Toshkent xalqaro moliaviy boshqaruv va texnologiyalar unversiteti


Buxgalteriya AT larini loyixalashtirish


Download 418.18 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi418.18 Kb.
#1168550
1   2   3
Bog'liq
AKT boyicha wer

3.Buxgalteriya AT larini loyixalashtirish
Buxgalteriya ATlarini loyihalashtirishda ular hamma iqtisodiy axborotni qayta ishlaydigan tizimlarga xos bo‘lgan umumiy jihatlar bilan birga spesifik xusu-siyatlarga ham ega buladi. Buxgalteriya ATlarini tuzishning umumiy prinsiplari:
Birinchi shaxs prinsipi, tizimli yondashuv, ishonchlilik, uzluksiz rivojlanish, iqtisodiy tejamkorlik prinsipi.
Birinchi shaxs prinsipi yakuniy qaror qabul qilish huquqini va boshqaruvning turli satxlaridagi javobgarlik tartiblarini belgilaydi. Tizimli yondashuv prinsipi ATni loyihalashtirish jarayonida boshqarila-digan ob’ektni va uni boshqaruv tizimlarini tahlil qilishni, shuningdek ob’ektning uni avtomatlashtirish sharoitida ishlash mezonlari va umumiy maqsadlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bu prinsip axborotni tizimga bir marta kiritib, undan ko‘p marta foydalanishni taqozo etadi.
Ishonchlilik prinsipi buxgalteriya ATning ishlashining turli yo‘llar bilan ta’minlanadigan ishonchliligini xarakterlaydi. Masalan, tizimning tarkibiy elementlaridan nusxa ko‘chirib qo‘yish.
Tizimning uzluksiz rivojlanish prinsipi uni muhim tashkiliy o‘zgarishlarsiz kengaytirish imkoniyatlarini talab qiladi.
Iqtisodiy tejamkorlik prinsipi bo‘yicha yangi buxgalteriya axborot tizimi olingan foydadan harajatlar yuqori bo‘lmasligi zarur. Bundan tashqari loyihalashtirilayotgan BUAT korxona tashkiliy strukturasi bilan birga buxgalteriya hisobini amalga oshiruvchi manfaatlari va kvalifikatsiyasini ham hisobga olish kerak. BUATlar spesifik xususiyatlarga ham ega. BUATda turli hisob shakllari (operativ, buxgalteriya, statistik) yagona boshlang‘ich axborot asosida jamlanishi (integratsiya) amalga oshiriladi. Bunda bu hisob shakllari aralashmaydi, ularning har biri o‘z funksiyasini bajaradi va o‘z masalalarini hal qiladi.
Teskari aloqa prinsipi har qanday boshqaruv tizimining asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi masalalarini yechgandan keyin teskari aloqani amalgam oshirish mumkin. Aynan shu axborotdan korxona rahbarlari qaror qabul qilishda foydalanadilar. Bundan tashqari BUAT uchun hamma hisob uchastkalarida axborotni qayta ishlashni ma’lumotni yig‘ish va qayd etish jarayonlaridan boshlab avtomatlashtirish imkoniyatlari xarakterlidir. Bunda BUATlarni an’anaviy hisob shakllari bilan birga hisoblash texnikasini qo‘llash va buxgalteriya hisobi prinsiplarining asosiy talablariga to‘la javob beradigan yangi avtomatlashtirilgan hisob shaklini ham qo‘llash mumkin.

Download 418.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling