Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika
l.2. AMIR TEMUR SHAXSI, TEMURIYLAR DAVRI IBRAT MAKTABI
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika� fakulteti �Boshlang�ich ta�lim� yo�nalishi 2 kurs g
l.2. AMIR TEMUR SHAXSI, TEMURIYLAR DAVRI IBRAT MAKTABI SIFATIDA. Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda. Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir . Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,- degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi. Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi. Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon (l326-l334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi l0 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Birbirlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi. Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (l336—l405) bu parokandalikdan foydalanib, l360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi. O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar l369-yilgacha Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk - 10 - egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi. Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari l2l8-l2l9-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo'lmas edi. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, l37l -l372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari obod qilindi. Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan shoh ko'cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi. Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning o'zi xohish bildirmadi. Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi l40 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi. Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (l404), Oqsaroy qasri (l380-l404), Dorus-saodat maqbarasi (l380) oliy imoratlardir. Amir Temur davrida bog' yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Bog'lar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida l2 ta bog'-saroy barpo ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho, Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i - 11 - Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan. Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'plangan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir. Amir Temurning avlodlaridan ko'pchiligi shunday obodonchilik ishlarini davom ettirdilar. Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida Alisher Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob qurilishlar bunga misol bo'la oladi. Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il, nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokimlari mustaqil hukmdorga o 'xshardi. Ularning o'z devonlari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonchli odamlarini tutardi. Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat qilishga majbur edi. Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas, sifatga e'tibor berdi. Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 omilga bog'liq deb bildi: l. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4. Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: l) asllik va toza nasllik; 2) aql- u farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir boshqargan: l) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri (sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim l6 chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; - 12 - 6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, - deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal qildim». Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun l2 tuzuk tuzdi: l) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir ishini bilib qilishi lozim. 2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur . 3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin. 4) Biror ishga azmu qaror qilar ekan, qarorida qattiq tursin. 5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin. 6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin. 7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning foydalisini olsin. 8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib, shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin. 9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash va gap qaytarishga jur'at etolmasin. l0) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo esda tutmog'i lozim. ll) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak. l2) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar . Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida - 13 - mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka binoan qildim». Temurdan keyingi uning izdoshlari ham boshqaruv san'atiga amal qilib, uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek davrida bu narsa yaqqol ko'rindi. Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'laligicha namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy hayotining barcha tomonlari, davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchilik, harbiy masalalar, xalqaro aloqalar, islom dini, shariat va boshqa sohalar maqsadga muvofiq rivojlandi. Amir Temur davlatni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda, xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olim-u fuzalolar, islom rahnamolariga munosabatda Allohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora sifatidagina qilichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero: l. Amir Temur XIV asrdayoq mamlakat va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirib, yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ishlab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mamlakatlar o'rtasida madaniyatlar muloqotini boshlab berdi. 2. Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvni tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi, adolatli jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvorligiga rioya qildi. 3. Amir Temur davlatchilik tamoyillarini rivojlantirdi, uni aql -idrok salohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi; l8 4. Amir Temur saltanati ma 'naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo'g'rilgan saltanat edi.«Temur tuzuklari». Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'lib, dastlab turk tilida chop etilgan. l783-yilda ingliz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga l967-yilda forschadan tarjima qilingan. «Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning l342-l405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. - 14 - Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (l376- l395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (l389-l402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlargtayanish, boshliqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va boshliqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda l yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining l barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini l2 ijtimoiy toifa tashkil qiladi: l) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2)ishbilarmon, donishmand kishilar; 3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar; 4) no'yonlaramirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar va sarkotiblar; 8) hakimlar va tabiblar, munajjimlar vamuhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; l0) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar; ll) so'fiylar; l2) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan - 15 - bosviq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsatilgan. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi. Garchi Turon zaminida olimlar, muhandislar, ustalar yetarli bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib kelgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U o'sha yerlik olimu ulamolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbirlar juda yaxshi natijalarga olib kelgan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga kelgan yurtda falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot sohalarida 0lamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar keyinchalik Yevropa Uyg'onish 2l davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asrlar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'lib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriylar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'rlik Ulug'bek davriga kelib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga kelib Angliya qirolligining birinchi astronomi Ulug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foydalangan. Temuriylar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'lib, hozirgacha dunyoni l0l q0ldirib kelmoqda. Albatta, buyuk insonlar komillik cho'qqisiga osonlikcha erishganlari yo'q. Ular turli qiyin bosqichlardan o'tganlar. O'tmishda ma'naviy kamolotga intilgan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabihlik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan: Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim, - 16 - Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim. Madad qildi, Azozilni kovlab surdim, Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano. Talabalikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qilgan. Shogirddagi mag'rurlik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustozlari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil allomalar ustozlar tomonidan buyurilgan ishni bajarmasliklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar chekilgani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka intiluvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yaratilgan. Bunga monand Amir Temur: «Piri komil shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchilik ko'rmaysizlar, boybadavlat yashaysizlar, kam uxlanglar -mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar. Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. l,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta podshohlikni egalladi Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo etilgan markazlashgan mustahkam davlat qariyb l,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida qurilgani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi. Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, - 17 - Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat: Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir . To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (l402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi. Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi. Yangi zamonning boshqa ko‘pgina tarixchilari kabi Gibbon, SHlosser, Veber ham (manbalardagi ma’lumotlarga ergashib) Amir Temur zamonidagi harbiy yurishlar shiddatli bo‘lganini qayd etdilar. - 18 - XIX asrning birinchi yarmida Peterburgda xizmat qilgan fransuz sharqshunosi M.SHarmua Amir Temurning l39l yildagi To‘xtamishga qarshi yurishini batafsil yorituvchi katta asar tayyorlab, nashr qildi. SHarmua o‘sha paytda Nizomiddin SHomiyning Fransiyada hali ma’lum bo‘lmagan kitobidan tashqari, shu masalaga oid bir qancha manbalarga tayandi. SHarmua bu asarlarni fransuz tiliga tarjima qildi. SHarmuaning kitobi l39l yilgi yurish tarixini o‘rganish uchun hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ko‘pgina rus tarixchi olimlari, shu jumladan T.M.Granovskiy (l8l3—l855) ham Amir Temur shaxsiga qiziqdilar. Granovskiy «jahon tarixining buyuk arboblari»dan biri bo‘lgan Amir Temur «Horib-charchash nimaligini bilmaydigan faoliyat sohibi» ekanini to‘g‘ri ta’kidlab o‘tdi, biroq ayni vaqtda Amir Temurning «muayyan va aniq idrok etilgan siyosiy maqsadi bo‘lmagan edi», degan noto‘g‘ri fikrga bordi, bu fikr Sohibqiron tarjimai holining haqiqiy voqealariga mos kelmas edi. Taniqli rus tarixchisi S.M.Solovev (l820 — l879) ham Amir Temur shaxsiga e’tibor bilan qaradi. Uning ta’kidlashicha, Amir Temurning harbiy qo‘shinlari o‘jar va betayin To‘xtamishga qarshi kurashda «Rossiya hududlariga kirib, Eletsni ishg‘ol qildi». Solovev XIV asr o‘rtalarida tarix sahnasida paydo bo‘lgan Amir Temur «l37l yilda Kaspiy dengizidan Manjuriyagacha bo‘lgan erlarni qo‘lga olganligi»dan iborat unutilmas voqeani ta’kidlab o‘tadi. Uning tan olishicha, Amir Temur tomonidan tor-mor etilgan Oltin O‘rda uzoq vaqtgacha Moskva knyazligiga xavf sola olmadi. M.I.Ivaninning o‘z zamonasi uchun juda mufassal, lekin endilikda eskirib qolgan asarini ham tilga olish joiz. U Amir Temur sarkaryalik san’ati asoslarini manbalar va qo‘llanmalar asosida mufassal bayon etishni maqsad qilib olgan edi. Akademik V.V.Bartold2 ilmiy merosida Amir Temur va o‘sha zamon haqidagi ma’lumotlar juda ko‘p. Bu ma’lumotlar uyg‘unlikda kattagina bilim xazinasini tashkil etadi. Amir Temur haqidagi adabiyotda uning shaxsiga xos qiziquvchanlik, olimlarga, adabiyot va san’at arboblariga homiylik, shatranj o‘yiniga qiziqish, tashqi va ichki siyosat masalalaridan xabardorlik kabi fazilatlar tez-tez ta’kidlab o‘tiladi. Sohibqironning bu muhim jihatlari V.V.Bartold tomonidan lo‘nda, aniq va ifodali tarzda aks ettirilgan. «Temur, — deb yozgan edi V. V. Bartold, —- o‘z ona (turkiy) tilidan tashqari fors tilida ham so‘zlashar, olimlar bilan suhbatlashishni, ayniqsa tarixiy asarlarni - 19 - o‘qitib tinglashni yaxshi ko‘rar edi; o‘zining tarix sohasidagi bilimlari bilan musulmon tarixchilarining eng buyugi bo‘lmish Ibn Xaldunni hayratga soldi; Amir Temur o‘z jangchilarining ruhini ko‘tarish uchun tarixdagi shavkatli va afsonaviy qaxramonlar haqidagi rivoyatlardan foydalanardi... Temur harbiy kuchlar tashkil etilishining barcha ikir-chikirlarini shaxsan surishtirib turar, dushmanlarning kuchi va ular o‘lkasining ahvoli haqida batafsil ma’lumot olar edi. Amir Temur- ning shaxsan ishtirokida bunyod etilgan imoratlar noyob badiiy did bilan bino qilingani sezilib turibdi...» Olimning yana bir xulosasi dikkatga molikdir: Amir Temur musulmon ruxoniylariga nisbatan «avvalo siyosiy mulohaza bilan ish tutar edi. Amir Temur dindorlarga sirtdan izzat-ikrom ko‘rsatar, diniy mol-mulkni boshqarishga aralashmas... o‘z fuqarolari din aqidalariga rioya etishlari haqida g‘amxo‘rlik qilar edi... Ammo xarbiy kurilish va aholining turmushi faqat qonunlar bilan belgilanar edi». Amir Temur davlatda tartib bo‘lishi g‘oyalarini ilgari surganligini, Movarounnahr aholisining farog‘ati uchun shunday bo‘lishi zarur ekanini va birbiriga dushman bo‘lgan mayda hukmdorlar mavjudligi sharoitida bunga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaganini ham Bartold ta’kidlab o‘tadi. Amir Temur «serg‘ayrat quruvchi» bo‘lga- nini Bartold bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. U go‘zal bog‘lar bilan kurshalgan muhtasham binolar bunyod etdi, shahar va qishloqlarni qayta tikladi, ariq va zo- vurlar qazdirdi va ularni tuzattirdi; rasmiy tarixdagi (SHarafuddin Ali YAzdiy asaridagi) iboraga ko‘ra, u biron-bir ekin ekish mumkin bo‘lgan erlarning bo‘sh yotishiga yo‘l qo‘ymas edi. Matnning ruhiga qaraganda, bu o‘rinda Bartold ayni Movarounnahr erlarini nazarda tutgan bo‘lsa kerak. Ammo boshqa bir o‘rinda Bartold «Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan Movarounnahrdagina emas, Xurosonda ham, Mug‘on dashti va Kobul havzasi kabi olis joylar- da ham ulkan sug‘orish inshootlari qurdirganini» ta’kidlab o‘tadi (SHarafuddin Ali YAzdiy va G‘iyosiddin Alining asarlarida ham shu fikr uchraydi. Amir Temur barpo etgan saltanat uning vorislari davrida unchalik uzoq davom etmaganligi xususida fikr yuritilganda V.V.Bartoldning sezgirlik bilan qilgan kuzatuvi diqqatga sazovordir. V.V.Bartold SHarq turmushi faqat sulolalar tarzigagina bog‘liq, degan fikrni eskirib qolgan va noto‘g‘ri deb hisoblaydi va «SHarqda ham, G‘arbda ham vayrongarchiliklarga ancha murakkab bahonalar sabab bo‘lganligi allaqachon aniqlangan», degan fikrni bildiradi. Turkistondagi davlatchilik tarixi yuzasidan V.V.Bartold tuzgan va shu vaqtgacha e’lon qilinmay qolgan matnning Amir Temurga bag‘ishlangan uchinchi qismi alohida ahamiyatga molikdir. Unda l370 yilgi qurultoy, Temurning olib - 20 - borgan urushlari va ularning ahamiyati; mamlakat iqtisodiy salohiyati, madaniyati va san’atining rivojlanishi, savdo-sotiq, aloqa yo‘llari va sug‘orish inshootlari xaqidagi g‘amxo‘rlik, mamlakatni idora qilish sohasida Amir Temur tomonidan rivojlantirilgan boshqaruv usullari; davlat hokimiyati tuzilmasida aks ettirilgan ijtimoiy shart-sharoitlar; ruxoniylar va savdogarlarning roli (dehqon qatlamlari) kabi masalalar qamrab olingan. Amir Temurda va uning g‘oyalarida bu ruhning ta’siri sezilmay qolmadi». O‘tgan asrning 60-yillari oxirida I.M.Mo‘minovning O‘rta Osiyo tarixida Amir Temurning roli va o‘rni haqidagi risolasi nashr etilishi jamoatchilikning bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordil. Ayni paytda ushbu asar shafqatsiz tanqidga uchradi. I.M.Mo‘minovning tadqiqotchilik ruhi bilan sug‘orilgan risolasi, umuman olganda, ilmiy-ommabop tarzda yozilgan edi, uning matni asosan Amir Temur va uning zamonini o‘rganishga oid ma’lum manbalar doirasidan chiqmasdi. SHu bilan birga muallif Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida mayda feodal tuzilmalar o‘rnida markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlarini haqqoniy yoritishga intilgan edi.Unda Amir Temurning Markaziy Osiyoda katta davlat barpo etgan siyosiy arbob, binokorlikni rivojlantirgan va madaniyatni qadrlagan inson sifatidagi xizmatlari o‘z ifodasini topgan. Asarning ayni shu jihati tanqidchilarning e’tiborini tortdi. I.M.Mo‘minov risolasi «zararli» asarlar jumlasiga kirib qoldi. P.N.Fedoseev, A.N.YAkovlev va boshqa mansabdor shaxslarning I.M.Mo‘minov risolasiga qarshi shu ruhdagi maqolalari gazeta va jurnallar saxifalarida paydo bo‘ldi. «Istoriya SSSR» jurnalida tarixchi M.A.Abduraimovning risola xususidagi qoralovchi maqolasi e’lon qilindi. Moskvalik tarixchilar bu voqea yuzasidan Amir Temur haqida kattagina maqola e’lon qildilar. Bu maqola Kavkazorti, Eron va Rossiyadagi feodalizm muammolari bo‘yicha mutaxassis A.P.Novoselsev nomi bilan chop etildi. «Voprosm istorii» jurnalining tahririyati bu maqolani «Temurni ideallashtirishga qarshi» rukni ostida e’lon qilish orqali uning yo‘nalishi ni oldindan oshkora belgilab qo‘ygan edi. Bu maqolada Amir Temurga iste’dodli sarkarda, mohir tashkilotchi va diplomat sifatida munosib baho berish bilan birga muallif Bartold, ayniqsa, YAkubovskiy bilan bahslashib, ular madaniyat tarixiga va madaniy aloqalarga katta ahamiyat berganlar va shu tarika Temur shaxsini ideal- lashtirishga yo‘l qo‘yganlar, Yakubovskiy esa, «Temur — yaxshi tadbirkor hukmdor edi» degan haddan tashqari yuqori baho bergan, deb hisoblaydi. Maqolada I.M.Mo‘minov - 21 - Yakubovskiyga ergashib, «Temurni ideallashtirishni nihoyasiga etkazdi», degan xulosa chiqarildi. I.M.Mo‘minov risolasini keskin qoralaganlar orasida tarixchi M.G‘.Vahobov ham bor edi. Uning so‘zlariga karaganda, u «Temur haqidagi kitobcha bosilib chiqishi bilanoq l969 yil martida uni «Marksizmga zid va zararli» asar deb atagan. Mening vazifam marksizm-leninizm nazariyasining sofligi uchun kurashdan, Temur shaxsini ideallashtirishni fosh qilishdan» iborat bo‘ldi, — deb yozdi u,— Temur shaxsini ideallashtirish esa «yoshlarning ongini zaharlaydi» va «ommani kommunistik ruxda tarbiyalashga katta ziyon etkazadi». Tarixchilarning l973 yil martida Moskvada chaqirilgan butunittifoq kengashi I.M.Mo‘minovning Amir Temur haqidagi risolasi bilan bog‘liq bo‘lgan mashmashaning yakunlovchi bosqichi bo‘ldi. Kabul qilingan karorda shunday deyilgan edi: «Boshqa asarlarda Leninning tarixiy jarayon konsepsiyasini yangicha talqin etishga urinishlar va o‘tmishni ideallashtirish, ayrim voqealarga va Temur kabi shaxslarga baho berishda sinfiy pozitsiyalardan chekinishga yo‘l qo‘yilganligi qoralansin» So‘nggi yillarda e’lon qilingan asarlardan «Tamerlan» nomli kitobni ko‘rsatib o‘tish lozim. Unda Amir Temur haqidagi manba va asarlar bayon etilgan, uning haqidagi turli ma’lumotlar o‘ziga xos jamlab berilgan. SHunday asarga ehtiyoj borligi shak-shubxasiz. Biroq, kitobga yaqindan nazar tashlanganda, uning shoshma- shosharlik va hafsalasizlik bilan tayyor- langanligi ma’lum bo‘ladi. Bu kabi qator kitoblarda eng muhim manbalardan misol keltirilmaydi, materiallar bayonida shajara tamoyiliga rioya etilmaydi, manba matnlarini e’lon qilgan tarjimonlarning nomlari tilga olinmaydi. SHuningdek, ko‘plab evropaliklarning bevosita shohidligi asosida bitilgan. Amir Temurga taalluqli bo‘lgan asarlarning yuzaga kelishini Amir Temur davlati Kastiliya va Fransiyaning o‘zaro manfaatdorligi bilan izoxlash mumkin. Bu asarlar marshal Busikoning (l366—l42l) xotiralari, Smirna yaqinida Sohibqirondan mag‘lub bo‘lgan Quddusi shariflik Avliyo Ioann ordeni a’zolarining guvohliklari, Sulton Boyazid I tomonidan l396 yilda Nikopol yaqinidagi jangda asir olingan va Amir Temur tomonidan l402 yilda Anqaradagi jangda zafar qozonilgach, ozodetilgan evropalik askarlarning hikoyalaridir. Ular orasida I. SHildbergerning (l380—l440) hikoyasi mashhur bo‘lib, uning kitobining birinchi nashri l460 yilda Augsburgda chop etilgan. Bu kitob XV asrda to‘rt marta, XVI asrda olti mar- ta qayta nashr qilingan. XIX asrda nemis, rus va ingliz tillarida ikki martadan nashr qilingan. Furno Markaziy Osiyo orqali G‘arb tomon turli davrlarda va turli shaxslar tomonidan amalga oshirilgan yurishlar, ko‘pincha asossiz ravishda hamda - 22 - Markaziy Osiyo xududi va uning ortidagi hududlarni bilmaslik oqibatida, Amir Temur nomi bilan bog‘lab kelinganini taassuf bilan ta’kidlaydi. Mishel Monten, XVI asrdagi boshqa mualliflar singari, o‘zining «Tajribalar» kitobida Amir Temur haqida eslab o‘tadi. Bu kitob l57l yildan l592 yilgacha bo‘lgan davr ichida, ya’ni Sohibqiron vafotidan so‘ng l70 yid o‘tgach, Fransiyada Markaziy Osiyo to‘g‘risida hech narsa ma’lum bo‘lmagan vaqtda yozilgandi. Montenga qadar Jan Boden (l530 — l596) o‘z tadqiqotlarida Boyazidni asir olgan Amir Temur haqida maqtab yozgandi. Gilom Postel (l520—l58l) ham Usmonli turklar saltanati to‘g‘risidagi asarida «Buyuk turk — Boyazidni asir olgan Temurlang»ga ko‘pgina sahifalarni bag‘ishlagan. XV asrdan boshlab G‘arbiy evropalik olimlar va siyosiy-diniy arboblarning SHarqqa bag‘ishlangan kitoblarida Amir Temur tarixi oldingi o‘ringa chiqadi. Masalan, Italiyada katta tarixiy va she’riy asarni meros qilib qoldirgan papa Piy I (papalik yillari l458—l464) Amir Temurga butun bir bobni bag‘ishlagan, bir necha sahifada- Skifiya, Sug‘diyona va Baqtriyani tavsiflagan. Paolo Djiovio (l483 — l552), Petro Perondinoning (vafoti l553) asarlarida ham Amir Temur bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin Amir Temur haqidagi eng dastlabki tadqiqot Florensiya kansleri va tarixshunosi Pogjio Brachchi oliniga (l380—l459) taalluqli bo‘lib, so‘ng Prato, Piy II (l405 — l464), Kambini, Batista Fregazo (l454 — l504) asarlarida davom ettirilgandi. Fransuz tilida Amir Temur haqida ma’lumotlar Teodoro Spandujinonning «Buyuk Turk shajarasi» asarida yuzaga keladi. Bu asar l5l9 yilda Parijda chop etilgan. SHveysariyalik islohotchi Pero Vire Amir Temur obrazini l56l yilda nashr qilingan asarlaridan birida kiritgan. Sohibqiron obrazini, shuningdek, Orteliyning asarida va Uyg‘onish davri boshqa asarlarida ham uchratish mumkinl. Binobarin, Amir Temur XV —XVI asrlarda Evropada siyosiy doiralarda (katolik cherkovi va o‘sha davrdagi eng qudratli mustabidlar orasida) mashhur bo‘lgan, u haqsa Piy II, l5l3 yilda papa Lev X va papa Klement VII saroyiga kelgan Djo- vio, l575 yilda ispan qiroli Filipp II ning xaritakashi bo‘lgan geograf Orteliy, Karlning muarrixi Pedro Meksiyalar yozishgan2. Bu asarlarda Amir Temur ayni vaqtda voqealar va davrlardan tashqari turuvchi ham mifik, ham real shaxs sifatida talqin qilingan. Furno Amir Temur mavzui G‘arbiy Evropada Klavixo va Jenkinsonlarning safarnomalari e’lon qilinmasidan, shuningdek Ibn Arabshoh, SHarafuddin Ali Yazdiy singari tarixchilarning asarlari tarjima qilinmasidan oldin tarixiy va adabiy mavzu sifatida mavjud bo‘lgan, degan xulosaga keladi. Bu davrni u l500 — l580 yillar deb belgilaydi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling