Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika� fakulteti �Boshlang�ich ta�lim� yo�nalishi 2 kurs g
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….37 - 3 - KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng “... mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar....” dan biri barkamol shaxs kamoloti masalasi ekanligi ayon bo’ldi. Jamiyatda barkamol avlodning etishib chiqishi ta`lim-tarbiya ishidagi nechog`lik izchillik va uyg`unlikka bog`lig`ligi ma`lum. Shu bois ham mamlakatimizda qabul qilingan “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun asosida ta`lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning mazmun mohiyati Milliy istiqlol g`oyasining tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-ig`tisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormog`da. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Milliy qoyaning asosiy negizi ajdodlarimiz yaratgan urf-odatlarda, ulug` allomalarimiz qoldirgan boy va bebaxo merosga borib taqaladi. Ibn Sino, al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Qozizoda Rumiy, Amir Temur, Ulug`bek, Ali Qushchi, Bobur, Alisher Navoiy kabi ulug` mutafakkirlar, inson ma`naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniy ongni, madaniy- ma`rifiy qarashlarinio`zgarishda o`z davrida va keyinchalik ham asosiy ro`l o`ynadilar. Ular tomonidan inson kamolotiga doir beqiyos, ta`limotlar yaratildi. Ularning axloq-odobiga doir ma`nviy qarshlari butun jaxonga o`rnak bo`larli man ova mazmun kasb etdi. Men milliy merosimizga murojaat qilib, jahongashta sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol tarbiyasi borasida olib borgan bildirgan fikr-mulohazalarini, tuzuklardagi g`oyalardan foydalanish xususida to`xtalmoqchiman. Sarkarda bobomiz Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan barkamol insonni tarbiyalash haqidagi axloqiy fikrlari bugungi kun yoshlar tarbiyasi uchun ham muxim ekanligini hammamiz bilamiz. Ularning inson tarbiyasi haqidagi qarashlari mustaqil respublikamiz kamolga yetkazishda muhimdir. Shaxsni tarbiyalshda soxibqiron haqidagi rivoyatlardan boshlang`ich ta`lim jarayonidan boshlab o`qshi, sinfdan tashqari o`qish, odobnoma va turli tadbirlarda foydalanish, ulardan foydalanishning yo`l-yo`riqlarini ishlab chiqish lozim. Amir Temur bohodir, qo’rqmas, jasur kishi sifatida gavdalanadi. Bugungi yosh o`quvchilarimiz Amir Temurning qahramonliklari, qilgan jangu-jadallari, - 4 - qurdirgan obidalari, yaratgan bog`lari zafarga to`la yurishlari asosida, hamda yaratgan tuzuklari asosida ta`lim-tarbiya berish zamonning muhim masalasidan biridir. Amir Temurning bolalarga yoshligidanoq bilim, ma`lumot va tarbiya berishlikni ko`rsatib, o`g`il-qizlarni yoshlikdan tarbiyachiga-muallimga berish lozimligini aytadi. Shu bilan yoshlar ilk yoshidayoq fanlar va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta`kidlaydi. Umuman olganda Amir Temurning tuzuklari haqida ko`plab ijobiy fikrlarni aytish mumkin. Shu mavzuni imkonniyat darajasida yoritish maqsadida malakaviy bitiruv mavzusi: “Boshlang`ich sinf o`quychilarini ma`naviy tarbiyasida Amir Temur o`gitlaridan foydalanish” deb belgilandi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling