Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti
II BOB LIRIK ASARLARDAGI BADIIY SAN’AT VA UNING TURLARINI OʻRGANISH
Download 66.16 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irsoli masal
- Irsol
II BOB LIRIK ASARLARDAGI BADIIY SAN’AT VA UNING TURLARINI OʻRGANISH
II.1. Navoiy ijodida badiiy san’at turlari va ularga tasnif Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri, nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning oʻziga xos jihatlari, fikrni goʻzal va mazmunli ifodalash usullarini oʻrganuvchi soha ilmi badi' boʻlib, uning asosini mumtoz she'riyat, ba'zida nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qoʻllanilayotgan badiiy san'atlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, ilmi badi' sanoyi' ilmi deb ham yuritiladi. Alisher Navoiy ilmi badi'ga doir maxsus asar yaratmagan boʻlsa-da, oʻzining “Majolis un-nafois”, “Xamsa” va boshqa koʻplab asarlarida ilmi badi'ning ba'zi nazariy jihatlariga toʻxtalib oʻtadi. Xususan, “Majolis un-nafois”da Atoulloh Husayniy haqida soʻz yuritar ekan, uning ushbu ilmga doir risola yozganligini ta'kidlaydi: “Mir Atoulloh... Bovujudi donishmandlik, she'r va muammo va sanoe'da dagʻi mahorat paydo qildi va muammogʻa koʻp mashgʻul boʻlur erdi. Holo sabaq kasratidin anga avqoti vafo qilmas, ammo sanoe'da kitobe tasnif qilibdur. «Badoye’i Atoiygʻa» mavsumdur”. Shuningdek, Navoiy oʻz asarlarida ilmi badi'ga doir ba'zi istiloh va atamalar sharhiga ham toʻxtalib, munosabat bildirib oʻtadi. Jumladan, maqlubi mustaviy san'ati haqida toʻxtalib, shunday yozadi: “bu misra'ki «maqlubi mustaviy» san'atida aytibdur, dalil basdurkim: Mushi xari farrux shavam, Darki raqam qar kard” Navoiy she'riyatida quyidagi badiiy san'atlar qoʻllanilgan: Irsoli_masal'>Irsoli masal (ar. – maqol yoki matal yuborish) – baytda maqol, matal va hikmatli soʻzlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Irsoli masal haqidagi nisbatan toʻliqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” (15-a.) asarida keltirilgan boʻlib, unda ushbu san'atning ikki usul bilan hosil boʻlishi aytiladi: “Birinchi va afzali uldurkim, masalning soʻz va tartibin oʻzgartirmay bergaylar... Ikkinchi yoʻli uldurkim, masalda oʻzgarish yuz berur”. Bunda muallif irsoli masal san'atining birinchi turida she'r tarkibida keltiriladigan maqol yoki hikmatli soʻzning hech oʻzgarishsiz berilishini, ikkinchi turida esa matnning mazmuni saqlangan holda she'r talabi bilan maqol yoki hikmatli soʻzning shakli bir oz oʻzgartirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Atoulloh Husayniy irsoli masal san'atining lugʻaviy ma'nosiga ham e'tibor qaratib, “irsol” soʻzi “yubormoq, joʻnatmoq” ma'nosini bildirishini, baytda masal keltirishdan maqsad esa uni muayyan kishiga joʻnatish ekanligini ham aytib oʻtadi: “Irsol lugʻatta yubormoqdur... Aksar baytta masal keltirish, ani mahbub yo mamduh yoki oʻzga kishiga yubormoq uchun boʻlur, aning uchun bu san'atni aning arzi e'tibori bilan irsol ul-masal deb atapturlar”. Atoulloh Husayniy oʻz fikrini davom ettrib, irsoldan murod irod (keltirish) ham boʻlishi mumkin, shu sababli bu san'at nomini irod ul-masal deb ham atashlari haqida ham ma'lumot beradi. Alisher Navoiy ijodida ham irsoli masal san'ati keng qoʻllanilgan. Shoir ijodida bu san'atning istifoda etilishini uch xil holatda koʻrish mumkin: 1) bayt tarkibida qoʻllanilayotgan maqol, matal yoki hikmatli soʻz “masal”, “masaldur”, “masalkim”, “derlar” jumlalari yordamida keltiriladi: Chun masal boʻldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud Mushk isin yashursa boʻlmas, bu masal mashhur erur. (Gʻaroyib us-sigʻar, 186-gʻazal) Buki, derlar: “Bordurur devor keynida quloq”, Ul fazo davrida koʻz yetguncha devor oʻlmagʻay. (Gʻaroyib us-sigʻar, 611-gʻazal) 1) maqol yoki matal yuqoridagi jumlalarsiz aynan keltiriladi: Oʻqlaring koʻnglumga tushkach kuydi ham koʻz, ham badan Kim, kuyar oʻlu qurugʻ chun naysitongʻa tushti oʻt. (Gʻaroyib us-sigʻar, 86-gʻazal) Har kishikim birovga qozgʻoy choh, Tushgay ul choh aro oʻzi nogoh. (Sab'ai sayyor) 1) maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz yoki butunlay oʻzgartiriladi: Chu mazra' ichra sochting har ne dona, Hamul dona koʻtargung jovidona (Farhod va Shirin) Qachon sochsa tufroqqa bugʻdoy birav, Yoʻq imkonkim, ul arpa qilgʻay darav. (Saddi Iskandariy) Yuqoridagi ikki baytda “Har kim ekkanini oʻradi” xalq maqoli oʻzgargan shaklda keltirilyapti. Download 66.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling