Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni
Download 27.28 Kb.
|
Kichik biznes
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o`rni. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyati uning sohada raqobat muhitini ta`minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot yetkazib berish, yangi ish o`rinlarini yaratish, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o`sishini ta`minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ichki bozorimizni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to`ldirishda, aholini ish bilan ta`minlash va daromadi ko`payib, farovonligi oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Sanoat. Mazkur tarmoqda kichik biznes sub`ektlarining yuqori sur`atlarda o`sishi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, yagona soliq to`lovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi hamda kichik biznes sub`ektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 2000 yildagi 8,1 foizdan 2019 yilda 27,6 foizga yoki 19,5 foiz birlikka sezilarli daraja o`sdi (5-rasm). 5-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan jami sanoat mahsulotlarining 27,6 foizi ishlab chiqarilgan. So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda. Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.
Download 27.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling