Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
-jadval Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi
Download 27.28 Kb.
|
Kichik biznes
1-jadval
Hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi (foizda) 1-jadval ma`lumotlariga asosan 2019 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent tumanida 93,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Quyichirchiq tumanida bu ko`rsatkich 86,6 foizni va Parkent tumanida 85,7 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Oqqo’rg’on tumanida 59.0 foizni hamda Chinoz tumanida 57,5 foizni qayd etgan. Olmaliq shahrida bu ko`rsatkich 2,0 foizni va Bekabod shaharda 4,3 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan. Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishini ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 33,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 78,3 foizga yetib, 40,1 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (6-rasm). 6-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 3821,4 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 78,3 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 3,2 foizga o`sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2445,1 mlrd. so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 50,1 foizi) yoki 2018 yilga nisbatan 7,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi turar-joylar va noturar joy obektlari qurilishida 1376,2 mlrd. so`mlik ishlar amalga oshirildi (jami qurilish ishlari hajmining 28,2 foizi) Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2019 yilda 90,4 foizga yetib, 16,3 foiz birlikka oshgan (7-rasm). 7-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi 2019 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 15747,4 mlrd. so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 90,4 foizi). 2019 yil kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi o’sish sur’ati 109,9 foizni tashkil etdi.
Download 27.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling