Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Download 466.5 Kb.
bet2/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

Tuzuvchi:
Rasulova SH.© «Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fanidan talabalarning kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma – J.: JizPI, 2020, 24 -bet.


1.Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari
Mazkur uslubiy qo’llanma 5610100- “Xizmatlar sohasi (Uy-joy va kommunal maishiy xizmatlar) yunalishlari uchun «Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fanidan o‘quv rejasiga ko‘ra 8 semestrda ko‘zda tutilgan.
«Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fanidan kurs ishini yozishdan maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
- talabalarning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma’lum bir mavzu yoki muammo bo‘yicha chuqurlashtirish;
- o‘quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o‘rganish, axborot to‘plash tajribasini hosil qilish;
- iqtisodiy tahlil, jumladan, qiyosiy tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishi ustida ishlash, shuningdek, talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga ham yordam beradi.


2. Kurs ishini tashkillashtirish
2.1. Ishning mavzusini tanlash
«Uy-joy kommunal xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fani bo‘yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko‘rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro‘yxatidan tanlab olinishi mumkin. SHuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Korxona faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish” fani predmeti doirasida bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.



Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling