Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar


Download 27.28 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi27.28 Kb.
#197808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik biznes

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub`ektlarining faol xo`jalik faoliyati yuritishining muhim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar hajmidir.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan 2019 yilda iqtisodiyotga 5733,6 mlrd. so`mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2018 yilga nisbatan 29,4 foizga ko`pdir.

2019 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 33,9 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 27,6 foiz birlikka oshgan (9-rasm). 

9-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar hajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari hajmining oshishi bilan bog`liqdir. Shu sababli kichik biznes sub`ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibida o`z mablag`lari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi.

Statistik ko`rsatkichlar dinamikasi shuni ko`rsatmoqdaki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati yil sayin oshib bormoqda. Mazkur sohalardagi ijobiy tendentsiyalarga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobat muhitini rivojlantirish va xususiy mulkni himoya qilishga oid tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda.



ASIA ALLIANCE BANK” ATB, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi kreditlarni taklif etadi.

Kreditlar qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi.


Download 27.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling