Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Bo‘ka tumani Maktabgacha va maktab ta’limi
Download 2.75 Mb.
|
3-sinf sinf soati ish reja va konspekti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism
III.Yakuniy qism:
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar: ______________ Mavzu: Ratsional ovqatlanish va uning salomatligimiz uchun ahamiyati I.Kirish : Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga o`z huquq va majburiyatlari haqida tushuncha berish.Bolalar ongiga vatanparvarlik,millatni sevish,milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat tushunchalarini shakllantirish. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk,plakatlar Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. II.Asosiy qism: Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ratsional ovqatlanish masalalarini tahlil etish nafaqat mutaxassislarga, balki har bir inson uchun kerak. Ovqatlanish madaniyatining asosiy tamoyillari haqida har bir inson bilib qo‘ygani ma’qul. Millatning intellektual salohiyati ko‘p jihatdan ularning oqilona, sog‘lom ovqatlanishiga va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga, shuningdek, millat genofondi, sog‘lom hayot kechirish davomiyligi, mehnat unumdorligi ko‘p jihatdan aynan tibbiyot fani belgilab bergan me’yorlarga mos keluvchi mineral va vitaminlar iste’mol qilishga uzviy bog‘liqdir. Ko‘proq mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish ma’qulroq, chunki odam tanasi shu yerning suvi, tuprog‘i va iqlim sharoitiga genetik moslashgan bo‘ladi. Ular har kuni kamida 400 gramm sabzavot va mevalar iste’mol qilishlari maqsadga muvofiq. Ovqatlanishda albatta sarf bo‘lgan quvvat o‘rnini qoplash, tana vaznini me’yorda ushlab turish, ya’ni semirib ketish yoki ozib, holsizlanishning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Bunda ham albatta odamning yoshi, jinsi, bo‘yi, mehnat turi inobatga olinishi shart. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari va fitonsidlar miqdori balanslashgan bo‘lishi zarur. Oddiyroq qilib aytganda, oziq-ovqatlar turli-tuman b o‘lishiga e’tiborni qaratish lozim, shunda ular fermentlar tomonidan yaxshi parchalanadi va oson hazm bo‘ladi; Shirinliklar, yog‘lar va xolestirin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Hayvon yog‘lari va go‘sht mahsulotlarini haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi, ular o‘rnini o‘simlik yog‘i, mosh, no‘xat, loviya, baliq va parranda go‘shtiga almashtirish mumkin. Ovqatda kaliy miqdori yetarli darajada bo‘lishi lozim, ya’ni osh tuzi kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak. Kun davomida (besh mahal) oziq-ovqat mahsulotlarini kam-kamdan va tez-tez qabul qilinishi foydaliroq bo‘lib, qonda qand va xolesterin miqdorining kamayishini ta’minlaydi. Choyni ovqatlanishlar orasidagi tanaffuslarda iching. Sut, qatiq, shuningdek tvorog, yogurt, pishloq yeb turing. Chunki ularning tarkibida suyaklarni mustahkamlovchi minerallar mavjud. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling