Toshkent viloyati Piskent tumani 5-sonli mtm ingliz tili o’qituvchisi Yusufova Nazokatning Yillik hisoboti
Download 15.17 Kb.
|
yillik hisobot
Toshkent viloyati Piskent tumani 5-sonli MTM ingliz tili o’qituvchisi Yusufova Nazokatning Yillik hisoboti Ingliz tili o’qituvchisi Yusufova Nazokatning 2023-yil mart oyidan 2023-yil iyun oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida bajargan ishlari bo’yicha hisoboti. Guruhlar: Tayyorlov va katta guruhlar 2022-2023 o’quv yilida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida ingliz tili fanidan quyidagi yillik mavzularni o’rganish belgilangan: Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish sharoitida bolalar bilan ta’lim faoliyatini tashkil etish. Eng samarali metodlarni topish orqali o’quvchilarning xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xorijiy tildagi nutqini rivojlantirish bo’yicha ish tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish. Birinchi navbatda, yillik vazifani hal qilish uchun kompleksda ko'rgazmali qurollar, multimedialar qo’llanildi, maktabgacha ta’lim muassasasi va guruhlarda ma’lum sharoitlar yaratildi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xorijiy til ko’nikmalari hosil bo’lishida nafaqat ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar, multimediadan, balki, jismoniy mashqlardan ham bajarildi va bu xorijiy til o’rganish va ko’nikmalarni mustahkamlashda o’z samaradorligini berdi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda xorijiy til o’rganish va mavjud ko’nikmalarni mustahkamlashda turli vaqtlarda ochiq o’yinlar, jismoniy mashqlar va “Bolalar uchun ingliz tilidagi qiziqarli mashqlar”dan foydalanildi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ingliz tili ko’nikmalarini o’rgatish va mustahkamlash jarayonlari davomida talaffuzni to’g’irlashga yordam beruvchi turli xildagi didaktik va fonetik mashg’ulotlar bajarildi va bu mashqlar o’z samarasini berdi. 2023- yil mart oyidan 2023-yil may oyi tugaguniga qadar bo’lgan vaqtda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan o’tilgan ingliz tili darslarida bolalar “Numbers” , “My family” , “ About myself”, “Wild and Domestic animals”, “Fruits and Vegetables” mavzularida ingliz tilidagi mavzularga doir so’zlarni va shu mavzu yuzasidan beriladigan savollarga javob berishni o’rganishdi; turli xil ingliz tilidagi qo’shiqlarni o’rganib ijro etishdi. Yuqorida sanab o’tilgan mavzular va kuy-qo’shiqlar yuzasidan guruhlarda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar orasida tanlovlar va bellashuvlar uyushtirdik va faol qatnashgan o’quvchilar taqdirlandilar. Muvaffaqiyatlar: 2022-2023 o’quv yili uchun belgilangan o’quv rejasidagi barcha vazifalar o’z o’rnida bajarildi va olingan bilimlar mustahkamlandi. Bolalar o’z yoshiga qarab ingliz tilidan yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirdilar. Download 15.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling