Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish boʻyicha


II.  Amalga oshirilgan ishlar


Download 128.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi128.88 Kb.
#1607990
1   2   3
Bog'liq
5-eksport-kursatkiclari-7-ojlik

II. 
Amalga oshirilgan ishlar 
Toshkent viloyati eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududiy eksport shtabi 
tashkil etilgan boʻlib 24/7 rejimida doimiy faoliyat yurituvchi CALL CENTER (koll 
markaz) tashkil etilgan. Mazkur Eksport shtabiga tadbirkorlar eksportchi korxonalar 
hamda xorijiy korxonalar tomonidan +998951433322 raqamiga murojaat qilishlari 
mumkinligi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ma’lumot berib borilmoqda. Qoʻshimcha 
ravishda viloyatimizning 22 ta tuman va shaharlarida tashkil etilgan hududiy 
SHTABlar tomonidan shu kun holatiga 900 dan ortiq korxonalar oʻrganilib ulardan 
552 ta turli mavzulardagi murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 210 eksport yoʻnalishida 
115 tasi investitsiya yoʻnalishida, 120 tasi mahalliy tadbirkorlik yoʻnalishida boʻlsa 
107 tasi esa individual muammolar hisoblanib, hozirgi kun xolatiga 314 ta 
muammolarga oʻrnatilgan tartibda tegishli yordamlar berildi.
Aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etishda Tashqi savdo, investitsiyalar, 
mahalliy sanoatni rivojlantiirsh va texnik jixatdan tartibga solish masalalari 
boʻyicha Hukumat komissiyasi shuningdek tegishli vazirlik va tashkilotlarning viloyat 
boshqarmalari bilan tizmili ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, 65 ta 
korxonaning 29.3 mlrd.soʻmlik Qoʻshilgan Qiymat Soligʻi (QQS)ni qoplab berilishida 
amaliy yordam berilgan. Jumladan, "Yangiyo'l Tekstil" MCHJ, "UNIVERSAL ART 
TEXTILE" MCHJ, “UZTEX Group” MCHJ QQ, “NARIL TEXTILE INVEST” 
MCHJ va "BONITO GROUP" MCHJlarning QQSni qoplab berish boʻyicha 
murojaatlari ijobiy hal qilingan. 
Bundan tashqari, eksport hajmini yanada oshirish maqsadida 18 ta korxonaga 
aylanma mablagʻlarni shakllantirish maqsadida talab etilgan 12,3 mlrd.soʻmlik tijorat 
banklaridan kreditlar ajratilgan. 


Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashda ham 
tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Investitsiyalar va tashqi savdo 
vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20 dekabrdagi PQ-4069-sonli qaroriga asosan 
joriy yilda 23 ta korxonaga xalqaro standart va sertifikatlash boʻyicha (GLOBAL GAP, 
KOSHER, OCS, ISO 22000, CCC, HACP, EC, ISO 13485:2016) amalga oshirilgan 

Download 128.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling