Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


 Qayta tiklovchi vositalarning o‘rni va roli


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1408973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shaxnoza Fayzulla qizi

1.3. Qayta tiklovchi vositalarning o‘rni va roli 
Sport mashg‘ulotlari va ishchanlikni tiklanish jarayonlari sport ishchanligini 
oshirishda o‘zaro bog‘liq tarzda o‘rganilishi lozim. Qayta tiklanish ishni bajarish 
jarayonidayoq boshlanadi (bu joriy tiklanish)dir. Ammo asosiy energetik potentsial 
va plastik jarayonlar ish yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi (tezkor va 
qoldirilgan tiklanish). Joriy tiklanish mushak yuklamasini bajarish jarayonida 
barqaror holatni qo‘llabquvvatlaydi. Joriy tiklanish turli biokimyoviy asosga ega, bu 
mushak ishining yuklanishiga bog‘liqdir. Kam intensiv ishni bajarganda kislorodni 
ishlayotgan mushak va to‘qimalarga kelib tushishi organizmning kislorodga bo‘lgna 
ehtiyojini qoplaydi. energetik zaxiralarni tiklash anaerob yo‘l bilan amalga 


11 
oshiriladi. Ish jarayonida tiklanish kislorod almashinuvning optimal shart-
sharoitlarida amalga oshiriladi, bunday shart-sharoitlar asosan, kichik intensivli 
yugurishda vujudga keladi. ATF resintezining aralash xarakteri katta quvvatni talab 
qilgan mashqlarga xosdir. Maksimal va submaksimal quvvatni ishlatish sohasida 
bo‘lgan mashqlarni bajarishda joriy tiklanish va ATF resintezining tezligi 
imkoniyatlari o‘rtasida keskin nomuvofiqlik vujudga keladi. Ishning mazkur 
turlarida tez charchash, toliqishning sabablaridan biridir, tezkor tiklanish kislorod 
qarzini qaytarish payti bilan cheklanadi, ya’ni ish yakun topgandan so‘ng 1,5-2 soat 
davomida. Yig‘indi energetik xarajatlarni tiklash va oqsil tuzilmalarning sintezi 
keyingi tiklanish jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonlar sport mashg‘ulotlari va 
dam olishning to‘g‘ri rejimi, ratsional ovqatlanishda, tibbiy-biologik va psixo 
tartibga soluvchi omillarning kompleksini qo‘llashda tezlashadi. Jismoniy 
ishchanlikning biologik omillari organizmning energetik balansini yaxshilaydi 
(oqsil, uglevodlarga boy vitaminlashtirilgan oziq-ovqat). To‘liq tiklanishning asosiy 
sharti bu sport mashg‘ulotlarining ratsional rejimidir. eng samarali tiklovchi 
vositalar sport mashg‘ulotlari rejimidagi buzilishlarning o‘rnini bosa olmaydi.
Yuklanishdan so‘ng tiklanishni tezlashtiruvchi pedagogik uslublar orasida birinchi 
o‘rinda sport mashg‘ulotlarni individuallashtirish turadi.
Buyuk, mashhur sportchilarning yuklamalaridan ko‘r-ko‘rona nusxa 
ko‘chirish na pedagogik, na jismoniy jihatdan oqlanmaydi va maqsadga muvofiq 
bo‘lmaydi. Sportchining tipologik xususiyatlari, sport mashg‘ulotlariga moyilligi 
darajasi mehnat rejimini hisobga olgan holdagi individuallashgan tarzda sport 
mashg‘ulotlarining mikro va mikrosikllarini qurish sport o‘sishining zaruriy 
sharoitidir. Sport mashg‘ulotlarining mikro va mikrosikllarida tiklovchi xarakterga 
ega kam intensivlikli ishga o‘tishni ham qo‘llash zarur. Sport mashg‘ulotlari 
mikrosiklini qurishda alohida fiziologik tizimlarda tiklash jarayonlarini tezligini 
ham hisobga olish lozim. Yaxshi tiklanmaganlik fonida sport mashg‘ulotlarida sport 
ishchanligining pasayishi dastlabki daraja ustidan “oshgan holda tiklanish”ning 
omilidir. Masalan, maksimal yuklamalar bilan sport mashg‘ulotlari yoki hajmi 


12 
bo‘yicha katta kuch yuklanishlari faqatgina 3-4 kundan so‘ng haddan ziyod tiklanish 
samarasiga sabab bo‘ladi. Bu orada haddan ziyod tiklanish davrida kundalik sport 
mashg‘ulotlari 
sharoitida 
deyarli 
bo‘lmaydi. 
Bunday 
holda 
yaxshi 
tiklanmaganlikdagi sport mashg‘ulotining samarasidan iborat. V.M.Volkov fikricha, 
±5-10% doirasida me’yordan cheklanishni yaxshi tiklanmaganlik uchun emas, balki 
fiziologik funktsiyalarni o‘ziga xos “qayta regulyatsiya qilish”ning natijasi deyish 
lozim (ya’ni, bunda katta yoki kichik songa qarata, organizm ishining optimal 
arametrlarini izlash nazarda tutiladi).
MPK kabi axborot ko‘rsatkichini dastlabkidan 90-92%li darajaga qadar 
tiklash uchun hattoki yuklangan qiyin, murakkab sport mashg‘ulotlaridan so‘ng 10-
12 soat talab qilinmaydi. Shuning uchun haddan ziyod tiklanishni 3-4 kun 
mobaynida kutish uchun haqiqiy fiziologik asoslar avjud emas. Jismoniy yuklamaga 
moslashuv organizm tizimlari funktsiyalaridagi eng optimal mutanosibliklarni 
biologik jihatdan izlashdir. Yosh sportchilar mashg‘ushlotining ratsional tuzilishi, 
uning samarali tuzilishi asosida amalga oshiriladi – mashg‘ulot jarayonlari 
komponentlari birlashuvining nisbatan barqaror tartibi, ularning bir-biri bilan 
qonuniy o‘zaro mutanosibligi va umumiy izchilligidadir. Yosh sportchilar 
mashg‘ulotini o‘tkazishning tashkiliy shakli bu mashg‘ulot darsidir, u jismoniy 
tarbiya bo‘yicha mashqlarni tuzishning umumiy qonunlariga muvofiq 
shakllantiriladi. Mashg‘ulot jarayoni 3 qismdan iborat: tayyorgarlik, asosiy, 
yakuniy. Bu qismlarning muayyan mazmuni sportning har bir turiga muvofiq 
mashg‘ulot xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot darsining tayyorlov 
qismining vazifasi shug‘ullanuvchilarning dastlabki tashkillashtirish (bir qatorga 
tuzish, raport, dars vazifalaridan xabardor qilish)dir. Dars tayyorlov qismida asosiy 
o‘rinni mashg‘ulot qilayotganlarning bo‘lg‘usi asosiy faoliyatga funktsional 
tayyorlashdir, bu esa bajarishning uzoq muddatini talab qilmagan va osongina 
me’yorlashtiriladigan jismoniy mashqlarni bajarish bilan erishiladi. Odatda, 
tayyorlov qismi 30-40 daqiqani egallaydi. Malakali yosh sportchilarning mashq 
jarayonida mashg‘ulotning tayyorlov qismi o‘rniga chigal yozdi mashqlar bajarilishi 


13 
mumkin, ya’ni bu sportchi o‘z organizmini dastlabki faoliyatga tayyorlash 
maqsadida bajaradigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidir. Badan 
tarbiya sportchi organizmining funktsional imkoniyatlarini oshirib, maksimal 
ishchanlikni namoyon qilish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Odatda, 
mashg‘ulotdagi tanani tayyorlash mashqlari 2 qismdan iborat: organizmni qizdirish 
va bo‘lg‘usi sport faoliyatga tayyorlash. Badan tarbiyaning birinchi qismining 
vazifasi sportchining umumiy ishchanligining organizmni asosan, vegetativ 
funktsiyalari faoliyatini kuchaytirish yo‘li bilan oshirish. Jismoniy tayyorgarlikni 2 
qismining vazifasi – sportchini mashg‘ulotning asosiy qismi birinchi qism 
mashg‘ulot mashqlarini bajarishga tayyorlash va uni mazkur mutaxassislik uchun 
o‘ziga xos bo‘lgan va mashg‘ulotning asosiy qismida eng katta o‘rinni egallagan 
mashqlarni bajarishga tayyorlash. Badan tarbiyaning umumiy davomiyligi 25-30 
daqiqadan ziyod bo‘lmasligi lozim. Musobaqa oldidagi jismoniy tayyorgarlikning 
mazmuni mashg‘ulot mashqlari mazmunidan farq qilmaydi, ammo musobaqa 
oldidan o‘tkaziladigan razminkada o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Odatda, u 
startdan oldin 60-80 daqiqa oldin boshlanadi.
Musobaqa oldidan chigal yozdi mashqlar odatda, 3 qismdan iborat: qizib olish, 
bo‘lg‘usi ishga kayfiyatni to‘g‘irlash, dam olish uchun tanaffus, musobaqa joyiga 
chiqishga tayyorgarlik va musobaqa joyida to‘liq kayfiyatni to‘g‘irlash. 
Mashg‘ulotning eng murakkab vazifalarini amalga oshirish, uning asosiy qismida 
bajariladi, bu qism eng katta fiziologik yuklama bilan tavsiflanadi. Bu jismoniy 
sifatlarni rivojlantirish va harakat ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalarini hal 
qilish uchun zaruriy darajada bo‘lishi lozim. Asosiy qism sodda va murakkab 
tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Darsning asosiy qismida mashqlarning tayyorlov, 
asosiy va boshqa turlari qo‘llaniladi. Mashg‘ulot darsining mazkur qismida 
davomiyligi -o‘rta hisobda 80-90 daqiqa. Darsning yakunlovchi qismi yuklamani 
asta-sekin pasaytirish bilan yakunlanadi. Bu keyingi faoliyat uchun ma’lum 
asoslarni yaratadi va mashg‘ulotlarga yakun yasaydi. Uning namunali mazmuni: 


14 
murakkab bo‘lmagan mashqlarni asta-sekin pasayuvchi intensivlik bilan bajarish, 
safda bajariladigan mashqlar va tartib bilan bajariladigan mashqlar.
Darsning yakunlovchi qismining davomiyligi – 8-10 daqiqa. Mashg‘ulot 
darsidan tashqari uyda yoki seksiya guruhlarida qo‘shimcha mashg‘ulot mashqlari 
o‘tkaziladi, ularning dasturiga mushaklarning alohida turlarini mustahkamlashga, 
sport texnikasida takomillashishga qaratilgan mashg‘ulot mashqlari kiritiladi. Yosh 
sportchilar mashg‘uloti tuzilmasi uchun siklilik xosdir, ya’ni ma’lum mashg‘ulot, 
bosqich davrlarning nisbatan yakunlangan aylanmasi. Mashg‘ulotning kichik 
sikllari (mikrosikl), o‘rta (mezosikl) va katta (makrosikl)lari mavjud. Mashg‘ulot 
mikrosikli – bu mashg‘ulot jarayonining nisbatan yakunlangan qismi bo‘lib, o‘z 
ichiga 
mashg‘ulot 
mashqlarining 
takrorlanishini 
kiritadi. 
Mashg‘ulot 
mikrosikllarining yo‘nalishi va mazmuni yosh sportchining yillik mashg‘ulotining 
davri va bosqichiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, tayyorlov davrining 
birinchi bosqichining mikrosikllari yosh sportchining hamma tomonlama 
tayyorgarligi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tuziladi. Eng keng 
tarqalgan haftalik siklda asosiy mashg‘ulotlarning soni asosan, 3 tadan 5 tagacha 
bo‘ladi (sportchining tayyorgarlik darajasiga muvofiq tarzda). Har bir mashg‘ulot 
odatda, bir nechta xilma-xil vazifa va masalalarni yechadi, ammo ularning har biri 
o‘zga yo‘nalishga ega. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling