Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 66.16 Kb.
bet7/14
Sana08.01.2023
Hajmi66.16 Kb.
#1084087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi

Mubolagʻа (ar. – kattalashtirish, kuchaytirish) – adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini boʻrttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yanada yaqqol namoyon boʻladi, oʻquvchi koʻz oldida yorqinroq gavdalanadi.
Mubolagʻa san'ati haqida ilmiy badi'ga doir mumtoz manbalar: Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul balogʻa”, Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us sehr”, Shams Qays Roziyning “Almoʻjam”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul balogʻa” asarlarida ma'lumotlar keltirilgan boʻlib, mazkur asarlarda M.ning asosan igʻroq turiga toʻxtalib oʻtilgan. Xususan, “Funun ul balogʻa” muallifi shunday yozadi: “Bu san'at aningdek boʻlurkim, bir narsaning vasfinda mubolagʻani had va gʻoyattin oʻtkarurlar”. Sharafiddin Romiy esa oʻzining “Haqoyiq ul xadoyiq”asarida (14 a.) mubolagʻani uning yuqori darajasi boʻlgan igʻroqdan ajratish zarurligini ta'kidlaydi. Mubolagʻa va uning darajalari haqida nisbatan toʻliqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” asarida berilgan boʻlib, muallif mubolagʻaning tabligʻ, igʻroq, gʻuluvv, mardud gʻuluvv kabi turlarini keltiradi.M.ning quyidagi 3 darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qoʻllanilgan:
1) tabligʻ – (ar.) aqlan ishonish mumkin boʻlgan, hayotda ham yuz berishi mumkin boʻlgan mubolagʻa. Bunda boʻrttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga toʻgʻri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan boʻlsa da, amalga oshishi ham mumkin:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Koʻzlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
(“Badoyi' ul vasat”, 608 gʻazal)
Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolagʻali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi.
1) igʻroq – (ar. kamonni qattiq tortmoq) – aqlan ishonish mumkin boʻlsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolagʻa. Bunday tasvirda oʻquvchi voqea yoki xususiyatni koʻz oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir boʻlishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga koʻtarib bir necha chaqirim yoʻl bosishini aqlan qabul qilish mumkin boʻlsa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi mumkin emas:
Koʻtardi orqasigʻa bodponi,
Nechukkim bodpo, ul dilraboni...
Chu ikki-uch yigʻoch gom urdi shaydo,
Boʻlub ollinda qasru havz raydo.

1) gʻuluvv (ar. – qoʻlni imkon boricha baland koʻtarish) – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin boʻlmagan mubolagʻa:


Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
yetkach ohim shu'lasi, ani sarigʻ gul ayladim.
(“Favoyid ul kibar”, 426 gʻazal)
Baytda keltirilishicha, oshiq oʻz yorining qizil yuzini sogʻinib, qizil gulni olib hidlagan ekan, ohining shu'lasidan qizil gul sariq gulga aylanibdi. Tasvirlanayotgan ushbu hodisani aqlan qabul qilish mumkin emas hamda bunday hodisa hayotda ham yuz bermaydi.

Download 66.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling