Toshkent xalqaro moliaviy boshqaruv va texnologiyalar unversiteti


Buxgalteriya hisobida kompyuterlashgan AT


Download 418.18 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi418.18 Kb.
#1168550
1   2   3
Bog'liq
AKT boyicha wer

2.Buxgalteriya hisobida kompyuterlashgan AT
Buxgalteriyada axborot tizimlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik korxonalar axborotni xuddi boshqa mulk turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya kilish kerak bo‘lgan qimmatli zahira sifatida qaraydilar.
Korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni olish uchun har qanday korxonada buxgalteriya axborot tizimi yaratiladi. Buxgalteriya axborot tizimi xo‘jalik faoliyati bilan qaror qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasida bog‘lovchi vosita bo‘lib hizmat qiladi. Unda xo‘jalik faoliyati ma’lumotlar yig‘ish, qayd qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash hamda tahlil qilish va qaror chiqarish uchun foydalanuvchiga uzatish amalga oshiriladi. Buxgalteriya axborot tizimining asosiy maqsadi korxona boshqaruvini cheklangan zahiralardan foydalanishning alternativ variantlarini tanlashda asosli qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir.
Hozirgi buxgalteriya hisobi yuritishning halqaro standartlariga o‘tish sharoitida buxgalteriya axborotidan foydalanish maqsadlari o‘zgarmoqda. Agar ilgari buxgalteriya ma’lumotidan asosan davlat boshqaruv organlari foydalangan bo‘lsa, hozirgi sharoitda buxgalteriya ma’lumoti korxona ichida boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosi hisoblanadi.
Eng avvalo u korxona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarishning rejalashtirish, nazorat va tahlil qilish kabi asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yetqazib beradi. Rejalashtirish uchun buxgalteriya kutilayotgan foyda va mablag‘ga ehtiyoj haqida ma’lumot berishi kerak. Nazorat bosqichida esa buxgalterdan haqiqiy daromad va harajatlarni reja ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash talab qilinadi. Tahlil bosqichida esa qo‘yilgan maqsadga erishilgan yoki erishilmaganligi aniqlanadi. Tahlil natijalari bo‘yicha korxona boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalteriya ma’lumotining asosiy foydalanuvchilari korxona rahbariyati va menejerlaridir. Bu ma’lumotlar asosida korxonaning hisobot davridagi sof foydasi aniqlanadi, foyda normasi kutilayotgan miqdorga mos kelishi, mavjud pul zahiralari, sof aktivlar va ustav kapitalining nisbati, faoliyatning foydaliroq bo‘lgan yo‘nalishlari, mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Buxgalteriya ma’lumoti faqat natijalarni tushunish va tahlil qilish uchungina emas, balki turli qarorlar qabul qilish va korxona faoliyati natijalarini bashorat qilishga yordam beradi.
Buxgalteriya axborotidan tashqi foydalanuvchilar ham mavjud: aksionerlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar va auditorlar, soliq xizmati inspektorlari. Aksioner va investorlarni korxona egalarining xususiy kapitali qay darajada samarali foydalanilayotganligi, unga yangi investitsiya kerakmi yoki uning hajmini kamaytirish kerakmi, firma kelajakda qay sharoitlarda foyda keltirishi mumkinligi qiziqtiradi. Kreditorlarni esa korxonaning ssudaga ehtiyoji, kredit foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olish qobiliyati qiziqtiradi. Haridorlar uchun korxona reklamasining qay darajada haqiqiy holatga mos kelishi, tovarlar bahosining asosliligi, kafolatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash imkoniyatini bilish muhim. Davlat xizmatlari esa soliqni hisoblash va foydani belgilashning to‘liq va to‘g‘riligi, antimonopol va valyuta qonunlariga amal qilinishi qiziqtiradi.
Buxgalteriya ma’lumoti foydali bo‘lishi uchun u ishonchli va ahamiyatli bo‘lishi kerak. Ishonchlilik - axborotning korxonadagi xo‘jalik jarayonlarini to‘la aks ettirishi, oson tekshiriladigan va biron-bir konkret shaxsning manfaatini ifodalamasligini ko‘rsatadi. Buxgalteriya axborotining ahamiyatliligi shundaki, u rejalar tuzishda foydalaniladigan, teskari aloqaga asoslangan bo‘lishi va foydalanuvchiga kerakli vaqtda kelib tushishi kerak. Uchyot axborotidan foydalanishdan olingan foyda unga sarflangan harajatlardan katta bo‘lishi kerakligini hisobga olish kerak.
Buxgalteriya axboroti bir necha talablarga javob berishi zarur: Birinchidan buxgalteriya axboroti taqqoslash va doimiylik talablariga javob berishi kerak. Ya’ni uchyot davrida buxgalteriya hisobining turli ko‘rinishlari va usullarini qo‘llash mumkin emas, aks holda ma’lumotlarni taqqoslash imkoniyati yo‘qoladi. Lekin bu eski va noto‘g‘ri tanlangan buxgalteriya usulini doimiy ishlatish kerakligini anglatmaydi. Hisob shaklini o‘zgartirish uchun yetarli asos bo‘lishi va bunday o‘zgarishlarni hisobot davri boshidan kiritish kerak. Ikkinchidan buxgalteriya axboroti muhim bo‘lishi darkor. Kam ahamiyatli faktorlarni hisobga olish uchun vaqt sarflash kerak emas. Buning hisobiga uchyotni soddalashtirish zarur. Har bir korxona o‘zi uchun hisobning ahamiyatlilik darajasini tanlaydi. Uchinchidan buxgalteriya ma’lumoti konservativ bo‘lishi kerak. Xo‘jalik fao-liyati faktlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish har doim ham bir xil bo‘lmaydi. Foyda bo‘lmasligi va mumkin bo‘lgan zararlarni hisobga olish darkor. Bu aktivlar va mulkni baholash va foyda miqdorini aniqlashda ehtiyotkorlikni ta’minlaydi. To‘rtinchidan, buxgalteriya axboroti to‘liq bo‘lishi, foydalanuvchiga zarur bo‘lgan maksimum axborotga ega bo‘lishi talab etiladi.


Download 418.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling