Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti
KIRISH. Ishning umumiy tavsifi
Download 66.16 Kb.
|
Kurs ishi
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………………………………………......33
KIRISH. Ishning umumiy tavsifi.Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. Adabiyotdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglik vositalari badiiy san’atlar deyiladi. Buni oʻrganadigan fanni «Ilmi sanoye’» yoki «Ilmi bade’» deganlar. Sharqda she’riyat asosiy janr boʻlganidan koʻpincha she’r san’atlari tushunchasi ham badiiy san’atlar ma’nosida qoʻllaniladi. Matnda ma’noni teranlashtiradigan, koʻp ma’nolilikni yuzaga chiqaradigan, ta’sirchanlik yaratadigan xilma-xil badiiy vositalar boʻladiki, ularni koʻpincha matn ma’no-mazmuniga koʻra idrok etamiz. Bular – ma’naviy san’atlardir. Matnda xushohanglik yaratadigan, ifodalilikni kuchaytiradigan, tovush mushtarakligi yoki uyqashligini yuzaga chiqaradigan, asosiy holatlarda soʻz takroriga asoslangan badiiy san’atlar boʻladiki, ularni koʻz bilan koʻrib kuzatish va eshitish imkoni bor. Bu – lafziy san’atlardir. Deyarli oʻn asrlik oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalari arab yozuvida bitildi. Eski yozuv – arab alifbosi bilan bogʻliq, harflar shakliga aloqador yoki harf daxli tufayli soʻz oʻzgartirish san’atlari ham birmuncha uchraydiki, biz ularni harfiy san’atlar deb atadik. Badiiy san’atlar – oʻquvchi uchun adabiyot nafosati va sehrlarini idrok etish maktabi boʻlsa, havaskor shoir uchun mahorat saboqlaridir. Bularni bilgan kitobxon she’riyatimizdan chinakam boy badiiy-hissiy lazzat oladi; shoirlar yuqori mahoratli soʻz san’atkorlari boʻlib yetishadilar. Maktab va oliy oʻquv yurtlarida oʻzbek mumtoz adabiyotini soʻz san’ati sifatida oʻrganishga oʻtilishi har doim dars jarayonida, darsdan tashqarida, darslar davomida badiiy mahorat masalalarini kengroq va chuqurroq tahlil qilishni taqozo etadi. Koʻp asrli mumtoz adabiyotimizning bezavol hazinasini yaratgan atoqli shoir va yozuvchilarimizning san’atkorlik salohiyatlari sehrinin kashf etish uchun ular yozgan asarlardagi badiiy san’atlardan atroflicha ma’lumotga ega boʻlish talab qilinadi. Bu ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari va maktablarning til adabiyoti oʻqituvchilari, talabalari, oʻquvchilari uchun nihoyatda zarur deb bilaman. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Download 66.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling