob- glikolitik jarayonining ancha ko‘payishi 
eng muhim hisoblanadi, 1500 m. ga yugurishda esa shiddat hosil bo‘lishida aerob 
jarayon katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir qator boshqa mutaxassislar tomonidan 
800 m ga yugurishda maxsus chidamlilik hamda kuch sifatlari xususiyatlari orasida 
1500 m. ga yugurishdagiga nisbatan ko‘proq jihatlari ko‘rsatib berilgan. Mazkur 
mualliflar 800 m ga va 1500 m ga yugurishda mashg‘ulot jarayonini ko‘rish 
masalasiga umumiy yondashuvdan alohida-alohida yondashuvga o‘tishni taklif 
qiladilar. 800 m va 1500 m ga yuguruvchilarning sport mahorati o‘sib borgan sayin 
tezlik sifatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilib, xuddi shunday xulosaga kelish 
mumkin. 800 m ga yugurishda tezlik sifatlaridan foydalanish darajasi 81-83 % ga, 
1500 m ga yugurishda esa 73-78 % ga teng bo‘ladi. Yuguruvchilarning o‘rtacha 
tayyorlashning usuli yo‘naltirilganligini belgilashda quyidagilarni hisobga olish 
lozim: maxsus jismoniy tayyorgarlikning omillari asosidagi «sur'ati» o‘z tarkibiga 
tezlik imkoniyatlari yig‘indisini, umumiy chidamlilikni, maxsus chidamlilikni oladi. 
Bu sifatlarning 800 m ga yugurishga qo‘shgan ulushi 70 % ni, 1500 m ga yugurishda 
esa 77% ga teng. Eng muhimi, maxsus chidamlilik omili sanaladi (800 m ga 
yugurishda - 31%, 1500 m ga esa - 26,3%). 



Ko‘pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo‘yicha yosh sportchilarda emas, balki 
sport bilan doimiy ravishda shug’ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan. Yosh 
sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo‘yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy 
va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, 
umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to‘liq javob bera olmaydi. 
O‘tkazilgan tekshiruv ishlarini ko‘rsatishicha, aylanma mashg’ulot uslubini yengil 
atletikaga, yugurish, o‘yin va musobaqa shaklida qo‘shib o‘tkazganda 15-16 yoshli 
o‘smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham 
rivojlanganligini ko‘rsatgan. Yosh o‘smirlarni o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha 
mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy 
sifatlarga yo‘naltirilgan mashg’ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda 
ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang’ich sport 
tayyorgarligi davrida mashg’ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni 
tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish 
kerakligi uqtirilgan. 
Ko‘pchilik olimlarning ta'kidlashicha, yuguruvchining ko‘p yillik mashg’ulot 
jarayoni birinchi yillarida umumiy chidamlilikni tarbiyalash, keyinchalik bu 
yuguruvchining maxsus chidamliligini negizi bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Shu 
bilan birga boshqa bir guruh olimlar boshlovchi yuguruvchilarda umumiy 
chidamlilikni tarbiyalashda, trenirovkani bir tekisda yugurish uslubi va har xil 
o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. 
Boshqa bir qancha tadqiqotlarda umumiy chidamlilikni samarali oshirish uchun 
qisqa vaqt ichida takrorlangan, uncha katta bo‘lmagan interval dam olish oralig’ida 
ham ijobiy natijaga erishish mumkinligi ko‘rsatilgan. Bolalar va o‘smirlarda 
chidamlilikni tarbiyalashda, organizmning funksional tayyorgarligi sustligini 
e'tiborga olgan holda sekin va ilmiy yondoshish kerak hamda bu yosh davrida 
ko‘proq tezkorlik sifatlarini tarbiyalash kerakligini ko‘rsatishgan. Ayrim 
olimlarning fikricha, chidamlilikni rivojlantirishda, juda ehtiyot bo‘lish, maktab 
yoshidagi bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni to‘liq berilmaganligini 


10 
tasdiklaydi. Shu bilan bir qatorda o‘smir yoshda umumiy chidamlilikni 
tarbiyalashda jismoniy tarbiya vositasi sifatida asosan yugurishni; uzun masofa 
bo‘laklarida qayta yugurishni umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va nafas olish 
mashqlari bilan almashtirishni olimlarimiz taklif qilishgan. 
Har bir o‘qituvchi mashqlar shiddatini individual va o‘quvchining 
tayyorgarligiga bog’liq ekanligini unutmasligi kerak. Yangi shug’ullanayotgan 
bolalarda maksimal shiddatdan 75-80% bir chegarani tashkil qilsa, yaxshi 
tayyorlangan sportchilarda esa boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. Boshlovchilarda 
aerob imqoniyatlar 1 km. masofani 5-7 daqiqada bosib o‘tganda rivojlanishga 
yordamlashsa, yuqori tasnifli sportchilarda esa 3,5-4,5 daqiqada rivojlanadi . Maktab 
o‘quvchilarida hosil bo‘lgan charchashni asab tizimining katta qo‘zg’atuvchilariga 
kichik turg’unlikda bo‘lishi sababli qisqa vaqt ichidagina yenga oladi. Kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish 
o‘rtachadan past va o‘zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik 
imqoniyatiga katta talab qo‘yadigan bo‘lishi zarur. Mashqlarni uzluksiz bajarish 2 
daqiqadan ortiq davom etib, shiddati maksimaldan 50% atrofida bo‘lganda, 11-12 
yoshda eng samarali vosita 2,7 m/s tezlikda, 12-13 yoshda 2,8 m/s tezlikda, 13-14 
yoshda 3,06 m/s tezlikda yugurib, 10-15 daqiqadan ham ortiq davom etadi. Dam 
olish 3-5 daqiqani tashkil etadi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling